BMT xavfsizlik kengashi shoshilinch yig’ilish o’tkazdi

463
0

загруженное (1)Ukrainadagi vaziyat yanada taranglashgani kuzatilmoqda. Ukraina Ichki ishlar vazirligining bildirishicha, sharqiy Slavyansk shahrida ukrain hukumat kuchlari bilan rossiyaparast qurollilar o’rtasida to’qnashuv yuz bergan, har ikki tomondan ham talofatlar bor. Otishmalarda kamida bir ukrain zobiti halok bo’lgan.

Ukraina janubiy sharqidagi vaziyat tobora jiddiylashib borar ekan, BMT xavfsizlik kengashi bu boradashoshilinch yig’ilish o’tkazdi. Bu yig’ilish Ukraina inqirozi boshlangandan buyon BMT xavfsizlik kengashining o’ninchi yig’ilishidir.

Rossiyaning yopiq shaklda yig’ilish o’tkazish talabigaBMT xavfsizlik kengashigaa’zo boshqa davlatlarning qarshiligi tufayli yig’ilish ochiq shaklda o’tkazildi.

BMTning Nigeriyadagi doimiy vakili Joy Ogvu boshchiligidayig’ilgan BMT xavfsizlik kengashigaa’zo davlatlar – avvalgi yig’ilishlarda bo’lgani kabi -har ikki taraflarni“atroflicha so’zlashuv”, “vazminlik”, “vaziyatni tinchlik bilan hal qilish” va “xalqaro qonunlarga amal qilish”ga chaqirdi. Biroq yig’ilishda hech qanday qaror qabul qilinmadi.

Yig’ilish avvalida so’zga chiqqan Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin Ukrainada “Rusofobiya” tushunchasihukmron ekanligini olg’a surdi. O’z nutqida Ukrainadagi vaziyatni juda tahlikali ekanligini ta’kidlagan Churkin vaziyat taranglashuvini oldini olish uchun namoyishchilarga qarshi kuch ishlatishni to’xtatish lozimligini qayd etdi. Churkinga ko’ra, Ukrainada ichki urushni oldini olish uchun G’arbning vaziyatni hal qilish imkoni bor. Shuningdek, Rossiyaning bir qancha nohaq ayblovlarga duch kelganligini aytib o’tgan Churkin Ukrainadagi “Svoboda” partiyasi haqida “ular 1654 yilda quvin qilinib, otib tashlanishi kerak edi”, dedi zarda qilib.

AQShning BMTdagi doimiy vakili Samanta Pover esa begunoh insonlarning hayotlari tahlika ostida qolganligi va Rossiyaning yolg’on xabarlar tarqatish bilan tashviqot uyushtirayotganligini urg’ular ekan, ukrainaliklar bosqin ostida qolganligini bildirdi.Rossiya elchisining da’volariga javoban raddiya sifatida gapirgan Pover harbiy kuch ishlatish inqirozga echim bo’lmasligi urg’ular ekan, taranglikni ortishiga AQSh emas, Rossiyaning o’zi sababchi ekanligini ta’kidladi.

AQSh vakili “Rus askarlarining Ukraina chegarasidan ortga chekinganligi”, “Rossiya energetikasining Ukrainaga qarshi qurol sifatida ishga solinmaganligi”, “Etnik ozchiliklar Kiev hukumatining zulmiga duchor bo’lganligi” haqidagi Rossiyaningda’volari haqiqatga to’g’ri kelmasligini bildirdi.

Pover 14 aprel yakshanba kuni AQShning Ukraina uchun 1 mlrd. dollarlik qarz ajratganligi va buning Ukraina xalqiga foydali bo’lishini alohida ma’lum qildi. Kelgusi haftada prezident maslahatchisi Jo Baydenning Ukrainaga safar qilishini tilga olgan Pover AQShning Ukraina iqtisodini kuchaytirish uchun uning xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ) bilan kelishuvini qo’llab quvvatlashini bidirdi.

Britaniyaning BMTdagi doimiy vakili Mark Lioll Grant ham Ukraina inqirozini o’ta tahlikali vaziyatda ekanligini bildirib, Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini “uning oxirgi yuz yillikdagi eng qorong’u kunlari”, deya ta’rifladi.

Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Yuriy Sergeyev esa bu borada Ukraina o’z pozitsiyasiga ega ekanligini bildirdi.

“Qrim stsenariysi Ukraina sharqida takrorlanishiga yo’l qo’ymaymiz”, dedi u.

Frantsiyaning BMTdagi doimiy vakili Jerar Aro ham Rossiyaning Ukraina sharqida Qrimda kechgan ayni stsenariy takrorlanayotganini tilga olib o’tdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.