Tojikiston kelishuvga muvofiq NATOga yordam beradi

0
585

Prezidentning matbuot xizmati xabar qilishicha, 22 noyabr kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon AQSh transport qo’shini qo’mondoni general Vilyam Freyzer bilan uchrashgan.

“Uchrashuvda xavfsizlik, harbiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda Tojikiston va AQSh hamkorligi masalalariga doir qizg’in suhbat bo’lib o’tdi”,- deyiladi xabarda.

Asosiy e’tibor 2014 yildan so’ng Afg’oniston va mintaqadagi vaziyatlar istiqboliga qaratildi.

NATOga a’zo davlatlar yuklarini Afg’onistondan Tojikiston hududi orqali olib o’tish masalasiga to’xtalgan Imomali Rahmon “Tojikiston hukumati NATO bilan erishilgan kelishuvga muvofiq bu masalada har tomonlama yordam ko’rsatishini” ta’kidlab o’tdi.

Amerika generali Tojikistonni geografik va strategik jihatdan Markaziy Osiyoda muhum o’rinda joylashganini eslatib, “AQSh bundan buyon ham mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan chegara qo’shinlari, harbiy tarkib, xavfsizlik organlari, bojxona va boshqa tuzilmalarni moddiy-texnik jihatdan ta’minlashda yordam ko’rsatishni davom ettirishini” alohida belgilab o’tdi.

Turkiston:

Tojikiston ham Afg’onistonga qo’shni boshqa davlatlar singari, AQSh ko’tarayotgan vahimalardan ta’sirlandi va u bilan ko’p shartnomalar imzoladi. Endi esa shu axdlariga majburlanadi. Oqibatda musulmonlar tomonidan qandaydir riaktsiyalar ro’y berishi extimoli, I Raxmonni bir necha yillardan buyon islomiy xarakatlarga, shaxslar va qadriyatlarga qarshi ochiq urush olib borishga majburladi. Bundan tashqari Rossiya bilan AQSh o’rtalaridagi manfa’atlar to’qnashuvi ham uni qiyin axvolda qoldirdi. Qizig’i shuncha xarakatlari, ichki yoki tashqi musulmon birodarlaridan xadikka tushib, ulardan kufr quvvatlari vositasida himoyalanish maqsadidan kelib chiqmoqda. Undan ham qiziqrog’i, shu xarakatlari musulmonlarni o’ziga qarshi pravokatsiya qilishi mumkin. Chunki shar’iy hukm, uning xarakatlaridan unga qarshi hujum olib borishga musulmonlarga ruxsat berishi yoki xatto majburlashi ham mumkin.

Izohlar yo'q