Barhamiy saylovda 97% ovozga ega bo’lgan Abdulfattoh As-Sisiga qarshi inqilob uyushtirish joiz emasligini da’vo qilar ekan, “Saylov bilan boshimizga kelgan kishi faqat saylov bilan mansabidan ketadi”, deya hazilomuz so’zlarni ishlatdi.
Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy haqida ham so’z yuritgan Barhamiy As-Sisini ko’klarga ko’tarib maqtadi.
“Mursiy mamlakatning bo’linishiga sabab bo’lgan edi. As-Sisi esa Mursiydan ancha kuchlidir, u mamlakatning xavfsizligini himoya qilishga qodir”, dedi u.
Salafiy “Nur” partiyasi ilk kundan boshlab harbiy xuntani dastaklab keladi. U Misr prezidentligi saylovida As-Sisiga ovoz berishini bildirib, Misr xalqini ham shunga da’vat qilgan edi.
O’z navbatida saylovning birinchi natijalariga ko’ra g’alabani qo’lga kiritgan As-Sisi Misr aslo ortga qaytmasligini e’lon qildi.
“Bilib turibmizki, bu erda o’tmishga qaytishdan xavfsirayotganlar bor. Aslo bunday bo’lmaydi. Ortga qaytish yo’q, balki oldinga harakat qilamiz. Bizning bahs-munozaralar va kurashlarga vaqtimiz yo’q. Vatanni bino qilish uchun barcha sheriklarimizga eshiklarimiz ochiqdir”, dedi As-Sisi Quvaytning “Al-jarida” gazetasiga bergan intervyusida.