2013 yilning 10 fevralida, dushanba kuni, Moskvada MVDning yillik yig’ini bo’lib o’tdi. Yig’inda prezident Putin nutq so’zlab, politsiya hodimlarini ekstremizm bilan kurashishga qattiq bel bog’lashga chaqirdi. U o’z nutqida, ekstremizm bizning yurtimiz birligiga qattiq tahdid solmoqda, deya ogohlantirdi va har qanday ekstremizmga aloqador bo’lgan amallarni oldini olish va keskin ravishda yo’qotishga chaqirdi.
Bundan ko’rinib turibdiki, Putin nimadandir havotirda. Shuning uchun u davlatning ichkarisini mustahkamlashga qattiq e’tibor bermoqda. Hechkimga sir emaski, Rossiyada har-xil toifalik xalqlar yashaydi hamda qandaydir ma’lum miqdorda Putinni qo’rqitishi mumkin bo’lgan kuchlar ham bor. Bulardan biri hozirgi Rossiyaning muxolifati bo’lib, ularningG’arb, ya’ni Amerika tomonidan boshqarilayotgani Putinni juda havotirga solgan. Chunki Rossiya uchun Amerikada kelajakda amalga oshirishi shart bo’lgan bir reja bor, u ham bo’lsa Rossiyani kichik bo’laklarga bo’lishdir.
Bu rejadan xabari bo’lgan Putin e’tiborini ichki havfsizlikni mustahkamlashga kirishgani tabiiy hol. Ammo bu tutgan yo’lida o’ziga katta havf bo’lib, g’arbning ana shu rejanisi tezroq amalga oshib qolishi mumkinlikgi ehtimoli bor. Negaki Rossiyaning nozik tomonlaridan biri bo’lmish “Kavkaz” masalasi mavjud. Putin musulmonlarga nisbatan o’zining tutgan pozitsiyasi bilan musulmonlarning nafratiga ega bo’lmoqda. Bu esa “Kavkaz” masalasini hamda,aholisining ko’pchiligini musulmonlar tashkil qilgan boshqa erlarda, jumladan Tatariston va Boshkirtiston taraflarda ham holatni avj oldirishga sabab bo’ladi.
Putinning, ekstrimizmga qarshi kurash, degan so’zini shunday tushunish kerak, ya’ni qaysiyki islomiy xarakatlar ko’rinsa uni yo’qotishimiz lozim deganidir. Shu o’rinda eslatib o’tmoqchiman, Rossiya musulmonlarning qaysi harakatga ta’luqliligidan qat’iy nazar, kimki biron bir islomiy xarakat bilan shug’ullansa uni yo’q qilish payiga tushgan va bunijismoniy kurashni to’xtatmagan holda olib bormoqda. Bunga misol qilib Moskvadagi, Dog’istondagi odam o’g’irlashlar va bu odamlarning nom nishonsiz yo’q bo’lib ketishi hamda Tataristondagi ko’plab qamoqqa olishlarni keltirish mumkin. Bundan tashqari, Rossiya o’zining jirkanch siyosati bilan Suriyada bo’layotgan ishlarda uning qo’li borligini namoyon qilganini vabutun dunyo musulmonlari ko’z o’ngida daxshatli dushmanga aylanganligini ham yodda tutish lozim.
Bu ishlar Amerika uchun ayni muddao ish bo’lib, kelajakda uning Rossiyani bo’lish rejasini tezlashtiradi. Chunki mintaqada holat juda keskinlashib bormoqda. Putin esa to’g’irlab bo’lmaydigan bir necha siyosiy katta hatolarga yo’l qo’yib bo’ldi. Agar Amerika Ovropadagi gaz muammosini echsa (bunga harakat boshlangan) Rossiyaga juda katta iqtisodiy zarar etkazgan bo’ladi. Chunki bugungi kunda Rossiyaning taqriban 60 foiz kirimi gaz va neft orqali olinadi. Hamda Rossiyaning bugungi kudagi og’ir sanoati rivojlanmagan bo’lib, bu uninginvestorlarga muhtoj davlatga aylanib qolganligini ko’rsatadi. Investorlar esa g’arbga qarashli bo’lib,Putin hohlasa ham, hohlamasa ham Rossiyaning siyosatiga o’zining ta’sirini o’tkazadi. Bugungi kunda Rossiyaning dunyo bozorida raqobatga bardosh bera oladiganmaxsulotlari qolmaganligi hamda u o’z ta’sirini yo’qotib borayotganligi aniq. Bulardan mulohaza shuki Rossiya o’zining Islom bilan bo’lgan kurashida o’ziga go’r qaziydi va boshini eydi!
Islom abu Xalil 2013 yil 13-fevral