Alloh ularni rahmat qilsin, oilalariga sabri jamil ato etsin
2014 yil 13 may seshanba kuni Turkiyaning Soma shahridagi konda yuz bergan portlashda 282 nafar konchi nobud bo’ldi, ko’plab ishchilar turli jarohatlar oldilar. Ayni paytda 150 nafar ishchi konda qamalib qolib ketgani to’g’risida aytilmoqda.
Biz Hizb ut-Tahrir-Turkiya viloyati a’zolari Alloh Subhanahudan bunday alamli musibatda vafot etgan ishchilarimizni rahmat qilishini so’raymiz hamda ularning oila a’zolariga, yaqinlariga sabri jamil ato etib, jarohatlanganlarga tezroq shifoi tom berishini tilaymiz.
Yer sathidan minglab metr chuqurlikda og’ir sharoitda ter to’kish bilan oila tebratganlar boshiga tushmish bunday alamli musibat barcha musulmonlar qalbini o’rtadi. Ammo bundan ham yomonroq musibat esa, Ummat mulki hisoblangan bunga o’xshash konlar va ma’danlarning xususiylashtirilib, xususiy shirkatlarga mulk qilib berilgani hamda bu kapitalistik shirkatlarning ishchilar mashaqqat chekayotgan og’ir sharoitlarga ko’z yumib kelishayotganidir.
«Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz» [Baqara 156]
Biz musulmon bo’lganimiz uchun o’lim va ajallar yolg’iz Alloh Subhanahu va Taoloning qo’lida ekaniga inonamiz, inson ajali kechikmasligiga ham, erta kelmasligiga ham, barchamiz Allohga tegishli bo’lib, O’ziga qaytajakligimizga ham imon keltirganmiz. Bizning nobud bo’lgan ishchilarimiz ta’ziyalarida musulmon sifatida qatnashishdan va oila a’zolari g’amiga sherik bo’lishdan boshqa hech narsa qo’limizdan kelmaydi.
Biz Hizb ut-Tahrir-Turkiya viloyati a’zolari bunday ayanchli hodisa borasida tekshiruv o’tkazilishini, mas’ullarning sustkashliklari va e’tiborsizliklari sabab deb topilsa, ularni javobgarlikka tortib, loyiq jazolarini berishni talab qilamiz. Takror aytamiz, ushbu omma mulklaridan olinadigan daromad musulmonlarga sarflanmog’i, ushbu kon va ma’danlar insonlar manfaatiga xizmat qilmog’i darkor.
Hizb ut-Tahrirning Turkiyadagi matbuot bo’limi