Bir gektar erdan fermer o’rtacha 3 tonna paxta oladi. Bu paxtani u davlatga o’rta hisobda tonnasiga 800-840 ming so’mdan jami 2,4 mln. so’mga (857 AQSh dollariga) sotadi.
Ayni paytda fermerning bir gektarga sarflagan xarajati quyidagicha:
Yer ag’darish – 100 ming so’m.
Yerni texnik ekishga tayyorlash 200 ming so’m.
Kultivator bilan o’n marta erga ishlov berish 400 ming so’m.
500 kg ammiak selitrasi 300 ming so’m.
Mahalliy o’g’it olib chiqish 50 ming so’m.
Biolaboratoriya 50 ming so’m.
Paxta terimigacha pensiya fondi va daromad solig’ini hisobga olgan holda ishchilarga beriladigan jami oylik – buning ichiga begona o’tdan tozalash, chekanka, yagana, defolyatsiya va boshqalar kiradi – 2 mln. 500 ming so’m.
Bir gektardan chiqadigan 3 tonna paxtani terish uchun:
Terimchiga 600 ming so’m
Har bir tonnaga 25 % pensiya fondi solig’ini qo’shamiz – 150 ming so’m.
Tag’in transport xarajati, paxta punkti lobarantiga pora, terimdan tashqari terimchilarga qilinadigan xarajat (kimlarnidir ovqatlantirish, tarozi, fartuk va hokazolarga) – 150 ming so’m.
Xullas 3 tonna hosilni yig’ib olish uchun 900 ming so’m xarajat.
Bundan tashqari, texnika xarajati – traktor ta’miri, kultivator, seyalka, chekanka, defoliator, telejka va hokazo, kamida 200 ming so’m.
1,6 foiz pensiya jamg’armasiga, 1,4 foiz yo’l jamg’armasiga, 0,5 foiz – maktab fondiga, jami 3,5 foiz soliq. Xullas soliq uchun 2,4 mln. so’m daromaddan – 100 ming so’m.
Yer solig’i o’rtacha 1 gektarga – 500 ming so’m.
Turli boshqa harajatlar – 100 so’m.
Jami chiqim 5,4 mln. so’mni tashkil etadi.
Kirim esa yuqorida aytilgandek 2,4 mln so’mni tashkil etadi.