Abama Asadni kimyoviy qurollarni ishga solishdan ogohlantirdi.

0
455

Amerika prezidenti Barak Obama Suriya prezidenti Bashir Asadni o’z xalqiga qarshi kimyoviy qurollarni ishlatishga urinishdan ogohlantirdi. Obama uni “katta xato”, deb e’tibor qildi va uning ta’biri bilan aytganda “yomon oqibatlar”ga sabab bo’lishini eslatib o’tdi.

Obama kecha dushanba kuni Vashingtonda bo’lib o’tgan yadroviy rivojlanish bo’yicha mutaxassislar yig’ilishida shunday bayonot berdi: “men bugun Asad va uning qo’l ostidagilarga shuni aytmoqchimanki, butun olam sizlarni kuzatib turipti. Kimyoviy qurollardan foydalanishga urinish nomaqbul ish bo’lib, uni mutlaqo qabul qilib bo’lmaydi”.

Obama yana shunday qo’shimcha qildi: “bu qurollarni ishga solish bilan qo’pol xatoga yo’l qo’ysangiz yomon oqibatlar kelib chiqadi va sizlar u haqida albatta hisob berasizlar. Yigirma birinchi asr shu davrning eng yomon quroli bilan g’arq bo’lishiga izn berishimiz aslo mumkin emas”.

Yana shunday dedi: “biz Suriyadagi qonuniy harakatlarni qo’llashda davom etamiz. Qarshilik harakati bilan hamkorlik qilamiz va ularga insonparvarlik yordamini yuboramiz. Asad rejimidan ozod bo’lgan Suriya masalasida muvaqqat jarayon ustida ish olib boramiz”.

Izohlar yo'q