Askarlarning ishsiz yotishi hukumatning qilmishidir!

452
0

01

Hizbut Tahrirning Sudandagi matbuot bo’limi

Matbuot bayonoti

Ummi-Darmon radiosi o’tkazgan radiokonferentsiyada fuqarolik va ijtimoiy ta’minot vazirasi Mushoir Davlab xonim bunday dedi: «Vazirligimiz bilan Yoshlar milliy ittifoqi partiyasi o’rtasidagi hamkorlik hamda respublika etakchilari qo’llab-quvvatlab kelgan bir necha mexanizmlar va yoshlar barqarorligi loyihasi orqali ishsizlik muammosini hal etish borasida ko’plab yutuqlarga erishildi». Keyin bunday qo’shimcha qildi: «Ushbu yoshlar barqarorligi loyihasi ko’pgina taklif va fikrlarni taqdim etdi, shular orqali yoshlarimiz ish o’rinlariga ega bo’ldilar, bu kichik moliyalashtirish yoki davlatning bevosita ish o’rinlari yaratib berishi yoxud xususiy sektor bilan aloqa o’rnatish orqali amalga oshirildi».

Biz avvalo hukumatga quyidagi savolni bermoqchimiz: askarlarga ishsizlik holatini kim yaratdi?! Insoniy resurslarni rivojlantirish vazirligi chiqargan so’nggi hisobotga ko’ra, hukumat aholining 18,8 %i ishsiz ekanini tan olgan. Shubhasiz, askarlar ishsizligiga birdan-bir javobgar davlat. Chunki u hukmronlik siyosati bo’yicha yurdi va hamon yurmoqda (bu siyosatga ko’ra, biror kishini davlat vazifasiga olishda uning qobiliyati emas, hukmron partiyaga moyilligi e’tiborga olinadi). Prezident Umar Bashir 2012 yil 2 iyunda hukmronlik siyosati davri tugagani gapirib, davlat vazifalari jamiyatning barcha qatlamlariga muyassar bo’lishi uchun u hukmronlik siyosatidan ozod qilinganini e’lon qilgan edi. Uning bu gapi hukumat o’tgan yigirma yildan ziyod vaqt ichida hukmronlik siyosati bilan shug’ullanganini tan olganini anglatadi. Demak ishsizlikni paydo qilgan shu hukumatning o’zi. Bu quyidagi bir necha yo’llar bilan amalga oshiriladi:

1) Ishdan bo’shatish va haydash amaliyoti. Adashtirish maqsadida xalq manfaati, deya atalgan bu amaliyot hukmron partiyaga moyil bo’lmagan har bir shaxsga etib bordi. Bu davlat vazifalaridagi o’n minglab mulozimlar, mutaxassislar va yaxshi ish boshqaruvchilarni ishdan bo’shatish orqali amalga oshirildi.

2) Harbiy muassasani zaiflashtirishga urinishlar. Bu katta zobitlar va jang sohasini yaxshi egallagan harbiylarni nafaqaga chiqarish, so’ng harbiy o’quv yurtlariga, qo’mondonlik bilim yurtlariga qabul qilishni hukumat partiyasiga a’zolik va unga moyillikka cheklab qo’yish bilan amalga oshirildi.

3) Xalq manfaati, degan dastak bilan sudyalarni ishdan bo’shatish.

4) Iqtisodiy sektorga soliqlar solish orqali iqtisodiy siyosatni kapitalistik asosda olib borish. Bu esa zavod-fabrikalarning to’xtab qolishiga va qishloq xo’jaligining qisqartirilishiga olib keldi.

Bu va boshqa omillarning barchasi Sudandagi ishsizlik nisbatini orttirdi va ishga qabul qilish shartlari siyosiy, qabilachilik va etnik asosga aylanib qolgan davlat vazifalarining vayron bo’lishiga, son-sanoqsiz ishsiz askarlar vujudga kelishiga olib keldi. Bu o’z navbatida, xorijga ketib qolish yo yo’llarda ishsiz o’tirish yoki mutaxassisligidan boshqa sohada ishlash bilan yurtning iqtidorli shaxslarga boy iqtisodiyotini yo’q qildi, davlat vazifasiga qobiliyat va iqtidorga qarab emas, balki rejimga moyillikka qarab ishga olinadigan bo’ldi.

Endi, Mushoir Davlab xonim aytgan kichik moliyalashtirishga kelsak, bu baloga balo qo’shayotgan va barakani yo’q qilayotgan sudxo’rlik kreditlaridan o’zga narsa emas.

Alloh Taolo aytadi:

«Alloh sudxo’rlikni yo’q qiladi» [Baqara 276]

Kapitalistik asosga qurilgan bu rejim ishsizlik muammosiga echim topa olmasligi, aksincha, uni keltirib chiqarayotgani allaqachon ma’lum bo’lgan.

Shuning uchun to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik davlatida, g’amxo’rlik va kifoya davlatida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritadigan nizomni paydo qilish uchun qattiq faoliyat qilmoq lozim. Zero, ushbu davlatning iqtisodiy siyosati Allohning Kitobi va Rosulining Sunnatiga asoslanadi, u biror hizb yoki jamoaga – boshqasini qoldirib – imkoniyat yaratib bermaydi. Chunki Xalifalik davlatida shaxslar, modomiki fuqarolikka ega ekanlar, bir-birlaridan ajratilmay, Islom ahkomlariga muvofiq hamma teng bo’ladi. Islom ahkomlarini o’rganib chiqishdan shu narsa ayon bo’ladiki, ular barcha insonlarga yurt boyliklaridan foydalanish imkonini yaratib beradi. Hatto Xalifalik davlati hammaning yaxshi yashashiga etarli ish bilan ta’minlanishiga aralashadi. Masalan, Rosululloh A emish uchun o’tin kesish bilan shug’ullansin deb bir kishiga aqron bilan bolta berganlar. Shuning uchun ham Hizbut Tahrir odamlarni kapitalizm zulmidan Islom adolatiga olib chiqish uchun o’z amiri ulug’ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta etakchiligida Islomiy hayotni qayta boshlash yo’lida faoliyat olib bormoqda.

Ibrohim Usmon (Abu Xalil)

Hizbut Tahrirning Sudan

viloyatidagi rasmiy notig’i

Telefon: 0912377707 – 0912240143

Elektron pochta: spokman_sd@dbzmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.