Suriya milliy koalitsiyasi o’zini amerikaga malaylik qilishga bag’ishlamoqda

0
456

Suriya milliy koalitsiyasi «Jeneva-2»ga borishga rozi bo’lishi bilan o’zining Suriya ahlidan begonaligini e’lon qilib, o’zini amerikaga malaylik qilishga bag’ishlamoqda

Milliy koalitsiya Jarba raisligida 2014 yil 17-18 yanvarda Istanbulda bo’lib o’tgan umumiy yig’ilishida xorijiy bosimlar, xususan Amerika-Rossiya bosimlari ostida, kutilganidek «Jeneva-2» konferentsiyasida qatnashishga rozi bo’ldi. U Suriya musulmonlariga qarshi barcha kechayu kunduz, ochiq-oshkor til biriktirayotganiga qaramay shu qarorga keldi. Bu bilan o’zini shu til biriktiruvchilar ro’yxatiga qo’shdi va o’zi bilan bog’liq rolni, ya’ni Suriyadagi boshqaruvni Amerika qo’lida qoldirish rolini ado etishga rozi bo’ldi. Buning evaziga boshqaruv Asaddan Jarbaga o’tadi va u Amerika topshiriqlarini bajaradigan bo’ladi. Bu topshiriqlarning asosiysi islomiy loyihaga qarshi kurash bo’ladi. Asaddan tortib Eron, Rossiya, G’arb davlatlari, islomiy yurtlar hokimlari, hatto Jarba va uning kommunist ustozi Mishel Kilo ham, hammasi barcha diqqatlarini shu loyihaga qaratishgan. Mishel Kilo qurollangan ekstremistik tashkilotlar va ularning xavfi haqida: «Ulardan ko’z yumish halokatga olib boruvchi xatodir», dedi. Shu asosiy mavzu haqida yaqinda Kerri ham: «Konferentsiya kun tartibida ko’riladigan birlamchi masala terrorizmga qarshi kurash bo’ladi», dedi. Aytish mumkinki, bu konferentsiyada asosan ikki muhim masala ko’riladi: Suriyada boshqaruvni Amerika qo’lida saqlab qolish, Xalifalik nizomini barpo etishda gavdalangan islomiy loyihaga zarba berish. Bu haqda dunyoning eng asosiy yolg’onchilari: Suriya tashqi ishlar vaziri jinoyatchi Valid Muallim, Rossiya tashqi ishlar vaziri bezbet Lavrov ham bir necha bayonot berdi. Koalitsiyaning «Jeneva-2»da qatnashishga rozilik berishi bilan bir vaqtda Obama ma’muriyatining kongressdan yillik byudjet loyihasini ko’rib chiqish doirasida Suriyaga kiritilishi rejalashtirilayotgan xalqaro tinchlikparvar kuchlar uchun 50 million dollarga yaqin mablag’ ajratilishini ko’rib chiqishni talab qilgani haqida xabarlar tarqadi. Bu esa Amerika koalitsiyaning roziligiga uning e’lon qilinishidan oldin erishib bo’lganiga, rozilik amerikacha echim xaritasi bo’yicha ketayotganiga, bu echim bo’yicha u erga xalqaro tinchlikparvar kuchlar yuborilishiga dalolat qiladi. Buni oldin Axzar Ibrohimiy ham aytgan edi. Bu kuchlar xuddi Afg’onistondagi «ISAF» xalqaro kuchlari kabi o’z vazifalarini bajaradi. Bu vazifalarning biri yangi Suriya «karzayi» hokimiyatini himoya qilish va terrorizmga qarshi kurash bahonasi ostida islomiy loyihaga zarba berishdan iborat.

Amerika dunyo bo’ylab islomiy uyg’onishni ta’qib qilib, uning suratini xunuk ko’rsatishga va unga zarba berishga harakat qilyapti. Shuning uchun biz dunyoning hamma erida musulmonlar mashaqqat chekayotganini ko’rib turibmiz. Amerika bu ishda ishtirok etish uchun butun dunyoni, jumladan, islomiy yurtlar hokimlarini ham tortmoqda. Hozir navbat Suriyaga keldi. Lekin masala Suriyadan ko’ra kattaroq, ya’ni Suriyadagi islomiy loyihani ta’qib ostiga olish, uni amalga oshishiga yo’l qo’ymay, tug’ilmay turiboq bo’g’izlab tashlash masalasidir. Shuning uchun Amerika Afg’onistonning achchiq tajribasini takrorlab o’zi hokimiyatni unga topshiradigan yangi alternativ hokimni olib kelish orqali terrorizmga qarshi kurash bahonasi ostida musulmonlar qonini so’rishni istayapti.

Biz milliy koalitsiya a’zolari orasidagi zarracha bo’lsa ham yaxshilik qolgan kishilarga yuzlanib, ularni koalitsiyaning musulmonlarga qarshi fitnasini fosh etishga, qo’llaridan kelgancha uni ichkaridan parchalashga harakat qilishga chaqiramiz, shoyad, Alloh ularni shu ishlari sababli amerikaparast koalitsiyaga a’zo bo’lish gunohlarini mag’firat qilsa.

Shuningdek, jangchi kuchlar, armiyadan ajralib chiqqan guruhlar va zobitlarga ham yuzlanib, ularga milliy armiyaga qo’shilishdan saqlaning, deymiz. Zero, Amerika o’z loyihasiga qarshi chiqqan yoki Xalifalik davlatini barpo etishga harakat qilayotgan kishilarga zarba berish uchun sizlardan xalqaro kuchlar bilan bir qatorda foydalanish uchun milliy armiyani tashkil qilishni maqsad qilgan. Siz esa sizdan shar’an talab qilingani kabi hamda xuddi Alloh va Rosulining avvalgi ansorlari qilganlaridek Xalifalik davlatini tiklashga nusrat-yordam berish loyihasi uchun kuchingizni birlashtirishga harakat qiling.

Biz yana Suriyada faoliyat olib borayotgan barcha musulmonlarga, xususan, ular orasidagi nufuzli kishilarga yuzlanib, shuni aytmoqchimizki, sizga qarshi butun dunyo til biriktirib shiddatli makr qilmoqda. Islomning birinchi raqamli dushmani Amerika va uning ortidagi xalqaro hamjamiyat koalitsiyadagi bir siqim kimsalar siyosatda sizning vakilingiz bo’lishlarini istashmoqda, biroq ular hech qachon sizning vakilingiz bo’lisholmaydi. Chunki siz Islom boshqaruvini istayotgan mo’minlarsiz, ular esa islomiy loyihaga zarba berish uchun qo’llarini Amerika qo’liga bergan ilmoniylardir. Hatto ular orasidagi islomchilar ham G’arb istagan «islomchilar»dir. Siz qoningizni berayotgan bo’lsangiz, ular shu qoningiz bilan savdo qilishyapti. Siz turli jirkanch vositalar orqali qamal bilan iskanjaga olish, och-nahor sovuqda qoldirish, tahdid qilish, xorlash, o’ldirish kabi mashaqqatlarni boshdan kechirayotgan bo’lsangiz, bu siyosatchilar mehmonxonalarda eb-ichib, vaqtichog’lik qilib yotishibdi. Teleekranlarda esa o’zlarini sizning ahvolingizdan yig’layotgan qilib ko’rsatishyapti, aslida esa islomiy loyihaga zarba berishda Amerika bilan baslashyapti. Bu kimsalar Islom va musulmonlar frontiga qarshi Amerika frontida yurishibdi. Endi, Amerika va ittifoqchilari sizga qarshi uyushtirayotgan makrga qarshi nima qilishingiz talab qilinadi? Asosiy masala shu. Siz xalq qo’llab-quvvatloviga egasiz va sodir bo’layotgan barcha ishlarda hal qiluvchi so’z sizniki. Siz bugungi kungacha yovuz Amerikadan tortib, uning malayi qonxo’r Asad, mutaassib Eron, dushman Rossiya, fitnachi xalqaro hamjamiyat, musulmonlarning xoin hokimlari, xususan, tosh otsa etadigan Turkiya, milliardlab dollarlarga sotib olingan qurol-aslahalar va zaxiralarga ega Ko’rfaz davlatlari hokimlarigacha, barchasining sizga qarshi til fitnalarini bir o’zingiz barbod qilib keldingiz… Siz hozir har qanday iflos harakatni, sizga qarshi davom etayotgan fitnalarni barbod qilishga qodirsiz. O’zingizning «Jeneva-2» konferentsiyasidan yuz o’girganingizni, Amerika loyihasiga qarshi, Islom loyihasi tomonida ekaningizni, milliy koalitsiya va uning Amerika buyruqlariga itoatgo’yligini qoralashingizni, o’zaro qirpichoq bo’lishga qarshiligingizni, qurollarni noshar’iy yo’l bilan ishga solish harom ekanini… hammasini ochiq aytishga qodirsiz. Shuni unutmangki, Alloh Subhanahu islomiy loyiha asosida o’zgarish yasashda sizga o’z hissangizni ajratdi. Zero U xalqning Islom va Islom bilan boshqarish asosida kelib chiqqan qo’llab-quvvatlovi bo’lishini bir shar’iy hukm qildi, Rosululloh A uni Madina ahlida paydo qilishga harakat qildilar, ular haqida sayyidimiz Mus’ab ibn Umayr u kishiga «Madinada Islom kirmagan va u tilga olinmaydigan birorta uy qolmadi», degan edilar. Bugun Suriyada ham Xalifalik tilga olinmagan, islomiy boshqaruvni istamagan birorta uy qolmadi…

Ey Shomdagi mo’min musulmonlar!

Xalifalik davlatini tiklash uchun Rosululloh A tariqatlari bo’yicha yurayotgan Hizb ut-Tahrir Suriyadagi musulmonlarni kutilayotgan tub islomiy o’zgarish amaliyotidagi o’z rollarini ado etishga, quvvat ahliga o’z qurollarini Suriyadagi kofir davlatni ag’darish va Xalifalik davlatini tiklash tomon qaratishga chaqiradi. Hizb Allohning amrini barpo etish uchun qo’lini sizga cho’zadi. Alloh Taolo dedi:

«Ey mo’minlar, Alloh va Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga da’vat qilarganda uni qabul qiling va bilingki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o’rtasini egallab turadi va albatta, Uning huzuriga to’planasiz. Sizlardan faqat zolim kimsalarning o’zigagina etmay (balki barchaga etadigan) balodan saqlaning va bilingizki, albatta Allohning azobi qattiqdir. Eslang, (Alloh) bu erda ozchilik va nochor bo’lgan holingizda, odamlar talab ketishlaridan qo’rqib turgan paytingizda sizga uy-joy berib O’z yordami bilan qo’llab-quvvatladi va shukr qilishingiz uchun pokiza rizqlar bilan bahramand qildi. Ey mo’minlar, Alloh va Rosuliga xiyonat qilmang va sizga ishonib berilgan narsalarga bila turib xiyonat qilmang! Bilingki, albatta mol-dunyolaringiz va bola-chaqangiz faqat bir fitna-aldovdir, xolos, yolg’iz Allohning huzuridagina ulug’ ajr-savob bor» [Anfol 24-28]

Allohim, biz Sendan nusratingni, qo’llovingni, kofirlarga qarshi makringni, xalifa g’olib qilishingni, bizga holimizni yaxshiroq holatga o’zgartiradigan roshid Xalifalik davlatini hadya qilishingni so’raymiz. Allohim omin.

Hizb ut-Tahrir Suriya viloyati

18 robiul-avval 1435h

19 yanvar 2014m

 

Izohlar yo'q