Vashingtonda “terrorchilikka qarshi kurash” ni qanday nihoyalash borasida 10 yildan ortiq vaqt ichida birinchi bor oshkora fikr bildirildi. 30-noyabr kuni Pentagonda harbiy boshqarma bosh yuriskonsulti Djey Djonson “Al-Qoida” bilan kurashish nihoyasiz davom etavermasligini ma’lum qildi.
Oliy toifali yuristga ko’ra, bu kurashda qandaydir burilish yasalib, “Al-Qoida” butunlay bartaraf etilganligi hamda u amerikaliklarga qarshi aytarli xujum uyushtirishga qodir emasligi ma’lum qilinishi zarur. Shu vaqtdan boshlab terrorchilarga qarshi xarbiy operatsiya to’xtatilib, terrorchi jangarilarni tutish ishlari bilan Pentagon o’rniga maxsus xizmat xodimlari (spetsnaz) shug’illanadilar.
Unga ko’ra, terrorchilar bilan tinchlik bitimlariga kelishish xaqida so’z xam bo’lishi mumkin emas. Shuningdek, “Al-Qoida” ham o’z ixtiyori bilan qurollarini topshirib, kurashdan bosh tortishiga ham ishonch yo’q. Shuning uchun unga qarshi kurash xar qanday xolatda davom etadi, biroq, boshqacha uslubda.
Eslatib o’tsak, “terrorga qarshi kurash”ni AQSh prezidenti kichik Bush 2001-yil 11 sentyabrdagi “terakt”dan keyin ma’lum qilgan edi. O’tgan davr mobaynida amerikaliklar Iroq va Afg’onistonga bostirib kirdilar. Keyin esa, u erlardan katta talofat bilan ortga chekinishga majbur bo’ldilar. Qolaversa, Bush davridagi “terrorga qarshi kurash” xali ham nihoyasiga etgani yo’q.
Jorj Bushning davomchisi Brak Obama Iroq va Afg’onistondn askarlarni olib chiqib ketishga kirishdi. Uning davrida, 2011-yili “Al-Qoida”ga qattiq zarba berildi. May oyida Pokistonda tashkilot etakchisi Ben Laden o’ldirildi.
Biroq, “Al-Qoida”ni o’ldi deb, bira to’la qabrga joylashga xali erta. U bugungi kunda Yamanda ham muvoffaqiyatlarga erishmoqda. Uning jangarilari mamlakatning qator rayonlarini o’z nazorati ostida ushlab kelmoqdalar.