Yangi pasport olish uchun ro’molni echish shart

701
0

01

Ma’lumki O’zbekistonda pasport almashtirish jarayoni davom etmoqda. Fuqarolar eski pasportlarini yangi biometrik pasportga almashtirish uchun pasport stolga borishmoqda. Biometrik pasport olish uchun kelgan ro’mol o’rgan muslima aëllar maxsus suhbatdan o’tkazilib, ro’molni butunlay echish shart qilib qo’yilmoqda.

Pasport stolda hijobli ayollar boshqalardan ayricha shaklda maxsus tartib asosida qabul qilinib, ro’mol o’rab yurishi xos hujjatlarda qayd etilmoqda. Ba’zi hijobli ayollar ro’molini echib kirsa ham ularning ro’yxatida avvaldan borligi ma’lum bo’lgan. Yangi pasporti tayyor bo’lgan har bir ro’molli ayol birma-bir MXX xodimi suhbatidan o’tishi shart. Ba’zilarning aytishicha, MXX xodimi savol-javob paytida ularga nisbatan juda qattiq qo’pol tarzda tahdidlar bilan muomala qilgan. Pasport stolga ro’mol o’rab kelgan ayollarni savol-javob xonasidan ro’molini echintirib chiqarishyapti. Orqadan o’rab yurishga ham ruxsat berilmayapti. Rumolini echmaganlarni jinoiy javobgarlikka tortish, qamoqqa olish bilan tahdid qilinmoqda.

Pasporti tayyor bo’lgan muslimalarga pasport stoli xodimlari “pasportni oldim”, deb qo’l qo’ydirib olib, pasportni berishmayapti. Balki boshqa kun savol-javob qilinib, keyin pasportni qo’lga olishlarini aytishmoqda. Muslima ayollar belgilangan kunda kelishib savol-javob qilingandan keyin ham pasport berilmapti. Ularning aytishicha, bu ayollar ikki oy davomida kuzatuvda bo’larkan. Ular shu ikki oy davomida ro’molsiz yurishi shart. Kuzatuv davrida ro’molda ko’lga tushgan ayolga qattiq choralar ko’rilishi aytilgan. Pasport olish uchun kelganlar jarayonni yozib olmasligi yoki suratga olmasligi uchun mobil telefonlar yig’ib olinmoqda.

O’zbekistonda bir necha yillardan beri xotin-qizlarni hijob va ro’moldan chiqarish kampaniyasi ketmoqda. Oliy o’quv yurtlarida, maktablarda, ishxonalarda rumol o’rashning ta’qiqlanishi, nafaqa pullarini olish uchun kelganlarga rumollarini echish shart qilib qo’yilishi, shuningdek, muqaddas ramazon oyining ilk kunida Toshkent bozorlarida savdo qilib kelgan ro’molli aëllarga ro’molini echish talabi qo’yilgani, xullas bu kabi qator misollarni keltirish mumkin. Bu talabini bajarmagan aëllarga nisbatan ish va o’qishdan haydalishdan tortib to nafaqa pullaridan mosuvo bo’lish va sud orqali jarimaga tortilish kabi turli jazo choralari qo’llanilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.