G‘azolik doktordan Erdo‘g‘anga maktub: “Bizni yordamsiz tashlab qo‘ydingiz!”

0
10

G‘azolik doktordan Erdo‘g‘anga maktub: “Bizni yordamsiz tashlab qo‘ydingiz!”

G‘azoda joylashgan Kamol Advan kasalxonasining mudiri doktor Sahr Hamad Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdug‘onga maktub yo‘lladi. Maktubda u musulmonlarning Erdog‘andan umidlari katta bo‘lganligini va bu umidlari puchga chiqqanini ta’kidladi.

Doktor Hamadning Maktubida jumladan shunday deyiladi:

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَانِ الرَّحِيمِ

Ayting: «(Xohlagan) amalni qilinglar. Bas, Alloh, Uning payg‘ambari va mo‘minlar qilgan amallaringizni ko‘rib turar». (Tavba: 105).

“Janob prezident, biz sizni yaxshi ko‘rardik, doim siz uchun (saylovlarda) g‘alaba tilab yurardik, haqiqat bayrog‘ini baland ko‘tarishingizni istardik, sizni mazlumlar tomonida deb bilardik, lekin siz…

Shuncha qirg‘inlar, qatag‘onlar va ochliklardan so‘ng G‘azoning eng og‘ir damlarida Turkiyaning ortga chekinishini va dunyodaning eng vijdonsiz, vashiy armiyasining qarshisida yolg‘iz tashlab qo‘yilganimizni ko‘rib, hayratga tushdik va chuqur qayg‘uga botdik.

Janob prezident, xalqaro tashkilotlar nazdidagi diplomatik sa’y-harakatlaringizni bir chetga surib qo‘ying; chunki ular o‘tmishda ham, hozirgi kunda ham, na qon to‘kilishining va na qirg‘inlarning oldini olishga muvaffaq bo‘ldilar. Siz xalqaro huquqqa hurmat ko‘rsatdingiz, ammo Allohning huquqlari-chi, u qayerda qoldi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari qayerda qoldi?

G‘azoda olti yuz kundan ortiq davom etgan qirg‘in, vayronagarchilik va qamal ostida minglab shahidlar berildi va o‘n minglab yaradorlar jabr ko‘rdi. Butun boshli bir xalq dunyo ko‘z o‘ngida bir tomondan qirg‘inlar, yana bir tomondan ochlik qamali bilan yo‘q qilinmoqda. Buni ko‘rmayapsizmi? Bu zulmning davom etishi sizning bizdan yuz o‘girishingiz emasmi?

Alloh buyurgan iymoniy birodarlik qayerda qoldi? Nutqlaringizda ifoda etgan birodarlik burchingiz qayerda qoldi? Masjidul-Aqso va Muqaddas yerlarga nisbatan zimmangizda farz bo‘lgan mas’uliyatingiz qayerda qoldi?

Alloh haqqi, janob prezident, biz sizdan harbiy yordam so‘ramadik – aslida bu ham haqqimiz – faqat suv, oziq-ovqat va zolimni to‘xtatib, mazlumlarni qutqarish uchun haqiqiy yordam koridari so‘radik. Vaholanki, zolimlar barcha qurol-aslahalarini, dastaklarini jinoyatchi va zolimlarga yetkazib berar ekan, siz bizga bir shisha suv ham, bir bo‘lak non ham yetkazib bera olmadingiz!

Allohning huzurida sizni nimadan muhosaba qilamiz? Farzandlarimizning qonidanmi? Qirg‘inlardanmi? Yoki sukunatingizdanmi?

Siz bir paytlar Netanyaxuga: “Bu urushni to‘xtatishing uchun yana qancha odam o‘lishini xohlaysan?”, degan edingiz. Bugun men sizdan so‘rayman: Sulton Abdulhamid kabi pozitsiyani egallashingiz uchun yana qancha shahid berimiz kerak?

Tarix bu haqida: “Prezident Erdog‘an davrida G‘azo qirg‘in qilindi, biroq buning oldi olinmadi”, deb yozadi.

Bu so‘zlar sizga ishongan va yordamingizni kutgan muxlisingizning tanbehli so‘zlaridir. Biz sevmaganlarimizni muhosaba qilmaymiz.

Sizga bo‘lgan muhabbatimiz Alloh uchun edi, lekin bugun sizning arab va Islom olamidagi boshqa rahbarlardan farqingiz qolmadi.

Biz xalqaro maydonda va dunyo hisob-kitoblariga ko‘ra zaif bo‘lishimiz mumkin, lekin Allohning nazdida va Uning yordami bilan biz juda va juda kuchlimiz.

Uchrashadigan joyimiz – haq huquqlar zoye bo‘lmaydigan joy … Allohning huzuridir …

“Alloh guvohki, siz bizni tark etding va biz ham sizni Allohning nazdida dushmanimiz deb e’lon qilamiz”.

Sizni huda sevishimizga qaramay, aynan sizning davringizda G‘azo vayron bo‘ldi. 60 000 dan ortiq odam halok bo‘ldi va siz shunchaki tomoshabin bo‘lib turibsiz …

G‘alaba Allohdan keladi, insonlardan emas.

Sizning so‘zlaringiz va barcha nutqlaringiz bo‘g‘izingizdan nariga o‘tmadi …

Afsuski, biz aldandik…

Izohlar yo'q