O’zbekiston tog’uti o’z qizini himoya qilolmayapti

536
0

01

Oxirgi ikki oy mobaynida internetdagi saytlarda prezident Karimovning qizi Gulnora Karimova ustida bo’layotgan kuchli bosimlar haqidagi ma’lumotlar tarqaldi. Misol uchun, oktyabr oyida Gulnoraga taalluqli bo’lgan “TV-Markaz”, “NTT” va “SOFTS” kabi axborot vositalari berkitildi. “Ozodlik” radiosining xabar qilishicha, O’zbekistondagi huquq tartibot organlari O’zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimovaning nazorati ostida bo’lgan, media ofis “Terra Grup”ning moliyaviy faoliyatini tekshira boshlaganlar.

Noyabr oyida mamlakat prezidentining qizi Gulnora Karimovaga qarashli bo’lgan O’zbekiston poytaxti Toshkentdagi barcha libos magazinlari Mango, United Colors of Bennetton, New millennium, Levis, S.Oliver, Adventure, Geox, Antony Morato berkitildi.

Gulnora Karimova o’z xisobidagi tviterdan – tvitter xozirgi kunda axborot vositalari uchun yagona ma’lumotlar manbai bo’lib qolmoqda – quyidagilarni ma’lum qildi: uni zaharlamoqchi bo’lganliklari, MXX xodimlari tarafidan mamlakatni tark qilib chiqib ketishini talab qilganliklari va hokazolar. Shuningdek, u o’zining xos soqchilari o’g’irlab ketilgani va kaltaklanganligi xaqida xabar berdi; Gulnora Karimovaning tvitterda yozgan eng so’ngi xabariga qaraganda, u Toshkent shahridagi ichki ishlar boshqarmasida, yaqinda militsiya tomonidan o’g’irlab ketilgan o’z yaqinlarini qidirmoqda.

O’rta Osiyodagi qonho’r tog’utlarning eng kattasining qizi bilan bog’liq bo’lgan bu xodisalar siyosatchilar, tahlilchilar va turli xil mamlakatlardagi insonlar ommasini qiziqishlariga sabab bo’ldi. Karimov rejimiga qarshi bo’lgan muxolifat tarafidan turli xil taxlillar bo’lmoqda. Shuningdek, toki oddiy xalq yana loqayd va turg’un holatda qolib ketishi uchun insonlarni aldash, o’z odatlariga ko’ra haqiqatni sohtalashtirish, o’zlarini tog’ut rejimiga qarshi muxolifat qilib ko’rsatuvchi munofiqlar tarafidan ham taxlillar bo’lmoqda. Bu holat insonlardagi asabiylikni ziyodalashtirmoqda, quruq safsatalar va tortishuvlardan keyin xalq yana echimsiz va bajarilishi zarur bo’lgan topshiriqsiz qolmoqda. Shuning uchun ushbu masalaga aniqlik kiritmoqchimiz va insonlarga bu holatdan chiqib ketish uchun aniq bir echimni ko’rsatib, aniq bir yo’nalishni bermoqchimiz.

Birinchidan: Karimov va uning rejimini yoritmoqchimiz:

Karimov 24 yildan buyon aldov yo’li bilan erishgan hokimiyatini saqlab kelmoqda. U uzoq yillar davomida xukmronlik qilar ekan, Islom va musulmonlarga bo’lgan adovati va nafratini ko’rsatdi, buning dalili minglab musulmonlarni o’lguncha azoblash, o’n minglab begunoh musulmonlarni qamoqxonalarga tashlash, maxbuslarni do’stlari, qarindosh urug’lari va ahli oilalarini qo’rqitish va ta’qib qilish kabi ishlardir.

Qonxo’rlikda undan qolishmaydigan uning malaylari O’zbekiston milliy xavfsizlik xizmati boshlig’i Rustam Inoyatov va vazirlar mahkamasining raisi Shavkat Mirziyoevdir. Rustam Inoyatov Sovet Ittifoqi vaqtida ham KGB da ishlagan. 1995 yildan buyon milliy xavfsizlik xizmati rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. Shavkat Mirziyoev 2003 yildan buyon vazirlar maxkamasining raisi tog’ut mujrim Karimovning o’ng qo’li xisoblanadi. 2006 yilning boshlaridan buyon Bahodir Matlubov O’zbekiston ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab kelmoqda. Undan avval bu lavozimda Zokir Alimatov ishlagan. U davlat raisining barcha buyruqlarini sidqidillik bilan bajarar edi.

Bular jinoyatchilardan iborat bo’lgan to’dani boshqarib turgan boshliqlardir, ular malaylar, qotillar, o’g’rilar, zo’ravonlardan iborat bo’lgan butun boshli sistemadir. Ularni bitta manfaat birlashtirib turadi. Ular bitta maqsad ustida ittifoq qilganlarida va kuch qudratda teng bo’lib turgan vaqtlarida bir tarafga qarab harakat qiladilar. Qachonki ulardan birortasining kuch-qudrati ziyodalashsa ular o’rtasida hokimiyat uchun kurash boshlanadi, ulardan zaifrog’i o’z o’rnini yo’qotsa, uning o’rniga undan kuchlirog’i va makkorrog’i keladi.

Ikkinchidan: Islom Karimov hukumronligi shunday nihoyasiga etishini bilgani uchun ham u o’ziga munosib o’rinbosar tayyorlashga harakat qildi. Karimov o’z o’rinbosarini qizi Gulnoraning shaxsiyatida tasavvur qildi. Bu bizning asrimizdagi yangilik emas, ya’ni barcha avtoritar davlatlarda bo’lganidek, hokim saltanatni o’z o’g’illaridan biriga topshiradi. Suriyadagi Xofiz Asad saltanatni o’z o’g’li Basharga topshirdi. Ozarbayjonda Xaydar Aliev o’z o’g’li Ilhom Alievga topshirdi. Shunga o’xshash ota saltanatni o’z o’g’liga topshirganligiga misollar juda ko’p.

Agar Gulnoraning ta’lim olishi va siyosiy faoliyati tarixiga nazar tashlasak, biz uni ochiq oydin respublika prezidentligiga tayyorlanganligini ko’ramiz. 1972 yilda tug’ilgan Gulnora Karimova 1988 yilda Toshkentdagi matematika akademiyasini tamomladi. 1994 yilda Toshkent shahridagi Xalqaro iqtisodiyot davlat universitetida bakalavrlik darajasida, 1996 yilda Akademik fanlar xuzuridagi iqtisodiyot fakultetini magistrlik darajasi bilan, 2000 yilda esa Garvard universitetining qonunshunoslik universitetini magistrlik darajasi bilan, 2001 yili Toshkent shahridagi dunyo iqtisodi va diplomatiyasi universitetida siyosat fanlari doktorligini qo’lga kiritdi. 2006 yilda Telekommunikatsiya universitetida bakalavrlik darajasini, 2009 yilda professorlik ilmiy unvonini qo’lga kiritdi. Bu prezidentning qizi uchun juda ham kamtarona emasmi?

Gulnora Karimova 1995 yildan buyon tashqi ishlar vazirining maslaxatchisi, 2003 yildan 2005 yilgacha Rossiya Federatsiyasidagi O’zbekiston elchixonasining maslaxatchisi va Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkilotida O’zbekiston elchixonasining maslaxatchisi, 2008 yilda esa madaniy ma’rifiy sohalardagi xalqaro hamkorlik masalalari bo’yicha tashqi ishlar vazirining o’rinbosari, 2008 yildan boshlab Jeneva va boshqa shaharlardagi Birlashgan Millatlar Tashkilotida O’zbekiston respublikasining doimiy vakili, 2010 yilda esa Ispaniyadagi O’zbekiston elchisi bo’lib ishladi.

Shuningdek, Gulnora Karimova qo’shiq aytadi, tijorat va hayriya jamiyatlarida ham faoliyat yurgizadi. Gulnora oxirgi o’n yil ichida axborot vositalari (televideniya, radio)dagi eng mashxur shaxsga aylandi. U dunyoning eng mashhur san’atkorlari bilan hamkorlik qildi, hayriya musobaqalarini tashkil qildi, hayriya sandiqlariga davlat xazinasidan va ishchilarning mablag’laridan sarf xarajatlar qildi. Vaholanki oddiy xalqqa bu yolg’onlar va sovun pufakchalaridan birortasi ham etib bormaydi.

Uchinchidan: Gulnora Karimovaning xorijdagi O’zbekiston tashkilotlarida ishlagan bu lavozimlaridan keyin, “mashhur sanatkor” va “xalq xaloskori” degan yasama siymolar bilan Gulnora o’zini Margaret Tetcher yoki Angela Merkel deb xayol qila boshladi. Mana shu g’urur tufayli Gulnora Karimovada hamma narsaga qodirman degan xayol o’rnashib qoldi, jinoyatchi otasi tarafidan qo’yilgan qonunlarga qarshi chiqa boshladi. O’z manfaatlarini otasi va uning jinoyatchi to’dasining manfaatlariga qarshi qo’ya boshladi. Ular reaktsiyani kutib o’tirmadilar, balki uni yo’ldan surib tashlash uchun shunchaki qaror qabul qilib qo’yaqoldilar.

Gulnora ishtirokidagi Rossiya bilan O’zbekiston o’rtasidagi MTS shirkati bekor qilingandan so’ng Moskva markazida joylashgan qiymati 8 million dollar bo’lgan kattagina kvartirasi musodara qilindi va Rossiya Federatsiyasidagi bank xisoblari berkitildi. Shundan keyin Gulnoraning shaxsan o’zi Putin bilan uchrashish uchun bir necha marta Moskvaga bordi. Lekin Putin uni qabul qilmadi. Gulnora bo’sh qo’l bilan qaytib keldi. Natijada u nafaqat boyligini yo’qotdi, balki RFdagi hamkorlari va ximoyachilarini ham yo’qotdi.

2012 yilning yoz oylarida Shvetsiyada, Shved-Finlandiya telekommunikatsion kompaniyasi TeliSonera dan pora olganligi haqidagi sharmandali xabar tarqaldi. Bu kompaniya O’zbekistonda 4G litsenziyasini 370 million kron (55mln. AQSh dollari)ga sotib olgan edi. Shved jurnalistlari Gulnoraning Takilant kompaniyasidan 2,2 mlrd.shved kroni (340 mln. AQSh dollari) miqdorida pora olganligi haqidagi ma’lumotni oldilar.

Gulnora haqida shu kungacha, diplomatik daxlsizliklar bekor qilingan davlatlar; Shvetsiya, Shvetsariya, Frantsiya, Latviyadagi pullarni yuvganligiga bog’liq bo’lgan jinoiy ishlari fosh qilindi. Gulnora Karimova atrofida o’tkazilgan tekshiruvlarga muvofiq, bu davlatlardagi uning bank xisobi va mulklari muzlatib qo’yildi. Shunday qilib Gulnoraga G’arbdagi na biror hamkori va na birorta sherigi yordam bermadi, xattoki o’zbek xalqidan o’g’irlab olgan pullari ham yordam bermadi.

Islom Karimovni 2013 yil oktyabr oyida Latviyaga qilgan safarining tafsilotlari haqida O’zbekiston axborot vositalari hech qanday xabar bermadilar. Karimov Latviya davlati orqali Yevropa Ittifoqi bilan bo’lgan aloqalarni tiklamoqchi bo’lyapti, lekin ehtimoli ko’proq bo’lgan narsa, Latviya hududida qiziga nisbatan boshlangan jinoiy tekshiruvlarni tekkislashdan iborat. Shunday qilib qizi Gulnorani qutqarib qolish yo’lidagi berkitilgan eshiklardan birini ochishga urinmoqchi bo’ldi.

Gulnora o’z qudrati va otasining qudratini bo’rttirib yuborishlik bilan xatoga yo’l qo’ydi. Natijada bolg’a bilan sandon o’rtasiga tushib qoldi. Karimov o’z qizining kelajakda o’nglanib ketishi va siyosiy shaxs sifatida o’z o’rniga o’rinbosar bo’lishligiga ishonib, uning imkoniyatlarida adashdi. Lekin maqsadga etishish uchun prezidentning qizi bo’lishni o’zi etarli emas ekan. Gulnoraning ochko’zligi va ta’magirligi uni ko’zini ko’r qildi, saltanatga ko’z tikib turgan raqiblarini ko’rolmay qoldi. Gulnora ularni o’ziga munosib raqib deb bilmadi, vaholanki ular o’z manfaatlari yo’lida hech narsadan qaytmas edilar.

Yuqoridagilardan Karimovni o’z qiziga ishonib yo’l qo’ygan xatosini va qizini o’ziga o’rinbosar bo’lishiga umid qilganligini ko’ramiz, vaholanki Gulnora na Yevropa va na qo’shni Rossiya tarafidan qabul qilinmadi, bundan tashqari Kremlni o’zi ham anchadan buyon Karimovga qarshi tish qayrab yuribdi. Karimov malaylaridan iborat bo’lgan itoatgo’y itlariga o’z hukmini o’tkazishdan ojiz bo’lib qoldi. Ba’zan it o’z egasiga ham hujum qilib turadi. Ayniqsa qonun, o’rmon qonunlari asosiga qurilgan bo’lsa, eng kuchligi yashab qoladi. Gulnora bu kurashda barcha imkoniyatlarini boy berdi. Uning uchun tvitter orqali ma’lumotlar jo’natishdan boshqa chora qolmadi. Savol: uni kim ximoya qiladi? Uni o’zi kimga keragi bor?

Ey O’zbekistondagi musulmonlar!

Shuni bilinglarki, jinoiy nizomning etakchisi tog’ut Karimovdir. U va uning malaylari o’z jinoyatlariga botib qolishgan, ular mamlakatdagi minglab musulmonlarning qatlidan javob berishlari kerak. Gulnorni mamlakatdan kim surib chiqaradi, qanday qilib, bularni bizga axamiyati yo’q. Karimov saltanatni o’z to’dasidan kimga meros qilib qoldiradi, bular ham biz uchun unchalik muhim emas. Ularning hammalari o’z jinoyatlariga ko’ra qattiq jazolanishga loyiqlar. Ulardan birortasi ham O’zbekistondagi musulmonlarni ustidan hokim bo’lishga loyiq emas.

Ey O’zbekistondagi musulmonlar!

Alloh Subxanahu va Taolo bizni yaratdi, bizga hayot berdi va uni o’zi qaytarib oladi. Bizning qanday yashashimiz va nima uchun yashashimizni o’zi yaxshi biladi. Alloh Subxanahu va Taolo rasuli Muhammad (sallalohu alayhi va sallam)ni Islom risolati bilan yubordi. U bizga qanday yashashimiz va Alloh Taoloning buyruqlariga qanday qilib amal qilishimizni bayon qilib berdi. Qutulishning yo’li Islomdir, adolat yolg’izgina Islomda bor.

Ey O’zbekistondagi musulmonlar!

Bir burda non topish uchun minglab yigit va qizlar o’z mamlakatlaridan uzoqlarga ketmoqdalar. Vaholanki Karimov, qizi va uning malaylariga o’xshagan qonxo’rlar xalqning mol mulkini talon taroj qilmoqdalar. Insonlarning hayotini zaxarga aylantirmoqdalar. Bu zulm va zo’ravonliklarga qachongacha sabr qilamiz!?

Zulmga sukut qilish etar endi, biz sukut qilishligimiz bilan ularning jinoyatlariga sherik bo’lyapmiz.

O’zgartirish zamoni kelmadimi!?

Fuqarolar, etimlar, bevalarning haqlariga rioya qilish zamoni kelmadimi!?

Qurbonlar va mazlumlar uchun o’ch olish zamoni kelmadimi!?

O’z azizligimizga qatish uchun musulmonlarning Xalifasini ximoyasi ostida bo’lishimiz uchun unga bay’at berish vaqti kelmadimi!?

Qurbonlar va mazlumlar uchun o’ch olish zamoni kelmadimi!?

Ey O’zbekistondagi musulmonlar!

Biz Hizb ut-Tahrirdagilar, bizlarni qo’llab-quvvatlashga chaqiramiz!

Xalifalik davlatida payg’ambarlik minhoji asosidagi islomiy hayotni qaytadan boshlashlik uchun faoliyat olib borish uchun bizlarga qo’shilinglar!

Bizning qo’limizda Robbimiz Subahanahu va Taoloning xuzuridan butun olam uchun rahmat bo’lib kelgan minhoj (dastur) bor. Bu minhoj hayotning barcha sohalari; shaxsiy, ijtimoiy va umumiy hayotga taalluqli bo’lgan barcha muammolarni eng to’g’ri echimini o’z ichiga oladi.

Biz bu minhojga ergashishlik bilangina tez orada g’alabaga erishamiz va avvalgi azizligimizga qaytamiz.

Alloh Taolo o’z kitobida aytdi:

وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُم فِي الأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا يَعْبُدُونَنِي لا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئًا وَمَن كَفَرَ بَعْدَ ذَلِكَ فَأُولَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ

﴾ “Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (iymon-e’tiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa-hukmron qilganidek, ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini Makkada ko’rgan) xavfu-xatarlaridan so’ng (Madinada) tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir”. [24: 55]

Eldor Xamzin

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limining a’zosi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.