Ey Azhar ulamolari! Agar haq so‘zni bugun aytmasangiz, u holda qachon aytasiz?!

0
13

Matbuot bayonoti

Ey Azhar ulamolari! Agar haq so‘zni bugun aytmasangiz, u holda qachon aytasiz?!

G‘azoda yahudiylar tomonidan sodir etilayotgan qatli om tobora avj olmoqda. Bolalar, ayollar va erkaklar ozuqa, dori-darmon va hatto suvdan mahrum qilinmoqda. Shunday bir paytda, Azhar «jinoyatkor yahudiy vujudi» tomonidan amalga oshirilayotgan «ochlik jinoyati»ni qoralab bayonot chiqardi. Ammo bu bayonot keyinchalik o‘chirib yuborildi! Nahotki, zolimga qarshi hayqiriq o‘chirilsa?! Nahotki, ulamolar qatli om qarshisida sukut saqlashsa?! Bayonot insonparvarlik ruhida bo‘lib, unda tirik vijdon egalari, xalqaro jamoatchilik va ta’sirga ega kuchlar chegaralarni ochish va yordam yetkazish ishlarini zudlik bilan yo‘lga qo‘yishga chaqirildi. Jinoyatkor yahudiy vujudi aholini och qoldirish jinoyatini sodir etayotgani fosh qilindi va u genotsid, yordamlarni to‘sish kabi jinoyatlarda ayblandi. Shuningdek, gumanitar tashkilotlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va xalqaro muassasalar tezkor ravishda chegaralarni ochish bo‘yicha chora ko‘rishga chaqirildi. Bayonot oxirida esa, Alloh Taolodan G‘azo ahli uchun nusrat berishini va zolimlardan ularning haqlarini qayta olib berishini so‘rab duo qilindi.

Lekin bayonotda eng muhim shar’iy vazifa, masalaning asl javhari tilga olinmagan. Gap shundaki, Azhar kabi yuksak minbardan armiyalarni harakatga kelishga chaqirish, yahudiy vujudini temir va o‘t bilan himoya qilayotgan rejimlarni ag‘darishga da’vat etish hamda ana shu chegaralarni yopib qo‘ygan, oziq-ovqatni to‘sib turgan va yahudiylar bilan til biriktirayotgan hukmdorning yuziga haq so‘zni qo‘rqmasdan aytish vojib edi.

Darhaqiqat, bayonot shar’iy burchdan voz kechib, zaif va ta’sirsiz insonparvar matnga aylantirildi. Unda xalqaro tizimdan yordam so‘ralmoqda, ya’ni musulmonlarni qonga botirgan urush jinoyatchilaridan najot izlanyapti. Holbuki, musulmonlarning o‘zlarida ham armiya, qurol-aslaha va iymon yetarli. Eng muhimi, ularda mazlumlarni himoya qilishni vojib qiladigan shariat mavjud.

Azhar haqni yashirmasdan, uni ochiq bayon qilishi lozim edi. Chunki rabboniy ulamolar faqat musibatlarni tasvirlash bilan kifoyalanmaydilar, balki haqni qat’iyat bilan aytadilar, jinoyatni o‘z nomi bilan jinoyat deydilar, til biriktiruvchilarni fosh etadilar va munkarni o‘zgartirishga ochiq da’vat qiladilar.

Biz, Hizb ut-Tahrir – Misr viloyati matbuot bo‘limi a’zolari, quyidagilarni qat’iyan ta’kidlaymiz:

Misr rejimi G‘azo ahliga qarshi sodir etilayotgan ochlik jinoyatida to‘liq sherik hisoblanadi. U G‘azoga hamdardlik bildiruvchi karvonlarni o‘z hududidan o‘tishidan to‘syapti, Rafah chegarasini yopib qo‘yib, yordam qo‘lini cho‘zganlarni hibsga olmoqda va ular uchun barcha yo‘llarni toraytirib tashlamoqda.

Misr rejimi haqida sukut saqlash yoki unga ko‘z yumish ochiq til biriktiruvdir. Uni va uning xo‘jayinlarini fosh etmaydigan bayonotlar esa nasihat to‘ni kiydirilgan xiyonatdir.

Shu o‘rida biz Azhar ulamolaridan, xususan uning shayxidan, talab qilamiz: agar chindan ham G‘azo ahli qoniga qayg‘urayotgan bo‘lsa, u holda, bu qo‘rqoqlik qamali qarshisida haq pozitsiyasini egallasin va Azhar masjidining minbaridan haq so‘zni ochiq va baland ovozda bunday e’lon etsin: «G‘azoga yordam berishni to‘sib kelayotgan rejim gunohkordir, bas, uni ag‘darish shart va unga qarshi chiqish farzdir. Qo‘lga qurol olib, G‘azo ahliga nusrat-yordam berish musulmon armiyalarining burchidir. Bu haqda sukut saqlagan har bir shaxs haqni yashiruvchi va jinoyatga sherikdir».

So‘zimiz nihoyasida, biz Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etishga bo‘lgan da’vatimizni yana bir bor takrorlaymiz. Chunki aynan shu Xalifalikkina Islomni to‘liq tatbiq etadi, armiyalarni harakatga keltiradi, yahudiy vujudini ildizi bilan qo‘porib tashlaydi va Aqso masjidi bilan birga butun Falastinni ozod qiladi.

Biz Kinona yurti armiyasini ushbu buyuk shar’iy vojibni ado etish yo‘lida biz bilan birga harakat qilishga chaqiramiz. Shoyadki, Alloh taolo ularni qabul qilib, o‘tgan gunohlarini mag‘firat qilsa. Ana shunda ular Islom dinining haqiqiy ansorlariga aylanadilar.

Allohim, tezroq Xalifalikni barpo etishimizga yordam ber, Misrni Xalifalik davlatining tayanchiga, Misr armiyasini uning ansorlariga aylantir!

﴿وَمَا لَكُمۡ لَا تُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلۡمُسۡتَضۡعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلۡوِلۡدَٰنِ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَآ أَخۡرِجۡنَا مِنۡ هَٰذِهِ ٱلۡقَرۡيَةِ ٱلظَّالِمِ أَهۡلُهَا وَٱجۡعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيّٗا وَٱجۡعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيرًا﴾

«(Ey mo‘minlar), sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va «Parvardigoro, bizni egalari zolim bo‘lgan bu shahardan ozod qil va bizga o‘z huzuringdan bir do‘st bergin, bizga o‘z huzuringdan bir yordamchi qilgin», deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat bo‘lgan bechoralar(ni ozod qilish) yo‘lida jang qilmayapsizlar?!»                                                                           [Niso 75]

 Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Izohlar yo'q