Ayman Safadiy «Kimda ikki davlat yechimidan o‘zga yechim bo‘lsa, marhamat, taqdim etsin!», dedi

0
14

Matbuot bayonoti

Ayman Safadiy «Kimda ikki davlat yechimidan o‘zga yechim bo‘lsa, marhamat, taqdim etsin!», dedi

Hizb ut-Tahrir esa shar’iy va amaliy yechimni ilgari ham taqdim qilgan, hozir ham taqdim qilmoqda

Iordaniya rejimi tashqi ishlar vaziri ikki davlat yechimiga muqobil yechim haqidagi savolida rostdan ham jiddiymi? Agar jiddiy bo‘lsa, unda javob beraylik!

Ayman Safadiy bu so‘zlarni 2025 yil 28 iyul, dushanba kuni Nyu-Yorkdagi BMT qarorgohida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyaning asosiy sessiyasida so‘zlagan nutqida aytdi. «Falastin muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish va ikki davlat yechimini amalga oshirish» mavzusidagi ushbu anjuman Saudiya Arabistoni va Fransiya hamraisligida o‘tkazildi.

Ey Safadiy! Soxta yahudiy vujudi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan «yechim»ni mamlakat ahli va butun Islom Ummatiga zo‘rlab tiqishtirgan sening Iordaniya rejimingdir. Falastin masalasini hal qilishda esa senlar murojaat qiladigan yagona manba – mamlakat rejimining do‘sti, yahudiy vujudining ittifoqdoshi, uni mustahkamlash, saqlab qolish va himoya qilishni o‘z zimmasiga olgan AQSH bo‘lib keldi. Bugungi kunda ham, G‘azo ahliga qarshi amalga oshirilayotgan qirg‘in va ochlik urushida yahudiylar bilan hamkorlik qilayotgan aynan shu AQSHdir.

Falastin muammosi paydo bo‘lganidan beri ikki davlat yechimidan boshqa yechim taklif qilgan har qanday shaxs – Iordaniya ahli, xolis faollar yoki jiddiy siyosiy partiyalardan – senlar tomoningdan qamalmadimi, qiynoqqa solinmadimi, davlat xavfsizligi sudlarida sudlanmadimi?! Ular turli ayblovlar, eng kamida «tuzumni ag‘darishga da’vat» degan tuhmatlar bilan jazolanmadi?! Nahotki, senlar rejiming xavfsizligi va mavjudligi dushmanning yechimlarini qabul qilishga bog‘liq bo‘lsa?!

Aniqki, senlarning siyosiy loyihalaring o‘tgan o‘nlab yillar davomida o‘zining muvaffaqiyatsizligini yaqqol namoyon qildi. Natijada mamlakat va xalq ta’rifga til ojiz bo‘ladigan darajada ayanchli ahvolga tushdi. Bu esa o‘z navbatida, yahudiy vujudiga, shuningdek, xalqaro tartibni boshqaruvchi mustamlakachi Amerika va Yevropa davlatlariga mutlaq tobe ekaningizni ochiq-oydin fosh etdi. «Ikki davlat yechimi» kabi mo‘tadil yoki boshqa turdagi yechimlar hech qachon asl yechim, ya’ni Alloh yo‘lida jihod qilish yechimini o‘rnini bosa olmaydi. Najot Islom davlatini qayta barpo etishda va Allohning shariatini hayotda hukmron qilishdadir. Faqat shundagina bu yurt va uning xalqi dushmanlar panjasidan ozod bo‘ladi. Ammo senlar shu dushmanlar safida yashashga va ularning xavfsizligini saqlashga harakat qilyapsanlar.

Biroq, yo‘q! Hargiz unday bo‘lmaydi! Chunki senlar Ummatdan emassanlar, Ummat ham senlardan emas. Zotan, senlarni bu yerga mustamlakachi kofir G‘arb olib keldi. Buni esa xalqqa zulukdek yopishib, unga itoat va taslim «yechimlari»ni singdirishlaring uchun qildi. Agar senlarda zarracha xolislik bo‘lganida, bu pastkash yahudiylar tomonidan – senlar aytayotgan – «ikki davlat yechimi» rad etilayotganini bila turib, hanuz unga chaqirishda davom etishmagan bo‘larding. Axir, Amerika ham Nyu-Yorkdagi BMT anjumanida «ikki davlat yechimi»ni «diplomatik harakatlarga zarar yetkazuvchi propaganda» deb atab, yahudiy vujudining bu yechimni rad etishini ochiq qo‘llab-quvvatlamadimi?! Nega senlar bu muvaffaqiyatsiz yechimni himoya qilishda davom etyapsanlar? Nega ba’zi Yevropa davlatlaridan umid qilib, ularning «Falastin davlati» deb atalgan, ammo amalga oshmaydigan, faqat soyadan iborat bir tuzumni tan olishlarini kutyapsanlar? Yoki bu «yechim»ning boshqa, ma’nosi bormi? Senlar esa shu yo‘lda, Falastin va Iordaniya ahlini aldash orqali, Falastin masalasini ular hisobidan batamom tugatishga yordam bermoqchimisanlar? Yoki odamlarni yolg‘on va’dalar bilan ko‘chirishga, yoki G‘arbiy Sohil aholisiga Iordaniya himoyasi (pasporti)ni berish orqali yahudiylarning ochko‘zlik va istaklarini qondirishga harakat qilyapsanlarmi?!

Senlarni rostdan ham «ikki davlat yechimi»ni xohlayapti, deb faraz qilsak ham, uni yahudiy vujudi va Amerikaga qabul qildirish uchun kuch kerak-ku! Senlardagi eng katta kuch xalqaro qonunga murojaat qilib, diplomatik shikoyat va qoralashlar bildirishdir. Holbuki, shu xalqaro qonunni sen, ey Safadiy, oldin o‘lik, deb ta’riflagansan?! Senlar ikki tanlov oldida qolganingni ko‘rmayapsanlarmi? Bu tanlov senlar himoya qilishni da’vo qilayotgan, aslida esa burnini yerga ishqalagan Iordaniya suverenitetini himoya qilish uchun yahudiy vujudini kuch bilan – ya’ni jang orqali – majburlashdan yoki bo‘lmasa butunlay bo‘yin egib, taslim bo‘lishdan iborat.

Sen, ey Safadiy, aslida foyda ham bermaydigan, ochlikdan ham qutqarmaydigan, mazmunsiz va quruq siyosiy nutqlar qilishda ustasan. Masalan, sening «Butun dunyo Isroilga qarshi chora ko‘rish vaqti keldi, chunki u ikki davlat yechimiga qarshi chiqmoqda», degan gaplaring shunchalik sharmandalikki, hatto zaif davlatlar ham bunday bayonot bermaydi. Axir, qaysi «dunyo»ga murojaat qilyapsan?! Yahudiy vujudining qatli om va qiynoqlariga sukut saqlayotgan dunyogami?! G‘azo ahlini och qoldirish va o‘ldirishda yahudiylar bilan sherik bo‘layotgan dunyogami?!

Agar mustamlakachi G‘arbning madaniy, siyosiy, harbiy va iqtisodiy hukmronligidan Ummatni qutqarish, shuningdek, yahudiy vujudini tag-tomiri bilan qo‘porib tashlash umidi bo‘lsa, bu maqsadga yetkazadigan yo‘l faqat bitta. U ham bo‘lsa, Islom Ummatining amaliy, moddiy birligi va unga hamroh bo‘ladigan qalblar birligidir. Biz, Hizb ut-Tahrir a’zolari, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish yo‘lida faoliyat qilayotgan ekanmiz, mana shu birlik uchun kurashmoqdamiz. Chunki aynan shu Xalifalik Ummatni o‘nlab yillardan buyon boshiga kelayotgan musibatlardan qutqaradigan yagona va haqiqiy yo‘ldir. G‘arbning qo‘rqib, oldini olish uchun kurashayotgani ham aynan Xalifalikdir. Ular bu kurashni yo to‘g‘ridan to‘g‘ri olib boradi, yoki senlarning rejimlaring o‘nlab yillardan beri quvib kelayotgan «ikki davlat yechimi» kabi soxta va taslimiyatchi yechimlarni tiqishtirish orqali amalga oshiradi. Bu yechimning haqiqiy geosiyosiy asosi yo‘q, hatto uni Yevropaning bironta davlati tan olsa ham, vaziyat o‘zgarmaydi. Agar rostdan ham samimiy bo‘lsang, mana haqiqiy yechim oldingda turibdi. Bor, bu yechimni hukmdorlaringa yetkaz! Yo‘q, agar samimiy bo‘lmasang, u holda senlarning «muxolif yechim bormi?» degan savoling ham o‘sha o‘lik xalqaro tizim minbarlarida vaysab kelayotgan quruq so‘zlardan boshqa narsa emas.

Haqiqiy, shar’iy va amaliy yechim Hizb ut-Tahrir qo‘lida. O‘z ahlini hargiz aldamaydigan bu Hizb, tashkil topgan kundan boshlab, butun da’vat yillari mobaynida ushbu yechimni taqdim etib kelmoqda. U ayni yechimni Iordaniya ahliga, Falastinga va unga yaqin barcha arab davlatlariga – hali narxi Ummat va rejimlar uchun ancha arzon bo‘lgan paytda, ishlar esa senlarning siyosatlaring va mustamlakachilarga tobeliging sababli bunday darajadagi xiyonat va sustkashlikka yetmasidan oldin – aniq va ochiq tarzda bayon qilgan edi. Bir so‘z bilan aytganda, bu yechim armiyalarni harakatga keltirib, yahudiy vujudiga qarshi jang qilish, butun Falastinni uning yovuzligidan ozod etish va odamlarning ularga yordam berish arqonini uzishdan iboratdir.

﴿إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَذِكۡرَىٰ لِمَن كَانَ لَهُۥ قَلۡبٌ أَوۡ أَلۡقَى ٱلسَّمۡعَ وَهُوَ شَهِيدٞ﴾

«Albatta bunda (ogoh) qalb egasi bo‘lgan yoki o‘zi hozir bo‘lgan holda (ya’ni sidqidildan) quloq tutgan kishi uchun eslatma-ibratlar bor»          [Qof 37]

Hizb ut-Tahrirning

Iordaniya viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Izohlar yo'q