Home Blog Page 1312

Fiqhni o’rganish

0

фикх-199x300

بِسْـــمِ اللهِ الرَّحْمٰـــنِ الرَّحِيـــم

 

Har bir musulmonga hayotida zarur bo’ladigan shar’iy hukmlarni bilish farzi ayndir. Chunki u o’z ishlarini shariat hukmlariga muvofiq qilishga buyurilgan. Zero Shore’ning odamlarga va mo’minlarga qilgan taklif xitobi jazm (qat’iy) xitob bo’lib, bu to’g’rida hech kimning o’z ixtiyoricha ish tutishga haqqi yo’q. Bunga dalil

Alloh Taoloning ushbu qavlidir:

وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ وَلَا مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَمْرًا أَنْ يَكُونَ لَهُمْ الْخِيَرَةُ مِنْ أَمْرِهِمْ وَمَنْ يَعْصِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَالًا مُبِينًا

«Alloh va Uning payg’ambari bir ishni hukm qil­gan – buyurgan vaqtida biron mo’min va mo’mina uchun (Allohning hukmini qo’yib) o’z ishlaridan ixtiyor qilish joiz emasdir» [Ahzob: 36]

Xitob imon xususida bo’ladimi yoki insonning amallari xususidami, buning farqi yo’q. Zero Alloh Taoloning:

آمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ

«Allohga va Uning Rosuliga imon keltiringlar» [Niso: 136]

degan qavli bilan

وَأَحَلَّ اللَّهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبَا

bayni halol, sudxo’rlikni harom qildi» [Baqara: 275]

degan qavli ikkalasi ham taklif xitobidir. U o’zidagi mavzu jihatidan emas, xitob ekanligi jihatidan jazm xitobdir. Har bir amal to’g’risida hisob berilishi bunga dalildir:

Alloh Taolo dedi:

فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَه -7, وَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَه -8,

 

«Bas, kim (hayoti-dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa (qiyomat kunida) o’shani ko’rur. Kim zarra misqolichalik yomonlik qilsa uni ham ko’rur!» [Zalzala: 7-8]

يَوْمَ تَجِدُ كُلُّ نَفْسٍ مَا عَمِلَتْ مِنْ خَيْرٍ مُحْضَرًا وَمَا عَمِلَتْ مِنْ سُوءٍ تَوَدُّ لَوْ أَنَّ بَيْنَهَا وَبَيْنَهُ أَمَدًا بَعِيدًا وَيُحَذِّرُكُمْ اللَّهُ نَفْسَهُ 

«Har bir jon o’z qilgan yaxshi amallarini hoziru nozir holda ko’radigan, yomon amallarining esa olis-olislarda qolib ketishini istaydigan kunni (eslanglar)! Alloh sizlarni O’zining (azobidan) ogoh qilur» [Oli Imron: 30]

وَتُوَفَّى كُلُّ نَفْسٍ مَا عَمِلَتْ

«Har bir jon qilgan amalining (mukofotini) to’la oladi» [Naxl: 111]

Demak taklif qat’iy shaklda keldi. Musulmon har qanday ishni qilish chog’ida shariat hukmlari doirasidan chiqmaslikka qat’iy buyurildi. Taklif mavzusiga, ya’ni Alloh bajarishni yoki tark etishni talab qilib yoki ixtiyor berib taklif qilgan narsaga kelsak, u farz, mandub, muboh, harom, makruh bo’lishi mumkin. Ammo taklifning o’zi jazm-qat’iylik bo’yicha qolaveradi, u to’g’rida ixtiyor bo’lmaydi. Unga oid faqat bitta holat, ya’ni uning doirasidan chiqmaslik vojib bo’lib qoladi. Shunga binoan dunyo hayotida zarur bo’ladigan shar’iy hukmlarni bilish har bir musulmonga farz bo’ldi. Bundan ortiq hukmlarni bilishi esa farzi ayn emas, farzi kifoyadir. Uni ayrimlar ado etsa qolganlardan soqit bo’ladi. Buni Anas ibn Molikdan qilingan ushbu rivoyat quvvatlaydi:

Rosululloh A dedilar:

«طَلَبُ الْعِلْمِ فَرِيضَةٌ عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ»

«Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir».

Bu erda garchi musulmonga hayotida zarur bo’ladigan har bir ilm iroda qilinayotgan bo’lsa-da, bunga musulmonga hayotida zarur bo’ladigan ibodatlar, muomalalar va boshqalarning hukmlari jihatidan bo’lgan fiqh ham kirishini ta’kidlash joizdir. Shuning uchun ham fiqhni o’rganish musulmonlar uchun zarur ishlardan biri bo’libgina qolmay, balki zimmalariga Alloh farz qilgan ahkomlardan biri hamdir. Bu ahkom farzi ayn bo’ladimi yoki farzi kifoyami, buning farqi yo’q. Rosululloh A fiqhni o’rganishga targ’ib qildilar. Fiqhni o’rganishga undagan qator hadislar keldi. Masalan Buxoriy Muoviya ibn Abu Sufyondan rivoyat qildi:

Rosululloh A dedilar:

«مَنْ يُرِدِ اللَّهُ بِهِ خَيْرًا يُفَقِّهْهُ فِي الدِّينِ»

«Alloh kimga yaxshilikni ravo ko’rsa uni dinda faqih qilib qo’yadi». Said ibn Musayyab Abu Hurayradan ushbuni rivoyat qildi:

«مَنْ يُرِدِ اللَّهُ بِهِ خَيْرًا يُفَقِّهْهُ فِي الدِّينِ»

«Alloh kimga yaxshilikni ravo ko’rsa uni dinda faqih qilib qo’yadi».

Ibn Moja rivoyati. Bu hadislarda fiqhning fazilati va uni o’rganishga targ’ib ochiq ko’rinib turibdi. Umar ibn Xattob Gdan rivoyat qilinishicha u bunday dedi: «Kechalari ibodatda bedor, kunduzi ro’zador ming obidning o’limi Alloh halol va harom qilgan narsalarni biluvchi bitta oqilning o’limidan engilroqdir». Ibn Hanbal rivoyati.

Itoat

Itoat asosiy ish bo’lib, u sababli davlatda ham, jamoatda ham tartib-intizom vujudga keladi. U davlat va Ummatda ommaviy tartib-intizom mavjudligiga dalolat qiladigan eng muhim ko’rinishlardan biridir. Shuning uchun ham Qur’on ko’plab oyatlarda itoatga undab keldi. Vahiy kelib turganiga, mo”jizalar va risolat bo’lib turganiga, Rosululloh A shaxsan o’zi borligiga va bularning hammasi itoatni vujudga keltirish uchun etarli ekaniga qaramay Qur’on itoatga undab keldi. Qur’on buyurib kelgan itoat shunday itoatki, uning asosiga davlat va Ummat vujudi quriladi. U shu vaqtning o’zida itoat xulqini bayon qilish hamdir. Oyatlar itoat vojib bo’ladigan paytda itoat qilishga qattiq buyurib keldi. Buyurganda ham unga majburlaydigan va uni musulmon xususiyatlaridan biri qilib qo’yadigan tarzda buyurdi. Itoat qilish joiz bo’lmagan paytda itoat qilishdan qaytardi. Qaytarganda ham itoat qilmaslikka majburlaydigan va bunday paytda itoat qilishni musulmon o’zini yiroq tutishi lozim bo’lgan narsa deb e’tibor qilishga undaydigan tarzda qaytardi. Shuning uchun biz Qur’on itoat xususiyatini vujudga keltirayotgan paytda shunday deb aytayotganini ko’ramiz:

أَطِيعُوا اللَّهَ وَالرَّسُولَ

«Alloh va payg’ambarga itoat qilingiz!» [Oli Imron: 32] ‘

فَاتَّبِعُونِي وَأَطِيعُوا أَمْرِي

«Bas, menga ergashinglar va amrimga itoat qilinglar!» [Toha: 90]

وَاسْمَعُوا وَأَطِيعُوا 

«Quloq solib, itoat qilinglar» [Tag’obun: 16]

وَمَنْ يُطِعْ اللَّهَ وَرَسُولَهُ يُدْخِلْهُ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ 

«Kim Alloh va uning payg’ambariga itoat etsa, uni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritadi» [Niso: 13]

مَنْ يُطِعْ الرَّسُولَ فَقَدْ أَطَاعَ اللَّهَ

«Kimki payg’ambarga itoat etsa, demak, Allohga itoat etibdi» [Niso: 80]

وَمَنْ يُطِعْ اللَّهَ وَالرَّسُولَ فَأُوْلَئِكَ مَعَ الَّذِينَ أَنْعَمَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ

«Kimda-kim Alloh va payg’ambarga itoat etsa, ana o’shalar Alloh in’omlariga sazovor bo’lgan zotlar bilan birga bo’lurlar» [Niso: 69]

Alloh bu oyatlarda mutlaq itoatga buyurdi, itoat muqayyad bo’lmay keldi. Biz Rosululloh Aning hokimlar va voliylarga har qanday holatda itoat qilishga buyurayotganini, faqat agar gunohga buyursagina itoat qilmaslik lozimligini aytayotganini ko’ramiz. Ibn Abbosdan Nabiy Aning shunday degani rivoyat qilindi:

«مَنْ كَرِهَ مِنْ أَمِيرِهِ شَيْئًا فَلْيَصْبِرْ عَلَيْهِ فَإِنَّهُ لَيْسَ أَحَدٌ مِنَ النَّاسِ خَرَجَ مِنَ السُّلْطَانِ شِبْرًا فَمَاتَ عَلَيْهِ إِلاَّ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»

«Kim amiridagi biron narsani yoqtirmasa unga sabr qilsin. Zero kimki sultondan bir qarich chetga chiqib shu holda o’lsa johiliyat o’limi bilan o’libdi». Muslim rivoyati. Rosululloh A amirga itoat qilmaslikni jamoatdan ajralib qolish deb hisobladilar. Abu Rajo Utoridiy hadis rivoyat qilib dedi: Men Ibn Abbos Hdan Nabiy Aning shunday deganini eshitdim:

«مَنْ رَأَى مِنْ أَمِيرِهِ شَيْئًا يَكْرَهُهُ فَلْيَصْبِرْ فَإِنَّهُ مَنْ فَارَقَ الْجَمَاعَةَ شِبْرًا فَمَاتَ فَمِيتَتُهُ جَاهِلِيَّةٌ»

«Kim amiridan o’zi yoqtirmaydigan biron narsani ko’rsa sabr qilsin. Zero kim jamoatdan bir qarich ajrab o’lsa johiliyat o’limi bilan o’libdi». Muslim rivoyati. Musulmonlar Nabiy Aga bay’at berishgan narsalardan biri itoat edi. Junoda ibn Abu Umayya rivoyat qiladi:

«دَخَلْنَا عَلَى عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ وَهُوَ مَرِيضٌ قُلْنَا أَصْلَحَكَ اللَّهُ حَدِّثْ بِحَدِيثٍ يَنْفَعُكَ اللَّهُ بِهِ سَمِعْتَهُ مِنَ النَّبِيِّ A قَالَ: دَعَانَا النَّبِيُّ A فَبَايَعْنَاهُ فَقَالَ فِيمَا أَخَذَ عَلَيْنَا أَنْ بَايَعْنَا عَلَى السَّمْعِ وَالطَّاعَةِ فِي مَنْشَطِنَا وَمَكْرَهِنَا وَعُسْرِنَا وَيُسْرِنَا وَأَثَرَةً عَلَيْنَا وَأَنْ لاَ نُنَازِعَ الأَمْرَ أَهْلَهُ قَالَ: إِلاَّ أَنْ تَرَوْا كُفْرًا بَوَاحًا عِنْدَكُمْ مِنَ اللَّهِ فِيهِ بُرْهَانٌ»

«Biz Uboda ibn Somitning oldiga kirdik. U kasal edi. Biz: Alloh sizga shifo bersin, Nabiy Adan eshitgan biron hadisni aytib bering, Alloh u sababli sizga naf etkazsin – dedik. U bunday dedi: Nabiy A bizni da’vat qildilar. Biz u kishiga bay’at berdik. Bizdan bay’at olar ekan, xursandchilikda ham, xafachilikda ham, og’ir kunlarimizda ham, engil kunlarimizda ham quloq solib, itoat etishga, o’zimizdan afzal ko’rishimizga, ishni egasidan talashmasligimizga bay’at berishimizni aytib: faqat agar ochiq kufrni ko’rsangiz va sizda bu haqda Allohdan aniq hujjat bo’lsa, (shundagina talashishingiz mumkin), dedilar». Buxoriy rivoyati. Demak oyat va hadislar itoatga buyurib keldi. Lekin bu itoat Islom doirasida bo’lishi lozim. Shuning uchun boshqa hadislar Allohga osiy bo’linadigan o’rinda itoat qilishdan qaytarib keldi. Nabiy A dedilar:

«لاَ طَاعَةَ لِمَخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ»

«Xoliqqa osiy bo’linadigan o’rinda maxluqqa itoat qilinmaydi». Ahmad rivoyati. Nofe’ Abdulloh Gdan, u Nabiy Adan shunday deganini rivoyat qildi:

«السَّمْعُ وَالطَّاعَةُ عَلَى الْمَرْءِ الْمُسْلِمِ فِيمَا أََحَبَّ وَكَرِهَ مَا لَمْ يُؤْمَرْ بِمَعْصِيَةٍ فَإِذَا أُمِرَ بِمَعْصِيَةٍ فَلاَ سَمْعَ وَلاَ طَاعَةَ»

«Musulmon kishi, modomiki biron gunohga buyurilmas ekan, yoqtirgan va yoqtirmagan narsasida quloq solib, itoat qilishi vojib. Endi agar biron gunohga buyurilsa quloq solib, itoat qilmaydi». Buxoriy rivoyati. Biroq Alloh buyurgan bu itoat ommaviy tartib-intizom o’rnatish lozim bo’lgan paytda bo’ladi. Ammo bu itoat Islom ziddiga bo’lsa yoki Alloh yo’lidan boshqa yo’l foydasiga xizmat qiladigan bo’lsa, bunday holatda Islom itoat etishdan qattiq qaytardi. Shu bois Alloh Taolo bizni ayrim itoatlardan ochiq qaytarib, shunday dedi:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ تُطِيعُوا فَرِيقًا مِنْ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ يَرُدُّوكُمْ بَعْدَ إِيمَانِكُمْ كَافِرِينَ

«Ey mo’minlar, agar kitob berilgan kimsalarning ba’zi bir guruxlariga bo’yinsunsangiz, ular sizlarni iymonga kelganingizdan keyin yana kofirlikka qaytaradilar» [Oli Imron: 100]

وَلَا تُطِعْ مَنْ أَغْفَلْنَا قَلْبَهُ عَنْ ذِكْرِنَا وَاتَّبَعَ هَوَاهُ وَكَانَ أَمْرُهُ فُرُطًا

«Va Biz qalbini Bizni zikr qilishdan g’ofil qilib qo’ygan, havoyi-nafsiga ergashgan va qilar ishi isrofgarchilik bo’lgan kimsalarga itoat etmang!» [Kahf: 28]

وَإِنْ تُطِعْ أَكْثَرَ مَنْ فِي الْأَرْضِ يُضِلُّوكَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ

«Yer yuzidagi kimsalarning juda ko’plariga itoat qiladigan bo’lsangiz, sizni Allohning yo’lidan ozdirurlar» [An’om: 116]

فَلَا تُطِعْ الْكَافِرِينَ 

«Bas siz kofir kimsalarga bo’yinsunmang!» [Furqon: 52]

فَلَا تُطِعْ الْمُكَذِّبِينَ

«Bas, (ey Muhammad) sizning haq payg’ambarligingizni va Qur’onni «yolg’on» deguvchi kimsalarga itoat etmang!» [Qalam: 8]

وَلَا تُطِعْ مِنْهُمْ آثِمًا أَوْ كَفُورًا

«Va ulardan (kofirlardan) biron gunohkor yo ko’rnamakka itoat qilmang!» [Inson: 24]

وَلَا تُطِعْ كُلَّ حَلَّافٍ مَهِينٍ

«(Ey Muhammad), yana siz har bir tuban qasamxo’r kimsaga itoat etmang!» [Qalam: 10]

Bu oyatlarning hammasi o’z sifatlari bilan ajralib turuvchi muayyan shaxslarga itoat etishdan qaytarmoqda. Bu oyatlarni kuzatadigan bo’lsak ularda aytilayotgan itoat Islom ziddiga ekanligi va Islom yo’lidan boshqa yo’lga xizmat qilishi ayon bo’ladi. Alloh Taolo bularni bizga dillarimizda itoat ommaviy tartib-intizomni vujudga keltirish sari yo’naladigan bo’lib shakllanishi uchun, Islom davlati vujudiga zarar bo’ladigan o’rinlarda itoatdan yiroq bo’lishimiz uchun bayon qildi. Shuning uchun musulmon odam Allohning itoat qilish haqidagi amriga labbay deb bo’ysunar ekan, Alloh kimga itoat etishdan qaytargan bo’lsa unday kimsalarga itoat etishdan qaytishi vojib.

Amerka: masalaning echimi muzokaralarda

0

x240-a8X

Suriya hukumatining kichik ko’lamli kimyoviy qurollarni ishga solganini sabab qilib, AQSh Suriyadagi isyonchilarga “bevosita harbiy yordam” berishini aytgan edi. Biroq Barak Obama Berlinda paytida Suriya muxolifatiga qanday harbiy yordam ko’rsatilishi haqida so’ralganda AQSh rahbari bunga aniq javob berishdan bosh tortdi. Uning aytishicha, Amerika Yaqin Sharqda yangi urushga o’ralashmaydi.

Ha, Amerika bu ishga o’zi aralashmaydi, balki sodiq qullarini safarbar qiladi.

Suriya do’stlarining yig’ilishida AQSh tashqi ishlar vaziri Jon kerri “Amerika Bashar Asad rejimi muxolifatlariga yordamini oshirmoqda, ammo vaziyatga o’zi bevosita aralashmoqchi emas. Masalaning asl echimi muzokaralarda”, dedi.

Amerika uchun Suriya masalasini muzokaralar orqali hal qilish lozim. Buning sababi shundaki, Suriya rejimining xavfsizlik va harbiy apparatining qulashi AQSh uchun yaxshi natija olib kelmaydi. Chunki Amerika rejasi bo’yicha muzokaralar orqali Suriya xavfsizlik va harbiy apparatining saqlanib qolishi lozim. Ana shunda bu apparat Asaddan keyingi yangi rejimning mustahkam yadrosini tashkil qiladigan bo’ladi, bu bilan esa Amerika Suriyada o’z nufuzi saqlanib qolishini kafolatlaydi.

Shuning uchun Amerika siyosati Suriya masalasiga muzokaralar orqali barham berish zarur degan asosga tayanib kelmoqda. Demak har qanday echim Amerika rejasibo’yicha, xavfsizlik apparati bilan harbiy muassasaning jips holda saqlanib qolishiga va yangi siyosiy rejimning tayanchiga aylanishiga olib kelishi lozim.

Suriya masalasiga harbiy aralashishni o’z og’zi bilan aytib turib ham, Amerikaning nega siyosiy echimga mahkam yopishib olganining sababi mana shu. Chunki AQSh uchun Suriyada Amerika nufuzi saqlanib qolishiga imkon beradigan kuchlar lozim.

Raddiya

0

gerb

Rusiya al-yavm axborot agentligi AQSh armiyasining 300 dengiz piyoda askari Iordaniyaning Suriya bilan chegaralari yaqiniga yuborilganligi haqida xabar bergan edi.

Undan so’ngra Misrning Al-yavm as-Sobe’ internet sayti Iordaniyada AQShning 900 harbiysining joylashganligini va bu harbiylardan 200 kishi kimiyoviy hujumlarga qarshi kurashni o’rgatuvchi instruktorlar ekanligi, qolgan 700 kishi Patriot raketa sistemasi va F-16 harbiy samolyotlarini qo’riqlashini xabar qilgan edi.

Kuni kecha Al-Jazira net saytining yozishicha, Iordaniya armiyasi shtabi boshlig’i Mash’al Azzabon “Iordaniya teritoriyasida Patriot raketasi sistemasi va F-16 samolyotlarining ekipajlaribilan birgalikda doimiy tarzda joylashtirilishi Iordaniya xavfsizligi uchun”, deb bayonot berdi.

Uning bu bayonotiga Hizbut-Tahrir Iordaniya matbuot bo’limining raisi Mamduh quyidagicha raddiya bildirdi:

Ma’lumki, jinoyatkor Asad rejimi AQShning malayidir. U Amerika idorasining ruxsati va uning ta’limoti bo’lmasa harbiy yoki siyosiy bir qadam ham tashlay olmaydi. Biz buni bilganimizdek, Iordaniya rejimi ham juda yaxshi biladi. AQSh o’z malayi Basharning qo’li bilan Iordaniyani urishni xohlab yana uni o’zi himoya qilishi aqlga sig’adimi. Yo’q albatta. Iordaniya armiyasi shtabi boshlig’ining bu bayonoti Iordaniya rejimining boshqaruvda hech qanday roli yo’qligini ta’kidlab turipti. Bu Iordaniya xalqini AQSh harbiylarining u erda turishi Iordaniyaning talabi ekanligiga ishontirish uchun bekorchi urinishdan boshqa narsa emas.

AQSh harbiylarining Iordaniyaga joylashtirilishidan maqsad AQShning Suriyadagi nufuzini saqlab qolishdir. Bu esa harbiylarning doimiy shay turishi bilan amalga oshadi. Chunki kutilmaganda AQShning Suriyadagi nufuzi sinib yakkalanib qolishi yoki AQSh va G’arbning bu mintaqalardagi vujudiga tahdid tug’ilishi yo-da Yahud davlatining xavfsizligi xatar ostida qolishi ehtimoldan xoli emas.

Men Iordaniya rejimiga aytmoqchi bo’lgan gapim shuki, Iordan xalqini aldashni, uni mensimaslikni bas qiling.

Yana shuni aytib o’tmoqchimanki, agar bizga Alloh yordam bersa hech kim bizni mag’lub qila olmaydi, Amerika ham, boshqasi ham.

Valid Muallim: Suriyada Islomiy Xalifalik tiklashni istashmoqda

0

0

Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallim oxirgi bayonotida Suriyada Islomiy Xalifalik davlati tiklanib ketish xavfidan ogohlantirdi.

“Suriyada Islomiy Xalifalik tiklashni istashmoqda. Ular qurmoqchi bo’layotgan davlat Suriya bilan chegaralanib qolmaydi. Shu sababli biz faqatgina Suriyada emas, Iordaniya, Livan va Turkiya ichida ham himoyani kuchaytiryapmiz” – dedi Suriya tashqi ishlar vaziri.

Valid Muallim yuqorida diqqat qaratgan va xalqaro tizim uchun vahima bo’lgan Islomiy Xalifalik davlatini tiklanishiga to’sqinlik qilish roli o’ziga berilganini ochiqcha izhor etib, “Jnevaga boshqaruvni topshirish uchun emas, shafqatsiz munosabatga nuqta qo’yish uchun boryapmiz”, dedi.

AQSh askarlari Mursini himoya qiladi

0

0

Misrdagi «Tamarrud» (Qo’zg’alon) harakati 30 iyun kuni mamlakatda prezident Muhammad Mursiga qarshi namoishlar o’tkazmoqchi. Belgilangan kunga harakat faollari 15 mln. imzo yig’ib muxolifat maqomida rasmiylashish niyatida.

Hukumatga qarshi bu norozilikni kutib olishlikka Misr va AQSh jiddiy tayyorgarlik ko’rmoqda. Amerika Misrga 400 dan ortiq askar jo’natmoqchi. AQSh vakillariga ko’ra, harbiylar shuningdek Isroil bilan bo’lgan chegarada tinchlikni ta’minlab turadi.Ma’lumki, mamlakatga 13 davlatning qurolli kuchlari vakillari etib keladi.

“400 AQSh harbiylarining safarbar qilinishi, mamlakatda tinchlik holatini saqlab turish uchun Misrda mavjud bo’lib turgan shaxsiy tarkibni yangilash programmasining bir qismidir. Ular maxsus operatsiyalar olib borishlik uchun mo’ljallangan xos aslahalar bilan qurollangan emas”, – aniqladi Misr armiyasi vakili Ahmad Ali.

Mahalliy telekanal bergan ma’lumotiga ko’ra, amerikalik askarlar «Molotov kokteyli» (yonuvchi suyuqlik to’ldirilgan shisha idish) hamda 30 iyun kuni namoishchilar qo’llashi mumkin bo’lgan boshqa xavfli narsalardan himoyalanish uslublarini mashq qilishmoqda.

30 iyun kuni Mursining prezidentlik lavozimiga o’tirganiga roppa-rosa bir yil bo’ladi.

Turkiston:

Misr, Livan, Tunis, Livan….. islomiy yurtlar ning barchasida birin ketin qarshilik xarakatlari jadallashib borayapti. E’tiborning barchasi Suriyaga qaratilib borayotgani bilan, kufr nazorati ostidagi dunyo matbuoti hatto u erdagi voqe’likni ham to’liq va to’g’ri olib berishayotgani yo’q.

Aslida vaziyat ular ko’rsatayotganidan mutloq o’zgacha. Yuqoridagi Misrni olaylik, murosasozlik asosiga qurilgan AQSh Mursiy bitimi, Ixvonul muslim jamoasi tomonidan har qancha qo’llab turilmasin, oxir oqibat voqe’da xaqiqiy basharasini xorlarcha ochishga majbur bo’ladilar.

Aslida bu qarshilik xarakatlarini keltirib chiqaruvchi omil, mafkuraviy bo’shliqni to’g’azishdagi olib borilayotgan kurash, ya’ni Islom mafkurasi bilan kufr mafkurasi o’rtasida boradi.

Uni to’lg’azish ikki narsaga bog’liq, birinchisi: hokimiyat tayangan boshqaruv asosi bo’lsa, ikkinchisi: hokimiyatning o’zi tayanadigan xalq unga beradigan yoki olib qo’yadigan saltanatga bog’liq bo’ladi. Xalq esa bu saltanatni o’zining dunyoqarashiga mutanosib inson yoki guruhga beradi. Bunga Payg’ambarimiz SAVning “sizlar qanday bo’lsalaring ustilaringizga shunday hokimlar keladi” xadisi dalolat qiladi.

Xalq Mursiy singari qo’g’irchoqlar vositasida olib boriladigan kufr boshqaruv sistemasidan saltanatni tortib olish uchun xarakatga keldi. Kufr olami huddi mana shu xolatdan iligi qaltirayotganini yashirish va xolatga boshqacha tus berib, bu qo’zg’alonchilarni har xil atamalar bilan qoralashga urinadi.

Biz musulmonlar qaltis va nusratni qabul qilish arafasidagi sinovlar ostonasiga keldik. Bizlardan faqat bir narsa talab qilinadi, sabr.

Sabr esa, har qanaqangi xolat kelganida ham birorta ishni shariat chegarasidan chetga chiqarmay turib berishni anglatadi.

Bu bizni, kufr tayorlab borayotgan suniylar bilan shi’alar o’rtasidagi kurash, kurd millatchilaridan foydalanadigan milliy qaramaqarshiliklar va xokazo musulmonlar aro to’qnashuvlarga qarshi mafkuraviy kurash olib borishga undaydi. Chunki bu urushlarning barchasi majburiy xolda yuz berganida ham, kimning g’alabasi bilan yakun topmasin, Islomning g’alabasini kechiktiruvchi kufrning tuzog’iga tushganligimizni anglatadi. Alloh saqlasin

Kapitalizmning kasofati

0

загруженное

O’z ochkuzligini qondirish uchun boshqa davlatlarni mustamlaka qilish Kapitalistik davlatlarning tabiatidir. Masalan, AQSh turli bahonalar bilan Afg’oniston va neftga boy Iroqqa chang soldi. Afrikadagi Somali, Sudan, Mali, Kongo va efiopiya davlatlari ham mustamlakachilar zulmidan aziyat chekmoqda. Kapitalistlar bu davlatlarning boyligini talon taroj qilish uchun turli bahonalar bilan u erga urush ochadi yoki ichki tarafdan mahalliy nizo keltirib chiqaradi. Buning natijasida qanchadan qancha begunoh insonlar halok bo’ladi yoki qochqinga aylanadi.

BMTning qochoqlar bilan ishlovchi agentligi “Global o’zgarishlar” nomli so’ngi yillik hisobotida ahvol tobora yomonlashib borayotganini e’lon qildi.

Hisobotga ko’ra, o’tgan yili 7,6 million inson majburan vatanini tark etgan. Bu degani, har to’rt soniyada bitta odam uyini tashlab ketishga majbur bo’lgan.

Qochoqlarning yarmidan ko’pi Afg’oniston, Somali, Iroq, Suriya va Sudanga to’g’ri keladi. So’nggi paytlarda Mali, Kongo, Janubiy Sudan va efiopiyalik qochqinlar soni oshgan. BMT agentligi ma’lumotiga ko’ra, qochqinlarning 46 foizi 18 yoshga to’lmagan bolalar. Eng ko’p qochoqqa ega davlatlar ro’yxatidagi birinchi o’rinni 32 yildan beri Afg’oniston egallab kelmoqda. Ikkinchi o’rinda Somali, keyin Iroq va Suriya. 2012-yilda majburan o’z uyini tark etganlar soni 45 milliondan oshgan.

Axborot vositalari “BMT ayni paytda qochqinlarni boshpana bilan ta’minlash ustida ishlamoqda”, deya jar solgani bilan asl vaziyat bundan boshqacha. Suriyadagi vaziyat tufayli o’z uyini tashlab chiqishga majbur bo’lgan muslima ayol Nahed Hamdan uch oylik bolasi bilan Livandagi bir ko’prikning ostida hayot kechirmoqda. Uning aytishicha BMT uni ostonadan kuvib solgan.

– Yordam so’rab bormagan eshigim qolmadi. Livan davlati ham, BMT ham menga yordam qilmadi. Ayniqsa BMTga yordam so’rab borganimda ostonadan quvib yubordilar meni – deydi uch oylik bolasini bag’riga bosib turgan ona.

Islom Ummatining boshida uni g’amini eydigan Xalifasi bo’lmas ekan, u o’z yurtida ham qochqinga aylanadi. Qochib borib, bosh uradigan joyi BMT bo’lsa…

Aslini olganda Islom ummatini qochqinga aylanishiga sabab bo’layotgan o’sha BMTning o’zi emasmi?!