Ulamolar Erdog‘anga xitob qildi

0
6

Ulamolar Erdog‘anga xitob qildi

G‘azoda davom etayotgan qatliom, ocharchilik va qirg‘inlarga qarshi musulmon rahbarlar va xalqlarning zimmasiga yuklangan vazifalarni muhokama qilish uchun Turkiyaning Van viloyatida yurt ulamolari rahbarligida yig‘ilish tashkil qilindi. Olimlar, nodavlat tashkilot vakillari va fikr yetakchilari ishtirok etgan yig‘ilishda Butunjahon musulmon ulamolari ittifoqining “G‘azo xalqiga qarshi davom etayotgan hujumlarga qurol va harbiy texnika bilan javob qaytarish Islom olamidagi har bir sog‘lom musulmonning burchi” ekanligi ta’kidlangan bayonoti ishtirokchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi e’lon qilindi.

Ma’lumki, bundan avval Butunjahon musulmon ulamolari ittifoqining Ijtihod va fatvo komissiyasi musulmonlar rahbarlariga va Islom Ummatiga diniy mas’uliyatini eslatuvchi fatvo chiqarib, unda jumladan: bosqinchi yahudiylarga qarshi qurolli jihod qilish har bir qodir musulmon uchun vojibligi, yahudiylar bosqinchiligiga qarshi Islom o‘lkalarining darhol harbiy aralashuvining farzligi, sionist ishg‘olchi rejim uchun quruqlik, dengiz, havo, suv yo‘llari, bo‘g‘ozlar va Islom o‘lkalarining havo hududlari yopib qo‘yilishi shartligi, Mujohidlar harakati harbiy, moliyaviy, siyosiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi diniy vojibotlardan ekanligi, sionist rejim bilan munosabatlarni normallashtirish hamda bosqinchi rejimni neft, gaz va shunga o‘xshash energiya manbalari bilan ta’minlash haromligi ta’kidlangan edi.

Yig‘ilishida ishtirok etgan ulamolar, nodavlat tashkilot vakillari va fikr yetakchilari ushbu bayonotning barcha moddalarini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashini ochiqlar ekan, Turkiya hukumatiga, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga hamda butun ulamolarga quyidagicha murojaat yo‘lladi:

“Avvalo, murojaatimizning asosiy muxotabi sifatida hukumatga va hukumat rahbari sifatida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga aytar so‘zimiz shuki, siz 7 oktabr hodisasidan oldin ham, keyin ham Quddus va G‘azo bilan birga ekanligingizni hamda G‘azo sizning qizil chizig‘ingiz ekanligini har yerda qayta-qayta ta’kidlab keldingiz. Biroq, oxirgi ikki yilda yetarli qurol-aslaha va mudofaaga ega davlatimiz Yaqin Sharqdagi eng kuchli armiyaga va to‘xtatuvchi kuchga ega bo‘lishiga qaramay, afsuski, Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etuvchi va mazlumlarning qalbiga taskin beruvchi qadamlar tashlamagani musulmonlarni qayg‘uga solib, G‘azoni halokat sari yetaklamoqda. Faqat qoralashning o‘zi Isroilga ta’sir qilmasligi ma’lum. Aynan shu o‘rinda biz davlatimizdan darhol aniq choralar ko‘rishni, Isroil bilan bevosita va bilvosita savdo-sotiqni to‘xtatishni, fuqarolik berilgan sionistlarning fuqaroligini bekor qilishni, Isroil bilan barcha harbiy, siyosiy va iqtisodiy aloqalarni uzishni, elchilarini chiqarib yuborishni va boykot davlat tomonidan amalga oshirilishini talab qilamiz.

Ey, payg‘ambarlarning merosxo‘rlari bo‘lgan ulamolar! Bu vahshiyliklar qarshisida jim turish, Abu Ubaydaning “Sizlar bizning dushmanimizsiz” tahdidiga nishon bo‘lish demakdir. Shunday ekan o‘rningizdan turing, viloyatlaringizda to‘planib, har yerga murojaat yo‘llang. Albatta shu kungacha qilgan harakatlaringiz va va’zlaringizni bebaho sanasak-da, biroq G‘azo uchun yana ko‘p ishlar qilinishi kerak, deb bilamiz. G‘azoni ozod qilish yo‘lida davlatning har bir qadamini qo‘llab-quvvatlashingizni bildiring. Xalqimizda G‘azoga nisbatan e’tiborni va musulmonlarning dardlari bilan dardlanish hissini paydo qilish uchun konferensiyalar, suhbatlar va uchrashuvlar kabi tadbirlar tashkil qiling.

Va nihoyat, davlatga, ulamolarga va Ummatga aytamizki: Allohdan qo‘rqing. Mazlumlarga dushman bo‘lishdan saqlaning. Yolg‘iz Allohga qullik qiladigan va faqat Undan yordam so‘raydigan mo‘minlar sifatida bandasidan aslo qo‘rqmang. O‘limdan qo‘rqmang. Azizlik bilan va o‘limlarning eng go‘zali bo‘lgan shahidlik bilan dunyodan ketishni sharaf deb biling. Bahslashguvchi kishilar (mana shunday mangu ne’matga yetish yo‘lida) baslashsinlar…”.

Izohlar yo'q