Xafta mobaynidagi siyosiy voqealarga islomiy ko’zqarash.

0
505

Misr:

Misdagi yana qaytadan davom etayotgan xalq to’palonlari, aslida kutilayotgan va davom etishi xam kutilayotgan voqealar turkumidandir. Chunki Misr xalqi, Muborakning rejimiga qarshi xarakatlanib, boshqaruv sistemasini o’zgartirish xaqida fikirlay olmadi. Negaki Misr siyosiy doirasi va diniy arboblari birgalikda, Muborakni rejimidan norozi bo’lishsada, demokratiyaga asoslangan boshqaruv sistemasidan boshqa Islomiy boshqaruv sistemasini xayotga qaytarish xaqidagi tasavvurlari yo’q edi.

Shuning uchun ular, Amerikadan voz kechib Suriyadagi kabi islomiy pozitsiyani tanlashdan qo’rqishdi. Xa ular OLLOXdan qo’rqib, unga tavakkal qilishdan bosh tortishdi. Natijada, shu etakchi gurux, xalq unga ishonib topshirgan saltanatga xiyonat qilishga majbur bo’lib, revolyutsiyadan kutilgan maqsadlarning deyarli barchasini puchga chiqarishdi. Shuncha qurbonlar berib, oqibatida faqat Muboraknigina taxtidan ketishiga erishgan xalq esa, o’zi nimani xoxlayotganini xam xozircha tiniq bilmay turibdi. Lekin xozirgi Mursiy davom ettirayotgan boshqaruvni xoxlamayotganini aniq biladi.

Bu tabiiy jarayonni qancha davom etishi bizga noma’lum, lekin mintaqadagi G’arbparast kuchlar bilan “Xizbut taxrir” islomiy siyosiy partiyasi o’rtalaridagi fikriy etakchilikni talashib olib borilayotgan kurash, Islom g’alabasi bilan yakun topishi aniq. Bu degani Xizbut taxrirning tabanniy qilgan ijtixodiy boshqaruv programmasi, G’arbning mavjud boshqaruv sistemasi ustidan g’alaba qilishi muqarrarligidan dalolat.

Bu “ot aylanib qozig’ini topadi” degan xalq maqolini eslatadi. Shuning uchun bu kabi to’palonlar etakchi guruxlar tomonidan tez tez va xar xil maqsadlarda uyushtirilaveradi, toki ular va xalq islomiy fikriy etakchilik asosida, to’la shakllanib bo’lgunlariga qadar. Negaki insonni tushuncha ya’ni aqli boshqaradi, musulmonlarni chalg’igan tushunchalarini tozalab, o’rnini Islomiy tushunchalar bilan to’ldirish, ayni Xizbut taxrirning Islomni xayotgan qaytarish uchun olib boradigan davat programmasining asosidir.

Suriya:

Suris masalasida, AQShning pozitsiyasi keskin o’zgardi. Jon Kerrining “Suriya masalasida Rossiya bilan xamkorlik qilishga muxtojmiz” deb bergan bayonoti fikrimizga dalil bo’la oladi. Umuman musulmonlarga nisbatan G’arbning munosabati o’zgardi. Ular demokratik printsiplarini buzib, lebiralistik qonun qoidalar asosida ish ko’rishga o’tishdi. Ular ochiqchasiga faqat o’zlarining xavfsizlik va farovvonliklaridan kelib chiqib dunyoga xukm qilishyabdi.

Butun matbuot mashinasi ularning qo’l ostilarida bo’lganligidan, Suriya xalq qo’zg’alonchilarini (ilgari o’zlari shunday nom berishgan edi) AQSh o’ylab topgan Al qoidaga aloqadorlikda ayblab, endi ularni yuz mingdan ziyod qurbon berganligiga e’tibor bermay, terroristlarga chiqarmoqchi.

Ularga Rossiya mana shu maqsadini ro’yobga chiqarishda kerak bo’ladi. Maqsadi bu iflos ishni ayni Rossiyaning qo’li bilan amalga oshirish, ya’ni Asad o’lik siyosatchiga aylanib, yo’qotadigan xech narsasi qolmaganidan foydalanib, uning qo’li bilan avvalida Asadning, endilikda dunyo sistemasining ashaddiy dushmanlariga aylanib qolgan Suriya musulmonlarining etakchilarini qirib yuborishni ko’zlamoqda.

Bu iflosgarchiliklar, oxir oqibat musulmon olamini, norozilik bildirishiga olib keladi insha Alloh. Chunki xar bir davlatning yakkama yakka kufr bilan kurashishi natija bermaydi. Asosiy kurash ma’lum mintaqalarda bo’lishligi mumkin, lekin ularga ko’rsatiladigan madad, olamiy bo’lishi kerak.

Markaziy Osiyo:

Markaziy Osiyodagi AQShning birlamchi maqsadi, Afgonistondan xarbiy texnikasini olib chiqib ketish bo’lib turibdi. Balki O’zbekistonga o’zining xarbiy bazalarini joylashtirish, yoki O’zbek armiyasini butunlay modernizatsiya qilib, uni Rossiyadan oladigan xarbiy texnikasini o’ziniki bilan almashtirish.

Rossiyaniki esa, AQShning ana shu maqsadlariga qarshilik ko’rsatish asosiga qurilgan. Chunki Rossiya bu mintaqaga xali xam o’zining mulki qatori qaraydi. Uni shu qarashlariga qarshi chiqqan shu mintaqa mamlakatlarga bo’lgan adovvati xam, AQShning ta’siri ostida bo’lganligidan, ularga karshi uni keskin xarakatlar olib borishga undaydi. Qirg’izistonning janubida ro’y bergan So’x voqeasi, 2010yildagi O’sh dagi mallatlararo urush, O’zbekistondagi Karimovning rejimiga qarshi Rossiya boshchiligida uyushtirilgan amaliyotlardir.

Karimovning ODKBdan bir tomonlama chiqib ketishi, Rossiyani O’zbekistonga AQShning ishtirokini kuchaytirib yuborishidan o’ta xavfsiratib yubordi. Bu xolat, Rossiyani xalqaro siyosatdagi mavqeyini ancha tiklab olishi mumkin bo’lgan YeVRO’OSIYo xalqaro uyushmasini tuzilishini oldini to’sadi. Shuning uchun xam AQSh Karimovning rejimini mumkin qadar uzoqroq ushlab turishga qaror qildi.

Negaki O’zbek revolyutsiyasi, AQShni mintaqadan butunlay chiqarib yuborishi mumkin. AQSh Karimov rejimini saqlab qolish uchun, Rossiya Asadni saqlab qolish uchun uni qo’llaganidek Karimovni qo’llagani axmoq emas.

Demak, vaziyatning keskinlashishi xozirda Rossiyaning manfaatidan. Karimovning tinchlikka chaqirayotgani va tashqi buzg’unchi kuchlardan ogoxlantirayotgani, AQShni xozircha tinchlikni xoxlayotgani ayon bo’ladi.

Izohlar yo'q