Jogorku Kengesh tranzit markazini chiqarib yuborishni ma’qulladi

0
458

Qirg’iziston Jogorku Kengeshi tranzit markazini chiqarib yuborish masalasini yopiq turda ko’rib chiqish bilan davlat taklifini amalga oshirdi.

Davlat bazani chiqarib yuborish bo’yicha qonun loyihasini 21 may kuni parlamentga topshirgan edi. Shundan buyon fraktsiyalar va qumitalar bu masalani ko’rib chiqib hukumat taklifini ma’qulladi.

Tranzit markazini Manas aviabazasidan chiqarib yuborish bo’yicha qonun loyihasini ko’rib chiqqan Jogorku Kengesh yig’inida tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev deputatlarga yig’inni yopiq turda o’tkazini taklif qildi. Natijada Jogorku Kengesh masalani yopiq turda ko’rib chiqdi.

Abduraxmonovning parlament zalidan bildirishicha, Qirg’iziston bosh vaziri Jonto’ra Sotibaldiev vatashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev Tranzit markazini chiqarib yuborish bo’yicha qonun loyihasini ma’qulllashni so’ragan, bu taklif koalitsiya tarkibiga kirgan ko’pchilik fraktsiyalar tarafidan ma’qullandi.

Abduraxmonovning aytishicha, bazani chiqarib yuborish bo’yicha echim shoshilinch turda va Moskvaning manfaatidan kelib chiqib qabul qilinmoqda. Bundan Qirg’iziston iqtisodiyoti jiddiy zarar ko’radi. Iqtisodiy zarar miqdori 200 mln. dollarga etishi aytilmoqda. Ma’lumki AQSh Manas aviabazasining faqat ijarasi uchun davlat byudjetiga 60 mln. dollar to’kadi.

Bundan tashqari,mutaxassilarning bildirishicha, soliq, qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish va fuqarolarni ish bilan ta’minlash kabi boshqa kirimlar natijasida Qirg’izistonning cho’ntagiga yana 140 mln. dollar tushib turadi – dedi Abduraxmonov.

Jogorku Keңeshning reglamentiga ko’ra, ovoz berish payshanba kuni bo’lib o’tadi. Shuningdek, payshanba kuni tranzit markazi bo’yicha kelishuvni bekor qilish haqida qonun loyihasiga ham ovoz beriladi.

Izohlar yo'q