Xitoyga qarashli Sinxua axborot agentligi yuzaga kelgan hodisalarda o’nlagan kishining hayotdan ko’z yumganligi haqida xabar tarqatgan bo’lsa-da, biroq aniq bir sonoq keltirmagan edi. Boshqa bir tarafdan quvg’indagi uyg’urlar tashkil qilgan “uyg’urlar kengashi” o’ldirilgan uyg’urlarning soni yuzga etganligini bildirdi.
Mintaqadagi ba’zi manbalar o’ldirilganlarning soni yuztadan ko’pligini aytishmoqda. Ba’zi xabarlarga ko’ra, faqatgina Yorkent shahrining o’zida 120 nafar musulmon o’ldirilgan. Xitoy hukumati uzoq yillardan buyon Sharqiy Turkistondagi musulmon uyg’urlarini etnik jihatdan kamsitib ularga nisbatan kuch ishlatib keladi. Oxirgi paytlarda Xitoy hukumati turli bahonalar bilan bir necha marta qatliomlar uyushtirdi. Xususan, 2009 yil hodisasida juda ko’p musulmonlarni qirg’in qildi.