Shuncha qoralashlarga qaramay, Xalifalik davlati Rosululloh A tariqati asosida kelmoqda, ular faraz qilgan tariqat asosida emas

0
512

Matbuot bayonoti

 

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir»

 

Yamanda chiqadigan kundalik «Shore» gazetasining 2013 yil 12 dekabr payshanba kungi 682-sonida birinchi betda chop etilgan va ushbu uzun katta harflar bilan yozilgan ushbu xabardan hayratdan yoqa ushladik: «Urziydagi xudkushlar e’tiroflari: tergovda ishtirok etgan yuqori lavozimli bir harbiy manbaga ko’ra, ulardan biri Xalifalik davlati askarlaridan bo’lgani va poytaxt yaqinidagi bir qishloqda ijaraga olingan uyda Hilux avtomobiliga bomba o’rnatganini tan oldi».

Xabarda yana ayrim shaxslarning Urziydagi hujumga aralashib qolganliklari haqida ishora qilingan. Nahotki, shu qo’mondonlardan birortasi Xalifalik davlatini tiklashga harakat qilsa?! Ammo xabarda kelgan Urziyga qilingan hujum etakchisining dori iste’mol qilganiga kelsak, xabarda faqat jazoirlik zobit Habib Suvaydih nomi zir qilingan. Lekin xabar uning Urziydagi kompleks ichkarisida odamlarni qatl qilishida «Xalifalik davlati askarlaridan biri bo’lgani»ga va u qanday qilib sovuqqonlarcha qatl qilish uchun aqlni ozdiruvchi dorilarni qabul qilganiga biror – suyansa bo’ladigan – shar’iy dalil keltirgani yo’q.

Albatta, Rosululloh A Islom bilan hukm yuritadigan davlatni tiklashga harakat qilar ekanlar, na qilich ishlatdilar, na biror nayza otdilar. Bunga eng yaqqol dalil: Ansorlar Makkada ikkinchi Aqaba bay’atini berayotgan vaqtlarida Rosululloh Adan: «Sizni haq bilan jo’natgan Zotga qasamki, agar istasangiz ertaga Mino ahlini qilichlarimiz bilan egib beramiz», deb Quraysh mushriklariga qarshi urush qilishga ruxsat so’radilar. Shunda Rosululloh A:

«لَمْ نُؤْمَرْ بِذَلِكَ، وَلَكِنِ ارْجِعُوا إِلَى رِحَالِكُمْ»

«Bunga buyurilmadik, lekin sizlar karvoningizga qayting», dedilar (Ibn Ishoq rivoyati). Davlatni tiklash yo’li urush bo’lmagan va Rosululloh A o’z davlatini qatl yo suiqasdlar bilan barpo etmaganlar, holbuki, bunga u kishi va sahobalari bunga qodir edilar.

G’arb davlatlari – Amerika va Yevropa bugun musulmonlar orasida Xalifalik davlatini tiklash uchun kechayu kunduz tinim bilmay harakat qilayotgan kishilar borligini, islomiy Ummat orasida bu borada afkori omma vujudga kelganini bilishgach, eslari og’ib qoldi. Shuning uchun, bu davlatlarning musulmonlar orasida Xalifalik davlatini yomon otli qilib ko’rsatishdan boshqa biror choralari qolmadi.

G’arb davlatlarining bu yomon otli qilish ishiga ayrim musulmonlar ham ergashdi. Buni biz bugun mazkur gazetaning birinchi betida chop etilgan xabarda Urziydagi hujumni Xalifalik davlatiga bog’lashayotganida ko’rib turibmiz.

Xalifalik davlati musulmonlarning siyosiy vujudidir. U Islomdagi boshqaruv nizomi bo’lib, 1924 yil G’arb davlatlari Britaniya etakchiligida uni ag’darishib, yurtlarini bo’lib tashlab, ularga hukmronlik qilishga muvaffaq bo’lishgach, endi, bugun uni qayta tiklash musulmonlar zimmasidagi farzdir.

Hayotning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashqi siyosat, ta’lim siyosati kabi barcha sohalarida Islom bilan hukm yuritish uchun ushbu Xalifalik davlatini qayta tiklashning birdan-bir shar’iy tariqati Rosululloh A tutgan Madinai Munavvarada Islom davlatini tiklash uchun tariqatdir. Bu tariqat uch bosqichni o’z ichiga oladi:

1 – Islomiy boshqaruv tiklash uchun harakat qiladigan uyushma tuzish va bu uyushmani Islom ahkomlari va fikrlari bilan ongini ochib, uni shular bilan boshqarish;

2 – Islom fikrlarini namoyon qilish va boshqa fikrlarning soxtaligini fosh etish uchun fikriy kurash olib borish, G’arb davlatlarining musulmonlar yurtlaridagi rejalarini fosh qilish orqali siyosiy kurash olib borish, toki, misulmonlar ularning rejalarini o’z ko’zlari bilan ko’rsinlar va bu rejalarni barbod qilib, quvvat va yordam ahlidan nusrat talab qilsinlar;

3 – Boshqaruvni qo’lga olish bosqichi. Xuddi Rosululoh Aga Islom bilan hukm yuritish uchun Avs va Xazraj qabilalari nusrat-yordam berganlari kabi.

Hizb ut-Tahrir 1953 yil ta’sis etilganidan buyon Xalifalik davlatini tiklash uchun Rosululloh Aning tariqatlariga ergashib keladi. Zero, Hizb ulug’ olim va siyosatchi shayx Taqiyyuddin Nabahoniy – rohimahulloh – qo’lida ta’sis etilgan, keyin unga Abdulqadim Zallum – rohimahulloh – amirlik qildilar, u kishidan so’ng hozirda Ato ibn Xalil Abu Roshta amirlik qilmoqda, Alloh u kishiga bu ishida tavfiq ato etsin. Hizb ut-Tahrir bugungi kunda dunyoda qirqdan ortiq davlatda faoliyat olib bormoqda, Yaman ham shular jumlasidan. Ushbu faoliyatni Islomiy Ummat farzandlarini islomiy ahkomlar va fikrlar bilan onglarini ochish, bu ahkomlar va fikrlar voqesini yoritib berish orqali olib bormoqda, G’arb davlatlarining fikr va hukmlarini musulmonlar ongidan chiqarib tashlash uchun fikriy kurashga kirishmoqda, islomiy yurtlardagi G’arb rejalarini fosh etmoqda. Toki, islomiy Ummat umumiy ongdan balqib chiqqan afkori ommaga asosan Hizbni hokimiyatga va Xalifalik davlatini tiklashga olib borsin. Bu esa Rosululloh Aning tariqatlari bo’lib, to’qson yildan ko’proq vaqt oldin er yuzidan g’oib bo’lgan islomiy hayotni qayta boshlash uchun Xalifalik davlatida islomiy boshqaruvni vujudga keltiradi.

Xalifalik davlatini tiklash vaqti allaqachon keldi. Bu davlatni badnom qilish uchun G’arb davlatlarining harakati aslo foyda bermaydi, endi, ular bu davlat bilan muomala qilishdan o’zga choralari qolmayapti.

«Ular Allohning nurini og’izlari bilan o’chirmoqchi bo’lishadi. Alloh esa, garchi kofirlar istashmasa-da, O’z nurini to’la yoyguvchidir» [Tavba 32]

Hizb ut-Tahrirning Yaman viloyatidagi matbuot bo’limi

Telefon: 735417068

Elektron pochta: aan1924@gmail.com

Hizb ut-Tahrir sayti: www.hizb-ut-tahrir.org

Hizb ut-Tahrirning matbuot bo’limi sayti: www.hizb-ut-tahrir.info

Izohlar yo'q