Mitchell: MRBning qiynoq qo’llashi inson huquqlariga zid emas

517
0

0

MRBning qiynoqlar haqidagi hisoboti shu kunlarda AQSh senatining kundalik jadvaliga kiritilgan dolzarb mavzulardan biri bo’lib qolmoqda

2001 yil 11 sentyabr hodisalaridan so’ng boshlangan tergov jarayonida AQSh markaziy razvedka byurosi (MRB) qiynoqqa solish amaliyotini tergovning bir uslubi sifatida ishlatganligi va qiynoq ostida olingan ma’lumotlarga ko’ra tergov ishlarini olib borganligi oshkor bo’lgan edi. Oxirgi yillarda olib borilgan batafsil surishtirma natijasida yuzaga chiqqan MRBning qiynoqlari haqidagi hisobot AQSh senatiga taqdim qilindi. Bu hisobot sababli MRB bilan senat o’rtasida muammo kelib chiqqan edi. Olti ming sahifadan iborat bo’lgan hisobot hozirgacha AQSh jamoatchiligidan sir tutib kelinmoqda, faqat hisobotning qisqa bir xulosasi jamoatchilikka oshkor bo’lib qoldi.

AQSh senatining bu borada chuqurroq surishtiruv olib borish haqida qaror qabul qilishi ortidan MRBning qiynoq uslublari ortida turgan shaxs ham jim qarab turmadi.

Tergov jarayonida MRB tarafidan amalga oshirilgan qiynoq uslublarining loyihachisi sifatida tanilgan AQSh havo kuchlarining ruhshunos xodimi Jeyms Mitchell “AQShda mahbuslarga nisbatan qo’llangan qiynoqlar inson huquqlariga zid kelmasligini va Amerika qonunlariga mos kelishi”ni da’vo qildi.

Mitchell MRB tarafidan amalga oshirilgan qiynoq amaliyotini oqlar ekan, tergov jarayonida qiynoq uslublarining natijasi samarali bo’lganligini olg’a surdi. Mitchellga ko’ra, qiynoqqa solish uslublari orqali muvaffaqiyatli tergovlar amalga oshirilib, muhim ma’lumotlar qo’lga kiritilgan.

Shuningdek, Mitchell MRBning qiynoq uslublari ustida surishtiruv ishlarini boshlagan senat a’zolarini tanqid ostiga oldi.

“Demak, hozirgacha barchamiz, butun MRB va tergovga qatnashgan har bir kishi xato qilyapti ekan, Xo’sh senat a’zolari to’g’ri qilyapti ekan-da, shundaymi?! men bunga aslo ishonmayman”, dedi Mitchell.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.