AQSh Manasdan kelasi yilning iyul oyigacha chiqib ketishi kerak.

308
0

00

Qirg’iziston parlamenti deputatlari 20 iyun kuni ko’pchilik ovoz bilan Manas aeroportida joylashgan AQSh bazasi bo’yicha shartnomaning to’xtatilishi haqidagi qonun loihasini ma’qulladilar. Bu haqda mamlakat qonunchilik organi apparatidagilar ma’lum qilishdi.

120 deputatlik parlamentda aviabazani chiqarib yuborishlik uchun 91 ovoz berilgan, 5 deputat qarshi chiqqan. Qabul qilingan hujjat, ba’zi qilinishi kerak bo’lgan ishlardan so’ng mamlakat prezidenti Almazbek Atambaevga imzolanish uchun kiritiladi. Mamlakat rahbari tomonidan imzolangan kundan boshlab qonun rasman quvvatga kirgan xisoblanadi. Horij harbiylari Manas aeroportini kelasi yilning iyul oyigacha tark etishlari kerak. Xozircha quvvatga ega qirg’iz-amerika hukumatlararo shartnomaga binoan, rasmiy Bishkek bazani yopishlik qarori haqida belgilangan tartibda Vashingtonni shartnoma muxlati tugashidan 180 kundan kech bo’lmagan vaqtda ogoxlandirishi shart.

Manas aeroportidan harbiylarni chiqarish haqidagi qonun loihasining tashabbusini Qirg’iziston hukumati ilgari surgan. O’z qarorini u 2014 yili Afg’onistondan koalitsiyaning asosiy kuchlarini olib chiqish nihoyasiga etgach, bu harbiy inshoatga talab yo’qolishligi bilan asoslagan.

Qirg’izistonning xozirgi rahbari Almazbek Atambaev aviabazani yopish haqidagi o’z niyatini bir necha marotaba bayon qilgan. Uning fikricha, grajdanlar aeroportida harbiylarning bo’lishi mumkin emas. Aviabaza o’rniga mamlakat rahbari transportga texnik xizmat ko’rsatish yirik markazi barpo etishni taklif qilmoqda. Bu loihani tatbiq qilishda ishtirok etishlikka Qirg’iziston tarafi bir qator sherik mamlakatlarni, shu jumladan Rossiya va Xitoyni ham chaqirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.