Qirg’iziston respublikasining Botken viloyati Qadamjoy shahrida joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabida uchunchi sinf o’quvchisi bo’lgan Abidin qizi Tanzilani ro’mol o’ragani sababli darsga kiritishmadi.
Tanzilani maktabga kelishiga shaxsan maktab direktori va o’qish ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari (zavuch) tomonidan ta’qiq qo’yildi, keyinchalik sinf rahbari ham o’quvchi qizning huquqini cheklashga va maktab rahbariyati tomonidan qo’yilagan talabni bajarishga majbur bo’ldi.
Maktab rahbariyati ro’mol o’rashga ruxsat beruvchi hujjat talab qilishdi. Shuningdek, ular o’quvchi qiz telefon orqali uy vazifalarini olib turishi mumkinligini aytishdi. Biroq, 10 apreldan 17 aprelga qadar o’qituvchilar Tanzilaga hech qanday uy vazifasi berishmadi.
22 aprel kuni esa, ota-onalar yig’ilishi o’tkazildi. Bu yig’ilishda maktab direktori Nikolay Sopuev, o’qish ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Maysara Bo’riboev hamda Tanzilaning sinf rahbari Dilsoz Tursunqulovalar o’zlarining bu harakatlarini izohlashdan bosh tortishdi.