Matbuot bayonoti
78 yildirki «Mustaqillik kuni» nishonlanmoqda
Pokiston haqiqiy mustaqillikka faqat Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etgandagina erishadi
Bugun xalqaro tizimda «mustaqillik» deb targ‘ibot qilinayotgan narsa, aslida, oldindan rejalashtirilgan sahna ko‘rinishidan boshqa narsa emas. Haqiqiy ozodlik esa davlat o‘z ichki ishlari va tashqi munosabatlarini o‘z mabdaiga muvofiq tashkil etgandagina ro‘yobga chiqadi. «La ilaha illalloh, Muhammadun Rosululloh» deb chin dildan iymon keltirgan har qanday xalq faqat o‘z yurtida boshqaruv, iqtisod, jamiyat, ta’lim va adliya sohalarida Islom tuzumini tatbiq etgan holda, shu bilan birga da’vat va jihodga asoslangan tashqi siyosat yuritgandagina haqiqiy ozodlikka erishadi. Mustaqillikning asl mazmuni shu. Shu bois, Pokiston hali haqiqiy ozodlikka erishgani yo‘q.
Pokistonning asosiy siyosiy yo‘nalishlariga bir nazar tashlashning o‘ziyoq bu haqiqatni yaqqol ko‘rsatadi. Axir, Quddus va G‘azoga nisbatan siyosatimizni AQSH markaziy qo‘mondonligi, pentagon va AQSH davlat departamenti belgilamayaptimi? Kashmir bo‘yicha siyosatimiz Trampning e’tiborini jalb etish uchun yolvorishga borib taqalmaganmidi, holbuki bor-yo‘g‘i bir necha oy oldin uni to‘g‘ridan to‘g‘ri ozod qilish qudratiga egaligimizni amalda namoyon etgan edik?! Afg‘oniston bo‘yicha siyosat haqiqatdan ham bizning tashqi ishlar vazirligimiz tomonidan ishlab chiqilganmi yoki AQSH davlat departamenti vakillari hamda AQSH markaziy qo‘mondonligi harbiy qo‘mondonlari tomonidan belgilanganmi?! Bosh vazirlarimiz elektr energiyasi tariflarini pasaytirish uchun Xalqaro Valyuta Fondidan ruxsat so‘rayotganini uyalmay ochiq aytmayaptimi?! Pokiston sudlari hanuz ingliz umumiy huquqining mezonlariga tayanayotgani rost emasmi?! Yaqinda armiya qo‘mondonimiz o‘zining bevosita qo‘mondoni general Kurillaning nafaqaga chiqish marosimida qatnashish uchun AQSHga bormadimi?! Agar biz Kashmir yoki G‘azo uchun urush ocha olmasak, biroq Amerika urushlarida ishtirok etishga doimo shay tursak, bu qanday qilib «mustaqillik» deb ataladi?!
Pokiston dunyoda rasman tan olingan yetti yadroviy davlatdan biri. Shulardan beshtasi dunyoning turli hudud va jarayonlarini o‘z manfaatlariga muvofiq nazorat qilib, yo‘naltirib bormoqda: Fransiya va Britaniya Yevropa siyosatini boshqarmoqda; Amerika o‘z ko‘rsatmalarini butun dunyo bo‘ylab tatbiq etmoqda; Rossiya Sharqiy Yevropada mustahkam o‘rnashgan; Xitoy esa nufuzini izchil kengaytirmoqda. Hindiston esa mintaqada «politsiyachi»ga aylanish uchun faol harakat qilmoqda. Xo‘sh, Pokiston bu tenglamaning qayerida? Amerika xohlagan paytda Eron bilan yadroviy bitim tuzadi, bekor qiladi yoki qayta imzolaydi, biz esa hatto Eron bilan neft sotib olish bo‘yicha bitim tuzishga ham qodir emasmiz. Nega bunday? Bu qanday mustaqillik?
Ey Pokiston qurolli kuchlarining ofitser va askarlari!
Pokistonning haqiqiy mustaqilligi va ozodligi yo‘lidagi to‘siq resurslar yetishmasligi yoki xalq hamda harbiylarning g‘ayrat-jasorati kamligi emas; asosiy muammo – strategik va siyosiy yo‘nalishdan mahrum rahbariyatdir. Mavjud rahbariyat ag‘darilib, o‘rniga mabdaga sodiq, nusrat bay’atini berib, mamlakatda roshid Xalifalikni barpo eta oladigan rahbariyat kelishi zarur. Bu – haqiqiy mustaqillikning to‘g‘ri ta’rifidir. Ushbu maqsadni amalga oshirish va Pokistonni shu yo‘nalish sari yetaklash katta mas’uliyat bo‘lib, bu sizning zimmangizda. Hizb ut-Tahrir oldingizda mabdaga asoslangan ravshan konsepsiya bilan turibdi va sizga mukammal loyiha va programmani taqdim etmoqda. Bas, «Mustaqillik kuni»ning yetmish sakkizinchi yilligida haqiqiy mustaqillik libosini kiying, mustamlakachilikka asoslangan bu xalqaro tuzimni rad eting va «La ilaha illalloh, Muhammadun Rosululloh» bayrog‘i ostida yangi jahon tizimini barpo eting.
﴿وَأَنَّ هَٰذَا صِرَٰطِي مُسۡتَقِيمٗا فَٱتَّبِعُوهُۖ وَلَا تَتَّبِعُواْ ٱلسُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمۡ عَن سَبِيلِهِۦۚ ذَٰلِكُمۡ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمۡ تَتَّقُونَ﴾
«Albatta, mana shu Mening to‘g‘ri yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar! (Boshqa) yo‘llarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yo‘lidan uzib qo‘yar. Shoyad taqvo qilsangiz, deb sizlarni mana shu narsalarga buyurdi» [An’om 153]
Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi
matbuot bo‘limi