Yig’ilish oldidan bosh kotib NATOning keyingi rejalari haqida aytib o’tgan edi. Shimoliy ittifoq yangi maqsadli mablag’lar yordamida Ukraina armiyasining harbiy salohiyatini oshirish, Gruziya bilan munosabatlarni rivojlantirishga yirik mablag’ ajratish hamda 2016 yilga borib Chernogoriyani o’z tarkibiga qo’shib olish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Eng asosiysi, shimoliy ittifoq uchinchi mamlakatlar fikrlarini e’tiborga olmay yangi a’zolarni qabul qilish huquqini o’zida qoldiradi.
NATO Rossiya bilan harbiy va fuqaroviy hamkorlikni to’xtatishi haqida shu yilning 1 aprel kuni xabar qilgan, ammo shu bilan birga suhbat imkoniyatini saqlab qolish uchun Rossiya-NATO kengashi yig’ilishini davom ettirishini ma’lum qilgan edi.