Tunisda yana norozilik chiqishlar

427
0

Tunisda manba sifatida shariatga tayanmagan yangi konstitutsiyaga qarshi norozilik chiqishlar bo’lib o’tdi. Norozilik ishtirokchilari Allohning kitobi va Rosulining sunnatida kelgan Xalifalik nizomini asos qilib olishni talab qilishdi. Ammo Nahza partiyasi shariatni konstitutsiyaga kiritish masalasi Tunis jamiyatini ikki bo’lakka ajratib qo’yadi, deb e’tibor qiladi. Ularning fikricha shariat surati ravshan emas, ba’zi o’lkalar uni yaxshi tatbiq qila olmadi. Shuning uchun omma manfaati va turli siyosiy qarashlar o’rtasidagi milliy birlik ustundir.

Nahza partiyasining raisi Al-olam telekanaliga aytishicha, “shariatni konstitutsiyaga karitish jamiyat ichida bahs-munozaralarga sabab bo’ladi”. Uning fikriga ko’ra, hozirda xalq bunga tayyor emas. Shariat bilib yoki bilmay xalqkni bo’laklarga ajratib yuboradi. Bu esa qabul qilib bo’lmaydigan ishdir. Chunki shariat musulmonlar o’rtasini bo’lishi emas, birlashtirishi lozim.

Ko’rinishicha, Nahza harakati ilmoniylar bilan ixtilofga borishdan qutilish maqsadida konstitutsiyaga shariatni kiritish fikridan voz kechgan. Lekin u bir tarafdan Islom davlat dini ekanligini bayon qilgan bo’lim uning qonunchiligi shariatga zid kelishiga yo’l qo’ymaydi degan fikrda.

Tuninsning diniy ishlar vaziri Nuriddin Xodimiy Al-olam telekanaliga shunday bayonot berdi: “ish turli bahs munozaralardan so’ng Islomga davlat dini degan sifatni berish bilan yakun topdi. Hukmda Islom shariatini asos qilib olish uni qo’llab quvvatlovchilar bilan rad etuvchilar o’rtasida bo’linishni paydo qiladi. Ilmoniylar shariatdan kelib chiqqan hukmlar bilan davlat tsivilizatsiyasi o’rtasida ziddiyat mavjud, deb biladi. Islomiylar esa shariat qanday bo’lsa shundayligicha uni asos qilib olishni talab qiladi. Ayni paytda nahza harakati bunday bo’linishlardan hech qanday foyda yo’q deb o’ylaydi va Tunis mustaqil davlat, uning dini islom deb qaror qilgan dasturning birinchi qismini asos qilib olish bilan kifoyalanadi”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.