Oq uy «Musulmon birodarlar» etakchisi xibsga olinishini qoralamoqda.

0
555

Seshanba kuni Oq uy vakili Djoshua Ernst Misr hukumatining «Musulmon birodarlar» ruhoniy etakchisi Muhammad Badiani xibsga olish haqidagi qaroriga salbiy munosabat bildirdi.

“Misr muvaqqat hukumatining oxirgi harakatlari uning siyosiy jarayonini olib borishdagi majburiyatlari sirasiga mos kelmaydi. Bu choralar siyosiy vaziyatdan daxlsiz sud sistemasi g’oyalariga ziddir”, – belgiladi u.

«Musulmon birodarlar» harakatining ruhoniy etakchisi Muhammad Badia qotillikka targ’ib qilishlik aybi bilan 15 sutkaga qamoqqa olingan edi. Unga iyun oyining oxirida harakatning Qohiradagi qarorgohi yonida o’tkazilgan norozilik namoishi qatnashchilarini qirg’in qilish aybi yuklatilgan. Badia ustidan sud jarayonining boshlanishi yakshanba kuniga belgilangan.

Qo’shma Shtatlar Misrga nisbatan siyosatida «Musulmon birodarlarga» tikib barcha ittifoqdoshlarini yo’qotib olgan edi, shuning uchun ham u «birodarlarga» oxirigacha mahkam yopishmoqda.

Izohlar yo'q