Hizbut Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi

0
446

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular fosiqlardir»

Matbuot bayonoti

Qozondagi Alloh baytiga qilingan hujum

2013 yil 16 yanvarda politsiya kuchlari Qozondagi «Ixlos» masjidini qurshab oldi. Ichki ishlar vazirligining maxsus qurollar bilan va bir necha avtobus va texnikalar bilan qurollangan katta sondagi kuchlari ertalab soat ettidan boshlab bu masjidni va uning atrofini qurshab oldi va o’n musulmonni politsiya buyruqlariga itoat etmadi degan bahona bilan qamoqqa oldi.

Hukumat bu masjidni va uning atrofini ta’mirlash amaliyoti chog’ida erlar va mulklar vazirligi bilan tuzilgan ijara bitimiga xilof degan bahona bilan bu masjidni yopib qo’ydi. Holbuki bu bitim muddati 2014 yilga qadar uzaytirilgan edi, ular «bu bitimga xilof» deb da’vo qilishgan narsa esa 8 yil oldin allaqachon rasmiylashtirilgan va ana shu vaqtdan buyon bu to’g’rida indamay kelinayotgan edi.

Hukumat bu masjidga, uning imomlari va shayxlariga qarshi keng ko’lamli axborot kampaniyasini uyushtirdi. Bu esa bu masjidning yopib qo’yilishiga shu masjiddagi imomlar va shayxlarning qat’iy pozitsiyani egallaganlari sabab bo’lganini ko’rsatib turibdi. Chunki o’tgan ikki yil davomida bu imomlarning sa’y-harakatlari asosan Rosululloh Aning Sunnatini hayotga qaytarish va islomiy qiymatlarni jamiyatda jonlantirish bo’lgan edi. Hukumatning qabih rejalariga va Islomdan qo’rqitishiga qaramay

«Ixlos» masjidi o’zining Ummatni o’z dini haqiqati va g’oyalari bilan ongli ravishda tanishtirishdan iborat maqsadida mustahkam turib keldi. «Ixlos» masjidi hukumat taklif qilgan fatvolar berish siyosatini ham qat’iyan rad etdi, bu siyosat imomlar salohiyatlarga va alohida nufuzga ega bo’lishlari evaziga Islomni buzib ko’rsatishlari mazmunidan iborat edi. Bundan tashqari bu masjid shayxlari va namozxonlari 2012 yil yozdagi qamoqqa olishlar kampaniyasi doirasida qamoqqa olingan musulmonlarni himoya ham qilgan edilar. Qamoqqa olishlar kampaniyasi chog’ida 600 musulmon tintuv qilingan, qamoqqa tashlanib qiynoqqa solingan edi. Ularni himoya qilish kampaniyalari chog’ida hokimlarning haqiqiy basharasi va fitnaga tilbiriktirishgani ochib tashlandi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki «Ixlos» masjidi Islomga da’vat qilishda va Islom shariatini hech bir kamaytirmay yoki hech bir shart qo’yilmay to’liq tatbiq etishga chaqirishda sobit turdi. Zero masjid quruq to’rt tomondan devor bilan o’ralgan va mezanadan iborat narsa emas. Aksincha u pok Islomni taratadigan nur sochuvchi minoradir. Bu masjidga qarshi mana shu barcha dushmanlik choralari ortida turgan haqiqiy sabab shudir.

Islomning pok fikrlarini va Allohning Alloh Kitobida va ulug’ Rosuli Sunnatida saqlangan hukmlarini o’chirib tashlash yoki bekorga chiqarish aslo mumkin emas. Binobarin haqni baralla aytish davom etaveradi.

Tamim ad-Doriy Rosululloh Adan shunday deganini rivoyat qildi:

 

«Din nasihatdir, dedilar Payg’ambar . Kim uchun? – deb so’radik. Alloh, Kitobi, Rosuli, musulmonlar boshliqlari va ommasi uchun, dedilar». (Bu hadisni Muslim rivoyat qildi).

Hizbut Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi

Izohlar yo'q