Yuz millionlab musulmonlar qurshovida yashovchi bir necha million aholiga ega yahud vujudi esa sodir etayotgan jinoyatlari uchun hech qanday javob bermasligini va musulmonlarning malay hokimlari o’z xojalari bo’limish Amerika va G’arb davlatlari chizib bergan chiziqdan bir qarich ham chetga chiqa olmasliklarini yaxshi bilganligi sababli o’z jinoyatlarida tobora haddan oshmoqda.
Garchi er yuzining turli mintaqalarida yashovchi musulmonlar falastinlik dindoshlari himoyasi va qo’llovi uchun turli xil norozilik tadbirlarini uyushtirishayotgan bo’lishsada, ularning hokimlari hech qanday amaliy ishga o’tishmayapti.
Shunday tadbirlardan biri 18 iyul kuni Qirg’iziston poytaxti Bishkek shahrida bo’lib o’tdi. Bishkekda “Barcha musulmonlar birodardirlar” nomi ostida G’azo mintaqasidagi harbiy amaliyotlarga qarshi bo’lib o’tgan norozilik namoyishida parlament deputati Tursunboy Bakr o’g’li, Qirg’izistonning sobiq muftiysi Chubak xoji Jalilov, O’zbek xoji Cho’tonov, Ruslan Beknazarov va 150 nafar musulmonlar ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari G’azo mintaqasida yahud vujudi amalga oshirayotgan harbiy amaliyotlarni tanqid qilib, xalok bo’lganlar uchun Qur’on tilovat qilishdi va Qirg’iziston hukumatidan Yaqin Sharqda yuz berayotgan xodisalarga o’z munosabatini bildirishni talab qilishdi.