Pichoq suyakka borib etdi

0
490

Qishni ayozli kunlarida gaz va svetni yo’qligi O’zbekiston aholisida noroziliklarga sabab bo’lmoqda.

Qoraqalpog’iston avtonom respublikasining To’rtko’l tumanida 29 noyabr kuni o’nlab ayollar shahar hokimiyatiga norozilik bildirib chiqishdi. Ular tabiiy gaz berishni talab qilishdi. Namoyishchilar hokimni ular bilan uchrashishga chiqishini talab qilishganda, tuman hokimi orqa eshikdan qochib chiqib ketdi.

Hokim bilan ertasi kuni ham uchrashishni imkoni bo’lmadi. Bu esa 400ga yaqin ayollarni mazkur hududdagi avtomobil yo’lini to’sib qo’yishlariga majbur qildi. Avtomobillar harakati bir necha soatga to’xtab qoldi.

Namoyishchilar oldiga tuman hokimi tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i va prokuror hamrohligida kelgach hamda hokim gaz berishlik to’g’risida buyruq berganidan so’ng, uylarda gaz yona boshladi, odamlar tarqalib, harakat qayta tiklandi. Bu xodisa ortidan tuman hokimi tuman gaz bo’limi boshlig’ini ishdan bo’shatish haqida buyruq berdi.

Bu gaz va svet yo’qligi sababli aholini norozilik namoyishlariga chiqishayotgan birinchi xodisa emas. 5 noyabr kuni Samarqand shahridagi Sartepa mavzesining yuzlab aholisi uch kun mobaynida gaz va svet bo’lmaganligi uchun avtomobil yo’lini to’sib qo’yishgan edi. Mazkur xodisadan bir necha kun o’tib “O’ztransgaz” davlat aktsionerlik kompaniyasining bosh direktori o’z lavozimidan ozod qilindi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda har yili 60-70 milliard kub.metr tabiiy gaz qazib olinadi, bu qazib olingan gazni 40 milliard kub.metrga yaqini ichki ehtiyojlar uchun qoladi. Mutaxassislarni fikriga ko’ra, gazni bu miqdori ichki ehtiyojlarni to’la ta’minlash uchun etarli. Biroq, noma’lum sabablarga ko’ra respublikaning ko’plab hududlari yilning sovuq vaqtida gazsiz qolishmoqda, yozda esa mamlakatni chekka hududlaridagi aholi gaz ta’minotidan butunlay uzib tashlandi.

O’z tabiatiga mos ravishda sabrli bo’lgan o’zbek xalqi yigirma yildan oshiq vaqt sukut saqladi. Uni uzoq muddatlarga qamoqlarga tashlashdi – u indamadi. Uni minglaganini maydonda otishdi – u indamadi. Uni paxta dalalarida ezg’ilashdi – u indamadi. Uni boquvchisini “dangasalar” deyishdi – u indamadi. Uni ayollarini bichishdi – u indamadi…

O’zbek xalqi aytganidek, pichoq borib suyakka etgani ko’rinib turibdi.

 

Izohlar yo'q