Netanyaxuning bayonotlari yahudiy vujudining asl basharasini fosh etish bilan birga, Misr rejimi tutgan zaif pozitsiyani ham namoyon etmoqda

0
5

Matbuot bayonoti

Netanyaxuning bayonotlari yahudiy vujudining asl basharasini fosh etish bilan birga, Misr rejimi tutgan zaif pozitsiyani ham namoyon etmoqda

Yahudiy vujudi bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘zlarining «Buyuk Isroil» deb atayotgan g‘oyalari, shuningdek, ko‘chirish va kengayish rejalari haqida ochiq bayonot berdi. Bu bayonot bosqinchi vujud rahbarlarining qalbi musulmonlar yerlariga nisbatan gina-adovat, xiyonat va hirs bilan to‘lib-toshganini yana bir bor isbotladi. Bu albatta, tildan beixtiyor chiqib ketgan so‘zlar emas, balki sionist siyosiy tafakkuri bilan uzviy bog‘liq rejalarning amaldagi ifodasi va hayotiy voqelikda qadamma-qadam tatbiq etilayotgan dasturlarning aniq ko‘rinishidir.

Yahudiy rahbarlari o‘z hirslarini uyalmay ifodalashga odatlanishgan. Ular doimo atrofdagi siyosiy muhitni xavfsiz, arab davlatlarini esa qo‘rqoq yoki o‘zlari bilan tili bir, deb hisoblaydilar. Shu bois istak va niyatlarini ochiq bayon etishga jur’at qilishadi. Netanyaxu Misr rejimining ulkan armiyasi, beqiyos aholisi va strategik joylashuviga qaramasdan, unda iroda yo‘qligini va qo‘rqoq ekanini yaxshi anglab turibdi. Agar u shunday deb bilmaganida, bu kabi bayonotni og‘ziga ham olmagan bo‘lardi. Haqiqatda bu rejim yahudiy vujudi xavfsizligini himoya qilish, ular bilan xavfsizlik va harbiy hamkorlik qilish asosiga qurilgan. Bu esa «tinchlik» niqobi va xiyonat shartnomalari orqali amalga oshirilmoqda.

Undan avval AQSH prezidenti Donald Tramp «Isroil juda kichik, uni albatta kengaytirish zarur, deb hisoblayman», degan edi. Farqi yo‘q, bu so‘zlar bosqinchi yahudiy vujudi rahbarlari og‘zidan chiqqan bo‘lsin yoki uning G‘arbdagi qo‘llovchilari tomonidan aytilgan bo‘lsin, bunday bayonotlardan faqat bitta haqiqat ochiq namoyon bo‘lmoqda. Ya’ni, ularda siyosiy, xavfsizlik va iqtisodiy jihatdan uyg‘un va mukammal loyiha mavjud bo‘lib, bu loyiha yahudiy vujudini mustahkamlash va uning nufuzini mintaqada kengaytirishga qaratilgan.

Netanyaxuning bayonoti, avvalo, Misrning faqat og‘izda aytiluvchi «milliy xavfsizlik» shiorini oyoq osti qildi. Biroq Misr tashqi ishlar vazirligining rasmiy javobi faqatgina «qoralash va izoh talab qilish» bilan cheklandi, xolos. Go‘yoki masala axborot maydonidagi tortishuv yoki siyosiy tushunmovchilikdek qilib ko‘rsatildi. Holbuki, mazkur bayonot Misrning suvereniteti, yerlari va resurslariga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid solmoqda! Rejim esa bunga nisbatan na hushyorlik holatini e’lon qildi, na Ummatni safarbarlikka chorladi va na bu rejalarga qarshi turish niyati borligini ko‘rsatadigan biror amaliy qadam tashladi.

Misr rejimi tomonidan berilgan bunday «javob» yangilik emas. Chunki har bir qadamini xalqaro va mintaqaviy majburiyatlarga muvofiq tashlaydigan rasmiylardan aynan shu holat kutilgan edi. Bu majburiyatlarning asosiysi Kemp-Devid kelishuvi bo‘lib, unga ko‘ra Misr armiyasi harakati cheklab qo‘yilgan, Sinay va butun mintaqa xavfsizligi esa AQSH va uning ittifoqchilari ko‘z-qarashiga bog‘lab qo‘yilgan. Shu tariqa, hal qiluvchi va taqdiriy masalalar diplomatik tortishuvlarga aylanib qoldi va ular sovuq bayonotlar bilan yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu kabi bayonotlar xalqlarni g‘aflatga g‘arq etmoqda, dushmanni esa ishlar nazorat ostida ekanligi bilan ko‘nglini ko‘tarmoqda. Holbuki, bu masalalar yer va nomusni himoya qilish yo‘lida amaliy kurash maydonlariga aylanishi lozim edi.

Shuningdek, musulmon o‘lkalaridagi mavjud barcha rejimlar qatori, Misr rejimi ham bosqinchilarga qarshi jang qilishni farz etgan Islom aqidasiga muvofiq harakat qilmaydi. U faqat o‘zining tor manfaatlari va xalqaro aloqalariga, ayniqsa, yahudiy vujudi xavfsizligini himoya qilish va uning mavjudligini ta’minlashga xizmat qiladigan qadamlarni tashlaydi. Shu bois, uning javobi ommaviy fikr oldida obro‘ni saqlab qolishga urinishdan boshqa narsa emas. Biroq bu holat Misr rejimi bilan yahudiy vujudi o‘rtasidagi haqiqiy do‘stona munosabatlarning mohiyatini mutlaqo o‘zgartirmaydi.

Tahdid va bosqinchilikni kengaytirish loyihalarini o‘z ichiga olgan ushbu bayonotlar musulmonlarga qarshi navbatdagi urush e’lonidan boshqa narsa emas. Alloh Taolo bunday degan:

﴿وَلَا يَزَالُونَ يُقَٰتِلُونَكُمۡ حَتَّىٰ يَرُدُّوكُمۡ عَن دِينِكُمۡ إِنِ ٱسۡتَطَٰعُواْ﴾

«Ular to qo‘llaridan kelsa sizni diningizdan qaytarmaguncha sizlarga qarshi urush qilaveradilar»                                                        [Baqara 217]

Bu haqiqatning eng yorqin namunasi yahudiylardir. Chunki ular ahdlarni buzib, kelishuvlarni yo‘qqa chiqarishgan, musulmonlarga qarshi urush olib borishgan va Islom davlatiga qarshi mushriklar bilan ittifoq tuzishgan. Bugun esa ularning avlodlari ana shu tarixiy jarayonni yana takrorlashmoqda. Hatto, bundan tashqari, bosqinchilik, ko‘chirish, qatli om va vayronagarchilikni yanada kuchaytirishdi. Ularning bu qilmishlari eng shafqatsiz va jinoyatkorona tarzda, G‘arbning ochiq qo‘llab-quvvatlashi asosida amalga oshirilmoqda.

Yahudiy vujudi musulmon diyorlaridagi mavjud rejimlarga, jumladan Misr rejimiga, o‘z chegara qo‘riqchilari va xavfsizligi kafillari sifatida qaraydi. Ular ba’zan omma oldida tanqidiy so‘zlar almashishlari mumkin. Biroq haqiqat shuki, Misr rejimi Amerika chizib bergan doiradan chiqmay harakat qilmoqda. Bu doira esa yahudiy vujudi xavfsizligini barcha narsadan ustun qo‘yyapti, hatto uning yo‘lida musulmonlarning qoni va sharafini ham qurbon qilyapti.

Netanyaxuning bu bayonoti bilan Trampning avvalgi bayonotini bir-biriga bog‘lab ko‘rilsa, ularning ochko‘zligi faqat Quddus, G‘arbiy sohil va G‘azo bilan cheklanib qolmay, balki Sinay, Nil va Arab diyorlarining ayrim qismlarini ham qamrab olayotgani yaqqol ko‘rinadi. Bu siyosiy xayol emas, balki ularning adabiyotlari va oshkora e’lon qilingan rejalarining ajralmas qismidir. Shuning uchun ularga nisbatan sustkashlik qilish ularning maqsadlariga yetishlariga eshik ochib berish demakdir. Bu bayonotlar har bir musulmonga bunday deya qattiq bong urmoqda: dushmaning yeringni, tarixingni va diningni yo‘q qilish uchun reja tuzmoqda. Endi, xiyonat shartnomalarini himoya qilish yo‘lida emas, balki Alloh yo‘lida jihod qilish aqidasiga tayangan armiya bilan jiddiy harakatga kirishish vaqti keldi!

Ey Kinona Misri ahli!

Yahudiy yetakchilari va ularning G‘arbdagi qo‘llovchilarining bayonotlari aniq va ochiq nomalardir. Ularga quruq bayonotlar yoki diplomatik harakatlar bilan emas, balki dushmanni yangi voqelikni qabul qilishga majbur etadigan amaliy harakat bilan javob qaytarish lozim.

Ey Kinona qo‘shinlari!

Sizning kuch-qudratingiz va mamlakatingizning joylashuvi zimmangizga Alloh Taolo oldida ulkan mas’uliyat yuklamoqda. Bas, bugungi tarixiy fursatni qo‘ldan boy bermang! Chunki yahudiylarga qarshi jang aqida va mavjudlik jangi hisoblanadi. U faqat Falastin ozod qilinishi bilangina nihoyasiga yetadi. Shuning uchun sizning vazifangiz bu bosqinchi vujudga qarshi to‘liq urush e’lon qilish, uni muborak zamindan ildizi bilan qo‘porib tashlash, Falastinni to‘liq ozod qilish va Ummatdan tortib olingan hukmronlikni tiklashdir.

﴿وَلَيَنصُرَنَّ ٱللَّهُ مَن يَنصُرُهُۥٓۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ * ٱلَّذِينَ إِن مَّكَّنَّٰهُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ أَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُاْ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَمَرُواْ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَنَهَوۡاْ عَنِ ٱلۡمُنكَرِۗ وَلِلَّهِ عَٰقِبَةُ ٱلۡأُمُورِ﴾

«Albatta Alloh O‘ziga (ya’ni diniga) yordam beradigan zotlarga nusrat berur, shubhasiz Alloh kuchli, qudratlidir. Ularni (ya’ni musulmonlarni) agar Biz yer yuziga g‘olib qilsak – ular namozni barpo qiladilar, zakotni ado etadilar, ma’rufga buyurib, munkardan qaytaradilar. (Barcha) ishlarning oqibati Allohning (izmidadir)»                                                               [Haj 40-41]

Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Izohlar yo'q