Angliyaning Goridian gazetasi tarqatgan xabarga ko’ra, harbiy to’ntarishdan hozirgacha yuzlagan insonlar “Azuli” qamoqxonasida qiynoqlar ostida hayotdan ko’z yumgan. Xalqaro aministiya tashkiloti tarafidan fosh etilgan va har kuni yuzlarcha musulmonlar og’ir qiynoqlarga solinadigan bu qamoqxona “Xuntaning Guantamosi” deb sifatlanmoqda. Xalqaro aministiya tashkilotining baholashicha, Qiynoq markazi sifatida qo’llangan bu qamoqxonaga o’xshashi Misrning yangi tarixida bo’lmagan.
Qo’lga kiritilgan dalillarga ko’ra, xunta hukumatiga qarshi bo’lgan fuqarolar harbiylarga oid maxfiy qamoqxonada bir necha oylar davomida ushlab turilgan va o’zlariga qo’yilgan ayblarga iqror bo’lishlari uchun uzluksiz har kun og’ir qiyloqlarga solingan.
Shuningdek xabarlarda aytilishicha, xarbiy to’ntarishga qarshi bo’lgan Misrlik ayollarning ahvoli ham o’ta ayanchli. Inson huquqlari faollarining qayd etishicha, 2013-yil 3-iyulidan 2014-yil 1-iyungacha hibsga olingan ayollarning soni 1585 nafarga etgan. Hibsda saqlanayotgan ayollarga nisbatan jinsiy tajovuz va zo’rlash hollari keng tarqalgan. Ayniqsa talaba qizlarga nisbatan belgilangan jazolar o’ta og’ir, ayrimlari o’ldirilgan. Inson huquqlari faollariga ko’ra, qamoqxonalarda bu jinoyatlar hukumat vakillari va xavfsizlik xizmati xodimlari hamda qamoqxona nozirlari tomonidan amalga oshiriladi.