Turkiyadagi vaziyatga qisqacha taxlil.

0
475

Turkiston:

Turkiya bir necha o’n yillar mobaynida, YeIga a’zo bo’lish ilinjida G’arbga ipsiz bog’lanib keladi. Shu yillar mobaynida ilmoniylik bayrog’i ostida va Yevropaning cheksiz talablarini bajarish uchun juda ko’p qonunlar ishlab chiqildi. Bu qonunlar ta’siri ostida bir qancha avlod shakllandi, ba’zi bir guruxlar paydo bo’ldi. Tabiiyki shu avloddan tuzilgan guruxlar, ma’lum darajada yurt ichidagi ra’yi ommni (xalq odatlanib qolgan aloqalarni) o’z dunyo qarashlariga muvofiq shakllantirishga xarakat qilishdi. Chunki ular shu jamiyatdagi etakchi fikrning ilmoniylikka asoslanishidan xar tomonlama manfaatdor edilar.

Albatta ular ma’lum darajada muvaffaqqiyatga erishishdi. Lekin g’alabaga erishganlari yo’q. Buni biz xokimiyatga kelayotgan etakchi guruxning barchasi, Islomni niqob qilishga majbur bo’lishayotganidan anglab olamiz.

Erdigon esa,xalqaro siyosatda Turkiyaning mavqeyini isroil darajasiga olib kelishga qaror qildi. U AQSh bilan yashirin xamkorlik asosida ish olib borib, ilgarigi Turkiyadagi Angliyaparast genirallar ta’sirini deyarli sindira oldi. Lekin ilmoniylikni emas. Vaziyat taqazosi bilan unga mamlakatda Islom ta’sirini kuchaytirish buyurildi. Erdigonning Islom olamidagi ta’sir quvvatini kuchaytirish maqsadida, demokratiyaning asosi bo’lgan murosasozlikdagi Islomning o’ta zaif mavqeyini biroz ko’tarishi lozim edi.

Lekin AQShning bu loixasi YeIga, xossatan Angliyaning xalqaro siyosatiga yoqmadi. Chunki bu loixa, ularning bir necha o’n yillar mobaynida shakllantirib kelayotgan ilmoniy qadryatlarini ma’lum miqdorda yo’qotishga va shuning bilan birga o’rnini islomiy qadriyatlar bilan to’lg’azilishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu loixa amalga oshsa, Islom olamining ma’lum darajadagi tizgini Erdigon vositasida AQSh ta’siri ostida qolib ketadi.

Turkiyadagi namoishlarga kelsak. Ular ko’proq tashqi omillarga bog’liq. Beqarorlikka intilayotganlar, avvaldan Turkiyani mafkuraviy mustamlaka qilib kelayotgan quvvatlar bo’lsa, Erdagon tarafdorlari Turkiyaning siyosiy xozirdagi mustamlakachilari.

Ular kurashda biz musulmonlarning dunyoqarashlarimizdagi ziddiyatlardan foydalanib, bir birlarimizga qarshi qo’yishadi. Bu kurash xozirda Misr, Livan, Tunis va Suriya kabi davlatlarda ochiq davom etayotganidek uzoq davom etadi. Chunki bu mafkuraviy kurash bo’lib, kufr musulmonlarni xuddi shaxmat toshlaridek bir birlariga qarshi surishda davom etadi.

Bu musulmonlarga “ Xizbut taxrir” ning ummatni mafkuraviy kurashga tayorlash, Islomni xayotga qaytarishning asosi va yagona tariqati degan chaqiriqlari naqadar xaqiqat ekanligiga yana bir marotaba dalolat qiladi. Payg’ambarimizning yagona tariqatidan boshqa yo’llarni tanlagan ummat, yuqoridagi kabi tentirashda davom etaveradi.

Shuning uchun, bu kabi kufr ustidagi guruxlarning birortasiga qo’shilishdan, Payg’ambarimiz SAV tomonlaridan qaytarilganmiz. Balki xaq ustida maxkam turib nusratni kutib olish musulmonning vazifasi xisoblanadi. Bu dunyoning xar burchagidagi musulmonning pozitsiyasi. Voke’da kufrga oz bo’lsada aralashgan islomiy xarakatlarning barchasi xalokatga uchrayotganiga guvox bo’lib kelayabmiz.

Abu Ali:

Izohlar yo'q