Misr harbiylarini kim boshqarmoqda

0
510

3 iyul kuni Misrda yuzaga kelgan davlat to’ntarishidan so’ng o’lkaning haqiqiy sohibi harbiy generallar emas, balki AQShning Qohiradagi elchisi Anna Patterson degan da’volar o’rtaga chiqmoqda. Bu da’volarda davlat to’ntarishini amalga oshirgan harbiylar AQSh elchisi bilan maslahatlashmay bir qadam ham tashlamasligi ilgari surilgan. Davlat to’ntarishdan bir hafta burun Misr qurolli kuchlari rahbari general Abdul Fattoh al-Sisiyning Misr prezidenti Muhammad Mursiyga qo’ygan ultimatum ham Patterson tarafidan ekanligi fosh etilgani aytilmoqda.

O’rta sharq axborot agentliklari tarqatgan xabarlarga ko’ra, barcha siyosiy qarorlar AQSh elchisi Anna Pattersonning birma-bir nazoratidan o’tadi. Diqqat bilan tekshirilganligi va izohlarga tayanganligi da’vo qilinayotgan bu xabarlarda davlat to’ntarishini amalga oshirgan Misr qurolli kuchlari rahbari general Abdul Fattoh al-Sisiy har qadam tashlashda avval AQSh elchisining tavsiyalarini ko’zdan kechirishi urg’ulanadi.

Darhaqiqat 30 iyunda boshlangan namoyishlardan bir hafta burun, ya’ni 23 iyunda general Abdul Fattoh al-Sisiyning Prezident Mursiyga borib, ultimatum qo’ygani va mansabdan ketishni talab qilgani o’rtaga chiqqan edi.

Musulmon birodarlarning qonuniy bir vakili General Al-Sisiyning 23 iyunda Mursiy bilan ko’rishganligi bildirar ekan, harbiylarning bu tashabbusini bir hafta avval g’arb elchiligidan o’rganganligini va bu elchilarning orasida AQShning Qohiradagi elchisi Anna Patterson ham bo’lganligini aytgan.

Izohlar yo'q