DPS xodimi millatlararo nizoga sababchi bo’lishiga oz qoldi.

0
491


Qirg’izistonning O’sh oblasti O’zgan shaxrida 2013 yilning 17 iyul kuni tahminan soat 17.00 da «Qayrog’och» bo’limida O’zan rayoni ichki ishlar bo’limining yo’l nazort xizmati (DPS) xodimi «Xunday-Avante» avtomashinasi to’xtatib, uning xaydovchisini yo’l qoidasini buzganlikda ayblagan.

Voqeaga O’zgan shaxri turg’ini, 29 yoshli Komiljon Abdullajonov aralashib, DPS xodimidan dalolatnoma yozishlikka shoshmasligini, avval xaydovchi yo’l qoidasini buzganligini dalillab berishligini talab qilgan. Voqea bo’lgan erga odamlar to’planib ketganini ko’rgan hamda yo’l qoidasi buzulganligini isbotlab berolmagan militsioner O’zgan rayoni ichki ishlar bo’limidan tezkor guruhini chaqirgan. Yetib kelgan guruh K. Abdullajonovni militsiya bo’limiga olib ketgan.

Soat 19.30 chamasi rayon ichki ishlar bo’limi binosi oldida o’zbek millatiga mansub mahalliy xalq yig’ila boshlagan. Ular qo’lga olingan K. Abdullajonovni ozod qilinishini talab qilishgan.

Tahminan soat 23.00da O’zgan shaxrining Manas ko’chasida ichki ishlar bo’limi binosi oldidagi harakatlardan norozi qirg’iz millatidagi yoshlar yig’ila boshlagan.

Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan jamoiy tartibsizliklarni hamda millatlararo nizo chiqib ketishini oldini olish maqsadida voqea sodir bo’lgan erga shoshilinch ravishda O’sh oblasti ichki ishlar boshqarmasidan kuchaytirilgan militsiya guruhi etib kelgan.

O’sh oblasti ichki ishlar boshqarmasi hamda O’zgan rayon ichki ishlar bo’limi rahbariyatlarining tushuntirish ishlarini olib borishdagi say-harakatlari natijasida yig’ilganlar tinchlanishgan va tarqab ketishgan.

O’zgan shaxar turg’inlari Abdullajonov Komiljon va Fayzullaev Bahromjon xibsga olingan va O’zgan rayon ichki ishlar bo’limining vaqtinchali ushlab turish izolyatoriga qamab qo’yilgan.

Yuz bergan majoro sharoitlarini aniqlash bo’yicha ish olib borilmoqda.

Shu kunlarda Qirg’izistonda DPS xodimlarining yo’l harakati qoidalari bilimlarini imtixon qilish tadbiri o’tmoqda. Ko’pchilik DPS xodimlari imtixondan o’tolmay, moyli kasbidan mahrum bo’lishmoqda.

Izohlar yo'q