Nega Rossiya qonun chiqaruvchilari ekstremizm masalasiga bunchalik e’tibor berishga majbur bo’lishmoqda?

0
503

Rossiya Federatsiyasining 130-raqamli qonuniga kiritilgan o’zgartirishlar joriy yil 5 may kunidan kuchga kirdi. Unda yangi jazo choralari joriy qilingan, xususan, Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 205.3, 205.4 va 205.5 moddalari kuchaytirildi. Bu moddalar kimlarga qarshi qaratilgan? Nega Rossiya qonun chiqaruvchilari ekstremizm masalasiga bunchalik e’tibor berishga majbur bo’lishmoqda?

Bu moddalarni chuqurroq tekshirgan kishi bu moddalar avvalo Islomga da’vat qiladigan, faoliyati faqat fikriy va siyosiy kurashga cheklangan siyosiy Hizb bo’lmish Hizb ut-Tahrir a’zolariga qarshi qaratilganining guvohi bo’ladi. Binobarin, shunga o’xshash o’zgartirishlardan keyinoq, 2013 yil noyabrda Chelyabinskda besh nafar musulmon Hizb ut-Tahrirga a’zolik ayblovi bilan qamoqqa olindi. Avvalda ekstremizmga qarshi kurash to’g’risidagi 282.2-modda asosida eski loyiha bo’yicha repressiya qilishgan bo’lsa, endilikda jinoyat kodeksidagi terrorizmga qarshi kurashish moddasini ham qo’shishdi. Bu esa o’z navbatida, repressiyaning yangi bosqichi boshlanayotganiga dalolat qiladi. Masalan, shundan so’ng Stavropolda Abdurahim Toshmatovga qarshi soxta jinoyat ishi qo’zg’atilib, uni terrorchilik amaliyoti sodir etishni rejalashtirganlik ayblovi bilan 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ular Rossiyaning istibdod mashinasidan faqat yangi reja bo’yicha foydalanib kelishganiga qaramay, aftidan endi, qamoq jazosi muddati to’g’risidagi hamma moddalarni o’zgartirish orqali umrbod jazo qo’llashga erishishmoqchi ko’rinadi. Ilgari Hizb ut-Tahrir a’zolariga qurol-yaroq tashlab qo’yish orqali imkon qadar barcha jinoyatlar bilan yigirma yilgacha jazo qo’llab kelishgan bo’lsa, bugun ularga umrbod qamoq jazosini qo’llashmoqchi.

Bundan tashqari hukumatdagilar o’z jinoyatlarini yashirmoqchi ham bo’lishyapti! Ma’lum bo’lishicha, o’tgan yilning 26 noyabrida Bashkiriyadagi Dyurtyuli shahrida yashovchi olti nafar Hizb a’zosi ustidan ham Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 205.5 moddasi bo’yicha jinoiy ish qo’zg’atilgan. Bu ayni modda bo’yicha qo’zg’atilgan ishlarning birinchisi bo’lib, xavfsizlik xodimlari uni axborot vositalari orqali yoritishga shoshilishmay, jamoatchilik reaktsiyasini o’rganishmoqda. Hukumat ham islomiy da’vatni etkazuvchilarni qamoqqa tashlashda davom etish uchun ayni moddani ijro etilish qobiliyatini sinab ko’rmoqchi. Maqsad, musulmonlarni cho’chitish. Quraysh ham Nabiy A va sahobalariga nisbatan xuddi shunday qilgandi. Bugun esa da’vatni etkazuvchilarga qarshi qaratilgan ayni shu yangi qonunlardan ham vahshiyroq qonun yo’q. Bundan tashqari, 2015 yil yanvarda Moskva va Shimoliy Kavkaz mintaqalarida harbiy tribunal orqali 205 moddaning o’zini alohida qayta ko’rib chiqishmoqchi. Bu esa tajribalar ko’rsatganidek, hukumat tarafidan ayblanuvchi shaxslar huquqlarining poymol qilinishi jamoatchilikka oshkor bo’lmay qolishiga olib keladi.

Rossiya hukumatining Hizb ut-Tahrirga qarshi bunday vahshiyona quturayotgani sababi, bu partiya bilan fikriy kurashga dosh berolmayotganidir. Shuning uchun ham 2003 yil Rossiya hech qaysi davlat tashlamagan qadamni tashlab, ushbu siyosiy Hizb ut-Tahrirni terroristik tashkilot, deya hisoblagan birdan-bir davlat bo’ldi.

Shubhasiz, yurt ichkarisi va tashqarisida terrorchilik qilishdan o’zga narsani bilmaydigan davlat mana shu Rossiya bo’ladi. Bunga dalil, sudlarning repressiv tarzda davom etayotgani, Shimoliy Kavkaz va boshqa mintaqalarda musulmonlarning qirg’in etilayotgani hamda Chechenistonda erkaklar, ayollar, bolalar va qariyalarga qarshi qirg’inlar sodir etilayotganidir. Shuningdek, bu davlat Shom qonxo’rini qo’llab-quvvatlab, turli qurol-yaroqlar bilan ta’minlamoqda, bu qurollar yordamida yuz minglab suriyalik musulmonlar qatli om qilinmoqda, jarohatlanmoqda… Shu qurollar tufayli ulardan millionlabi uysiz qolganini yoki uylari va vatanlarini tashlab chiqishga majbur bo’lganlarini aytmasak ham bo’ladi… Alloh Subhanahu va Taolo bunday deydi:

 «Ularning sizlarni yomon ko’rishlari og’izlaridan oshkor bo’ldi, qalblarida yashirin narsa (adovat)lari esa yanada kattaroqdir» [Oli Imron 118]

Alloh Subhanahu va Taolo kofirlar mo’minlarni yomon ko’rishlarini aytyapti va ularning Islomga qarshi urushlarining birinchi sababi ham mana shu. Zotan, bu urush musulmonlarni qamash va o’ldirishlaridan tashqari, shar’iy qonunchilikni va hijob kiyishni ta’qiqlashlarida, masjidlarni vayron qilishlarida ham ochiq ko’rinib turibdi. Ikkinchi sabab esa, Xalifalik davlati barpo etilishidan qo’rqayotganlaridir. Zero, Hizb ut-Tahrir yaratuvchi-Xoliq ahkomlariga muvofiq yashash uchun Ummat ichida va u bilan birga ushbu davlatni barpo etish yo’lida faoliyat qilmoqda. U bunga o’xshash sudlarga qaramay, oxirigacha shu yo’lda davom etishga qaror qilgan bo’lib, bu sudlarning hammasi uning quvvatiga quvvat qo’shadi, xolos. Shuning uchun ham xalqaro hamjamiyat Xalifalik davlatining hatto zarracha alomatini ham parchalash yo’lida o’zining bor kuchlarini ayamay sarflamoqda. Biroq bularning hammasiga qaramay, Xalifalik davlati loyihasining amalga oshishiga qosh bilan qovoq o’rtasicha vaqt qoldi.

Alloh Taolo Qur’oni Karimda bunday deydi:

 «Ular Allohning nurini og’izlari bilan o’chirmoqchi bo’lishadi, Alloh esa, garchi kofirlar istamasalar-da, O’z nurini to’la yoyuvchidir» [Tavba 32]

 Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «Jeneva-2» konferentsiyasida qilgan nutqida bunday so’zni aytdi: «Shunisi juda muhimki, siyosiy jarayon o’z vatanlari haqida o’ylaydigan, ammo O’rta Sharq va Shimoliy Afrikada Xalifalik ta’sis etilishini o’ylamaydigan sog’lom kuchlar birligi bilan hamohanglikda olib borilishi kerak. Ularni birlashtirish hamda terrorizm tahdidiga qarshi har xil uslublar bilan kurashda ularga yordam berish kerak. Bu butun mintaqa va butun dunyoning vazifasidir».

 Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler ham bunday degandi: «… Ekstremistik Islom tahdidi hech qachon pasaymayapti, u tobora o’sib, butun dunyoga yoyilmoqda. U butun jamiyatlar va davlatlar barqarorligini izdan chiqarishi mumkin. Bu tahdidga qarshi kurashish uchun uning mavjudligini dahshat ila e’tirof etmog’imiz hamda faol tarzda unga qarshi turishga qudratimiz yo’qligiga iqror bo’lmog’imiz darkor». Ya’ni kofirlar ham Islom davlati barpo etilajagiga vaqt masalasi qolganini tushunishmoqda. Ayniqsa, Rossiya o’z jinoyatlari sababli bundan ko’proq qo’rqsa, arziydi. Lekin u da’vatni etkazuvchilardan qutulishga urinishini to bugungacha to’xtatmayapti. Biroq Alloh Subhanahu va Taolo imon bilan kufr o’rtasidagi kurash oqibatini allaqachon belgilab bergan.

 Alloh Taolo bunday deydi:

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular fosiqlardir» [Nur 55]

Rosululloh A ham bunday marhamat qilganlar:

«لَيَبْلُغَنَّ هَذَا الْأَمْرُ مَا بَلَغَ اللَّيْلُ وَالنَّهَارُ وَلاَ يَتْرُكُ اللهُ بَيْتَ مَدَرٍ وَلاَ ‏وَبَرٍ ‏إِلاَّ أَدْخَلَهُ اللهُ هَذَا الدِّينَ بِعِزِّ عَزِيزٍ أَوْ بِذُلِّ ذَلِيلٍ عِزًّا يُعِزُّ اللهُ بِهِ الإِسْلاَمَ وَذُلاًّ يُذِلُّ اللهُ بِهِ الْكُفْرَ»

«Bu ish kecha va kunduz etib borgan joygacha etib boradi. Alloh bironta ham o’trog’u ko’chmanchining uyini qoldirmasdan unga bu dinni azizning azizligi yoki xorning xorligi bilan kiritadi. Azizlikki, u bilan Alloh Islom dinini aziz qiladi. Xorlikki, u bilan Alloh kufrni xor qiladi». (Imom Ahmad rivoyati).

Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi

Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi: www.hizb-russia.info

Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com

Izohlar yo'q