Jalolobodda diniy kitob va buyumlar bilan savdo qiluvchi savdo shahobchalari tekshirilmoqda

554
0

1372173282_Zhambyl Jalolobod shahar meriyasi matbuot xizmati xabar qiladi, Qirg’iziston prezidentining din ishlarini tartibga solish to’g’risidagi topshirig’ini amalga oshirish maqsadida, Jalolobod shahar meriyasi tomonidan diniy adabiyo va buyumlar bilan savdo qilayotgan savdo shahobchalarida do’konlarda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Matbuot xizmati xabariga ko’ra, tekshiruv mobaynida savdo shahobchalarni qonuniyligi, ro’yxatdan o’tgani va u erda sotilayotgan adabiy kitoblar va buyumlarning holati tekshiriladi.

 Mazkur tekshiruvlarni amalga oshirish uchun maxsus komissiya tuzulib, diniy mazmundagi buyumlar tartibga keltirilishi va shu bilan birga hozirga qadar qayddan o’tmagan do’konlar ro’yxatga olinishini, xabar qildi matbuot xizmati.

Turkiston:

 2014 yil 3 fevral kuni bo’lib o’tgan Mudofaa kengashining yig’ilishida prezident Atambaev, “Chala mulla din buzar deganlaridek, ayrim musulmonsifatlar Islom dini bilan Arab, Bangladesh, Pokiston madaniyatini chalkashtirib, xalqimiz madaniyatini buzayapti. Qadimiy qirg’iz xalqiga yot madaniyat, urf-odatlarni taklif qilayapti. Ko’chalarimizda soqollarini osiltirib, shalvor kiyganlar ko’payib ketdi”, – degan edi.

Prezidentning shu so’zlaridan so’ng mamlakatning janubiy poytaxti hisoblangan O’sh shahri, Novqat tumani va Qizilqiya shaharlarida musulmonlar soqoliga qarshi norasmiy kurash avj olib ketgan va militsiya xodimlari uchun musulmonlar pulini shilib olish uchun yangi sabab paydo bo’lgan edi.

 Endi bo’lsa navbat diniy kitob va buyumlar bilan savdo qiluvchi shahobchalarga kelgan ko’rinadi. Diniy buyumlar bilan savdo qiluvchi do’konlarda nima tekshirilishi mumkin? Tabiiyki, muslimalar nomahramlardan avratlarini berkitish uchun kerak bo’lgan hijob, ro’mol va boshqa narsalarni qaerdan olib kelinganligi va bu narsalar “milliy urf-odatlarimizga” qanchalik mos kelishi yoki kelmasligi tekshiriladi. Agar bu savdo shahobchalari hukumat maqsadiga mos kelmasa, “qonuniy” emasligi bahonasi bilan yopib qo’yiladi. Shu yo’l bilan rasmiy hukumat ayollar hijobi va ro’moli qarshi kurash boshlash uchun birinchi sinov qadamini tashlayotgan bo’lishi mumkin.

Huddi O’zbekistonda bo’lgani kabi, hukumat dinga yoki xalqqa qarshi biror ishni amalga oshirmoqchi bo’lsa, aval buni birorta viloyatda sinab ko’radi, agar xalq tomonidan hech qanday qarshilikka yoki norozilikka uchramasa, keyinchalik bu ishni butun respublika bo’ylab keng ko’lamda amalga oshirgani singari, Qirg’iziston hukumati ham xalqning reaktsiyasini tekshirib ko’rmoqchi bo’layotganga o’xshaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.