Nihoyatbir yildan so’ngesga oldi BMT tashkiloti

353
0

00

BMT tashkiloti Birmaning Raxin shtatida buddaviy ekstrimistlarning ayovsiz hujumidan biryil o’tib, nihoyat mumulmonlarni esga oldi. BMTning Qochqinlar masalalari bo’yicha oliy komissarligi bu o’lkada 140 ming kishi qochqinlikda kun kechirayotganligini e’lon qildi.Ammo u erdagi qirg’inlar va ommaviy ravishda tiriklayin yoqib yuborishlar uchun buddistlarni dastaklab turgan hokimiyatga nisbatan biror fikr bildirmadi. O’shanda musulmonlarga qarshi politsichilar, armiya kuchlari, hatto buddistlarning ruhoniy xudojo’ylari ham bu jinoyatlarga sherik bo’lgan edi.

IRNA axborot agentligining xabariga ko’ra, BMTning Qochqinlar masalalari bo’yicha oliy komissarligi bu boradagi xabarni e’lon qilib, Birma hukumatidan qochqinlarning o’z uylariga qaytishlari uchun sharoitni muhayyo qilishni istadi.

Qochqinlar masalalari bo’yicha oliy komissarligi BMTning Birmada vlatiga bu masalada yordam berishga tayyorligini ta’kidladi va xavfsizlik cheklovlari va bosimlari sababli Raxin shtatining ko’plab aholisi o’z uylarini tarketishga majbur bo’lganligini aytdi.

Raxinshtatidagi musulmonlar o’tgan bir yilda buddaviy ekstrimistlar va armiya kuchlarining ayovsiz hujumining guvohi bo’ldi.

Bu haqida turk jurnalisti Pirmuhammad Xolmuhammad kuyinib shunday deb yozgan edi:

“Saudiya rahbariyati neft quvurlarini yopib qo’yib BMTni favqulodda qurultoyga to’play olmaydimi? Eron ikki lofning brida Farbga qarshi arslonday tashlanishi o’rniga bu mavzuni kun tartibga olib chiqsa bo’lmaydimi? Yoxud biz Turkiya o’laroq dunyoni titrata olmaymizmi?

Ko’p narsa qo’limizdan keladi, ammo negadir hech nima qilinmaydi, qandaydir maxfiy qo’l bizni tutib turadi, “jim bo’l!” deb…

Insoniyatga qarshi jinoyat” sodir etayaptilar buddistlar! – Biz jimmiz!

Dinga, islom diniga qarshi ochiqdan-ochiq urush e’lon qildilar – biz gumrohmiz!

Genotsid qilishyapti – bizlardan yana sas-sado chiqmayapti! Mute bo’lib turayapmiz qator-qator, putlar kabi..

Hukumatlardan naf chiqmasa balki xalqlardan chiqar? Boshimizga balo tushgandagina uyg’onamizmi?

Bu insonlar bizning “yaqinimiz” emasmi? Yoxud bizlar ulardan shuncha ham “uzoq”mizmi?

Bu insonlarning muslumon ekanini qo’yaturing, hatto hayvonga ham bu vahshiylik ravo ko’rilmas ediku!!”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.