«O‘zaro talashib-tortishmangizki, u holda sustlashib, kuch-quvvatingiz ketur»

0
24

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

﴿وَلَا تَنَٰزَعُواْ فَتَفۡشَلُواْ وَتَذۡهَبَ رِيحُكُمۡۖ﴾

«O‘zaro talashib-tortishmangizki, u holda sustlashib, kuch-quvvatingiz ketur»

Shayx Yusuf Muxoraza – Baytul Maqdis

Ummat o‘z a’zolarini bog‘lovchi yagona birlik asosidagina uyg‘onadi va qudratga to‘ladi. Bu birlik aqida bo‘lib, u Ummatni boshqaradigan va yo‘naltiradigan nizomni belgilaydi. Aqida yagona bo‘lsa va nizom tartibga kelsa, Ummatning pozitsiyasi birlashadi va u yagona yurak urishi bilan harakatlanuvchi bir tanadek bo‘ladi. Shunda har bir shaxsning alohida kuchi hech narsa dosh bera olmaydigan, kuchli shamoldek jamoaviy qudratga aylanadi.

Shuning uchun yuqoridagi oyat Alloh Taoloning

﴿وَأَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ﴾

«Alloh hamda Uning payg‘ambariga itoat qilingiz»                     [Anfol 46]

degan so‘zlari bilan boshlanadi. Chunki Alloh va Uning Rosuli ﷺga itoat qilish yo‘nalishni birlashtirib, kuchlarni jamlaydi. Bu holat xuddi yurak hujayralarida elektr toki to‘planib, hayotni davom ettiruvchi yurak urishini hosil qiladigan jarayonga o‘xshaydi.

Ammo o‘zaro talashib-tortishuvlar boshlansa, Ummatning kuchlari bir-biriga qarshi yo‘nalib, birini biri yo‘q qiladi. Buning natijasida uning ta’siri kamayadi yoki butunlay yo‘qoladi. U kuchsiz va muvaffaqiyatsiz ahvolga tushib, na ta’sirga ega bo‘ladi va na qarshilik ko‘rsata oladi. Aksincha, parchalanib, dushmanlari uchun oson o‘ljaga aylanadi.

Shundan xulosa qilish mumkinki, Alloh va Uning Rosuli ﷺga itoat asosida birlashish musulmonlar birligining yagona yo‘lidir. Alloh Taolo aytadi:

﴿وَٱعۡتَصِمُواْ بِحَبۡلِ ٱللَّهِ جَمِيعٗا وَلَا تَفَرَّقُواْۚ﴾

«Barchangiz Allohning arqoniga bog‘laningiz va bo‘linmangiz!» [Oli Imron 103]

Allohning arqoni – Uning dini bo‘lib, uni mahkam ushlash Qur’on va Sunnatda kelgan asoslar ustida birlashish demakdir. Bu yo‘ldan og‘ish esa musulmonlarni dunyoda hech qanday salmoqqa ega bo‘lmagan, o‘zaro talashib-tortishuvchi olomonga aylantiradi.

Agar bugungi voqeligimizga nazar tashlasak, turli ko‘rinishlarda qarama-qarshiliklar mavjud ekanini ko‘ramiz. Ular ichida eng xatarlisi – siyosiy qarama-qarshilikdir. Uning hukmron rejimlar o‘rtasida yoki siyosiy partiyalar o‘rtasida bo‘lishining hech qanday farqi yo‘q.

Rejimlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikka kelsak, uning sababi shundaki, bu rejimlarni Ummatning o‘zi yaratmagan. Aksincha, ular mustamlakachi tomonidan Ummat ustiga yuklatilgan. Ma’lumki, bu mustamlakachi Ummatni parchalab, uning irodasini cheklab qo‘ygan bo‘lib, boshqaruv, ta’lim, iqtisod va boshqa sohalarda G‘arb g‘oyalariga asoslangan nizomlarni o‘rnatgan.

Bu nizomlarni o‘rnatishdan maqsad Ummatni doimo zaif va parokanda holda ushlab turish edi. Shu maqsadda sun’iy yaratilgan tuzilmalar o‘rtasida toifachilik va millatchilikka asoslangan kurashlar hamda hududiy ziddiyatlar qo‘zg‘atildi. Bu bilan Ummatni taqdiriy masalasidan chalg‘itish ko‘zlandi.

Bu tuzilmalarning ayrimlari esa urushlarni alangalatib, nizolarni avj oldirmoqda. Masalan, Birlashgan Arab Amirliklari boshchiligidagi Fors ko‘rfazi davlatlari G‘arb loyihalariga xizmat qilib, Yaman, Liviya, Sudan va boshqa hududlarda buzg‘unchilik ishlarini amalga oshirmoqda.

Siyosiy partiyalar o‘rtasidagi qarama-qarshilikka kelsak, garchi u ichki tusga ega bo‘lsa-da, xavf jihatidan boshqalardan qolishmaydi. Chunki bu partiyalarning aksariyati Ummat aqidasiga aloqasi bo‘lmagan yot saqofat va g‘oyalarga tayanadi. Ko‘pincha ular Ummatning kuch va imkoniyatlarini tor manfaatlar yo‘lidagi kurashlarga yo‘naltirib, partiyaviy yutuqlarni qo‘lga kiritish uchun harakat qiladi. Bu esa Ummatning birligi va qudratini yemirib, unga jiddiy ziyon yetkazadi.

Haqiqat shundaki, Ummat faqat o‘zini targ‘ib etib, bayrog‘i ostida sadoqat talab qiladigan partiyalar atrofida birlashmaydi. Aksincha, Alloh va Uning Rosuli ﷺga itoatga chorlaydigan va Islomiy davlatni barpo etishni maqsad qilgan partiya atrofida birlashadi. Zero, Islomiy davlat shariatni tatbiq etib, Ummatni Islom hukmronligi ostida birlashtiradi. Shunda shaxsiy iymon sifatidagi aqida aloqalarni boshqaruvchi va jamiyat ishlarini tartibga soluvchi keng qamrovli tuzumga aylanadi.

Birlashtiruvchi davlatsiz, Ummat parokanda bo‘lib, nizolar ichida qoladi, kuch-quvvati esa o‘zaro kurash va ixtiloflarga sarflanadi. Bu hol ojizlik va zaiflikni uzaytiradi. Ammo xolis kishilar o‘z harakatini roshid Xalifalikni barpo etishga qaratsa, Ummat Alloh xohlaganidek, yagona, qudratli va tirik Ummatga aylanadi. Shu davlatni barpo etish uchun harakat qilish shar’iy burch va hayotiy zaruratdir. Bu – bir asrlik tanazzuldan keyin azizlik va shon-shuhratni qayta tiklashning yagona yo‘lidir. Chunki Xalifalik zaiflashishi bilan boshlangan bu tanazzul chuqurlashib, biz xalqlar ichida eng zaifiga aylanib qoldik.

﴿لِمِثۡلِ هَٰذَا فَلۡيَعۡمَلِ ٱلۡعَٰمِلُونَ﴾

«Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt saodat) uchun amal qilsinlar!»                                                                               [Soffat 61]

Roya gazetasining 2025 yil 16 iyul, chorshanba kungi 556-sonidan

Izohlar yo'q