Yahudiy vujudining Eronga qarshi tajovuzi va uning oqibatlari

0
5

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Savolga javob

Yahudiy vujudining Eronga qarshi tajovuzi va uning oqibatlari

Savol:

Al-Arabiyya o‘z veb-saytida 2025 yil 27 iyun kuni quyidagini nashr qildi: (4 xabardor manbaning aytishicha, prezident Donald Tramp ma’muriyati Eronga tinch maqsadlarda yadroviy energiya dasturini barpo etish uchun 30 milliard dollargacha yordam ko‘rsatish imkoniyatini muhokama qilgan… Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, bu muhokamalar bu haftada – o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilganidan keyin davom etgan… Tramp ma’muriyati rasmiylari bir necha takliflar o‘rtaga tashlanganini tasdiqladi. Ular birlamchi va takomillashuvchi takliflar bo‘lib, muzokarani qabul qilmaydigan bitta o‘zgarmas band ham bor, u ham bo‘lsa «Eronda uranni boyitishni butunlay to‘xtatish» bandidir»). Tramp Eron bilan yahudiy vujudi o‘rtasida o‘zi tomonidan taklif qilingan o‘t ochishni to‘xtatish kuchga kirganini e’lon qilgan edi. (Netanyaxu Trampning taklifiga rozi ekanligini aytdi. Reyter agentligi yuqori martabali Eron rasmiylaridan birining so‘zlaridan iqtibos keltirishicha, u Tehronning Qatar vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga va Amerika taklifiga rozi bo‘lganini aytdi. Al Jazira, 2025 yil 24 iyun). Bularning barchasi Tramp kuchlari 2025 yil 22 iyunda Eronning yadroviy inshootlariga zarba berganidan keyin va yahudiy vujudi 2025 yil 13 iyundan boshlab Eronga qarshi to‘satdan keng ko‘lamli havo hujumini amalga oshirganidan keyin yuz berdi… Savol: Nega yahudiy vujudi to‘satdan qilingan bu tajovuzni amalga oshirdi, vaholanki u buni faqat Amerika buyrug‘i bilan qila oladi, shunday emasmi? Qolaversa, Eron Amerika orbitasida aylanadigan davlat emasmi? Shunday bo‘lsa, Amerika qanday qilib Eronning yadroviy inshootlariga zarba berishda ishtirok etishi mumkin? Javob uchun tashakkur.

Javob:

Javob aniq bo‘lishi uchun quyidagi ishlarni ko‘rib chiqamiz:

Ha, Eronning yadroviy dasturi yahudiy vujudi uchun qirg‘in keltiruvchi xatar hisoblanadi. Shuning uchun ham undan har qanday vosita bilan bo‘lsa-da xalos bo‘lishni istaydi. Shu sababdan ham u prezident Trampning 2018 yilda kelishuvdan chiqib ketganini olqishladi… Yahudiy vujudining pozitsiyasi aniq edi: u faqat Liviya modelini va Eronning o‘z yadroviy programmasini demontaj qilishini, ya’ni Eronning o‘z yadroviy programmasidan butunlay voz kechishini qabul qilardi, xolos. Shu maqsadda u Eron ichkarisida o‘z josuslarini ekib tashladi… Yahudiy vujudining hujumi birinchi kuniyoq Eron ichida agentlarning butun boshli armiyasi borligini, ular bir necha dirham evaziga yahudiy vujudi razvedkasi «mossad» bilan hamkorlik qilishlarini, dronlarning ehtiyot qismlarini tashqaridan olib kelib, ularni Eron ichidagi kichik ustaxonalarda yig‘ishlarini, ularni bir qancha nishonlarga, jumladan, Eron rejimi rahbarlarining manzillariga qarata ham uchirishlarini, bu esa Livanda yahudiy vujudi Eron hizbining yetakchilarini yo‘q qilgan ssenariy bo‘yicha amalga oshirilganini ochib qo‘ydi!
Amerikaning pozitsiyasi yahudiy vujudi uchun nafaqat asosiy tayanch, balki Eron yadroviy loyihasiga qarshi harakatlantiruvchi kuch bo‘ldi. Lekin Tramp buni amalga oshirish uchun stolga: muzokaralar yo‘li bilan hal qilish va harbiy yechimni qo‘ydi. Shunday qilib, 2025 yil aprel oyida Amerika va Eron muzokaralar uchun Ummonning Maskat shahriga yo‘l oldi. Tramp ma’muriyati uni – go‘yo yangi yadroviy kelishuvga o‘ta yaqin qolgandek – yadroviy muzokaralarda chuqur yon berishlar bo‘lgani uchun maqtadi. Tramp bu kelishuvga erishish uchun ikki oy muhlat belgilagan edi. Yahudiy vujudi rasmiylari esa Amerikaning mintaqa bo‘yicha vakili va Eron bilan birinchi muzokarachi Uitkoff bilan (Uitkoff ularni Eron delegatsiyasi bilan muzokaralarda kechayotgan voqealardan xabardor qilishi uchun) uning har bir uchrashuvidan oldin taxminan bir marta uchrashishardi…
Tramp ma’muriyati o‘zining ba’zi liderlarining qattiqqo‘l-shafqatsiz qarashini qabul qildi. Bunday qarash yahudiy vujudi uchun ayni muddao bo‘lib, u Yevropada ham mana shunday qarashlarning paydo bo‘lishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Yevropa davlatlari Amerikaning Eron bilan yolg‘iz muzokara olib borayotganidan, ya’ni Amerika Eron bilan bo‘ladigan har qanday kelishuvdan «sher ulushi»ni olayotganidan darg‘azab edi. Darvoqe, Eron yuzlab milliard dollarlar haqida gapirib Tramp ma’muriyati so‘lagini oqizayotgandi. Gap shundaki, Amerika kompaniyalari, aviakompaniyalar Eronga investitsiya yotqizib, neft va gaz shartnomalaridan va boshqa ko‘plab bitimlardan ulkan daromadlar olishi mumkin edi. Mazkur «yastrebcha»-shafqatsiz qarashlar Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE)ning ekstremistik hisoboti paydo bo‘lishi bilan yanada avj oldi. (Taxminan 20 yilga yaqin vaqtdan beri birinchi marta Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlik (MAGATE) boshqaruvchilar kengashi 2025 yil 12 iyun payshanba kuni Eronning yadroviy qurollarni tarqatmaslik bo‘yicha zimmasiga olgan o‘z majburiyatlarini buzayotganini e’lon qildi… Deutsche Welle, 2025 yil 12 iyun). Bundan oldin Eron murshidi uranni boyitishni to‘xtatishni rad etgandi: (Xomanaiy bunday dedi: «Muzokaralar taklifi o‘rtaga tashlangan ekan, men bu muzokaralarda bilvosita qatnashadigan va muhokamalar olib borayotgan ikkinchi tomonni – Amerika tomonini ogohlantirmoqchiman, behuda gaplar aytilmasligi kerak, ularning «Eronning uranni boyitishga ruxsat bermaymiz» degan so‘zlari katta xato; Eron u yoki bu shaxsdan ruxsat kutib o‘tirmaydi»… Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha vakili Uitkoff yakshanba kuni, Vashington Tehron bilan ehtimol tutilayotgan kelishuvda uranni boyitishning hech qanday darajasiga aslo rozi bo‘lmasligini aytdi. Uitkoff ABC Newsga bergan intervyusida bunday dedi: «Biz uranni boyitish imkoniyatining atigi bir foiziga ham yo‘l qo‘ya olmaymiz. Barcha narsa bizning nuqtayi nazarimizdan kelib chiqib, boyitishni o‘z ichiga olmaydigan kelishuv bilan boshlanadi». Eron interneshnl sahifasi, 2025 yil 20 may).
Eron uranni boyitishni to‘xtatishdan, Amerika uni qattiq turib talab qilishiga qaramasdan, bosh tortdi. Natijada amerika-eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Muzokaralar yakunlangani e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, lekin 2025 yil 12 iyunda MAGATE hisoboti chiqqanidan keyin, yahudiy vujudi Amerika bilan birgalikda bir kechada ishlab chiqilgan reja bo‘yicha, 2025 yil 13 yanvarda kutilmagan hujumni amalga oshirdi va Eronning Natanz shahridagi yadroviy inshootiga zarba berdi. U Eronning eng yirik uranni boyitish korxonasi bo‘lib, unda 14 ming sentrifugalar bor. Yahudiy vujudi bir qator suiqasdlarni amalga oshirib, armiya qo‘mondonlarini va Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondonlarini hamda yadroshunos olimlarni o‘ldirdi va raketa uchirgichlariga hujum qildi. Yahudiy vujudi o‘z hujumi sabablarini Netanyaxuning, Eron yadroviy qurolni yaratish bo‘yicha tadqiqot ishlarini va rivojlantirishni qayta boshladi, degan so‘zlari bilan oqlashga urindi (RT, 2025 yil 14 iyun), lekin Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarishni rejalashtirmagani va uning yadroviy programmasi tinch maqsadlarda ekanligiga ishonch hosil qilinishi uchun har qanday darajadagi xalqaro monitoringga rozi ekanligi haqidagi ko‘plab bayonotlari bu da’voni qat’iyan rad etib turibdi. Biroq haqiqat shuki, yahudiy vujudi hujumni amalga oshirish uchun Amerikaning «yashil chiroq» yoqib berishini kutib turgandi, qachonki u «yashil chiroq» yoqilib, bu «tuynuk» ochib berilganini ko‘rgach, hujumni boshladi…
Darhaqiqat, hech bir aqli raso odam, yahudiy vujudi Amerika yashil chiroq yoqib bermasa, bunday bir hujumni amalga oshira olishini tasavvur qilolmaydi va bu mutlaqo mumkin emas. (Amerikaning «Isroil»dagi elchisi Mayk Xakabi payshanba kuni, shaxsan u «Isroil»ning Qo‘shma Shtatlar tomonidan «yashil chiroq» yoqib berilmasa, Eronga hujum qilishini kutmasligini aytdi. Arab 48, 2025 yil 12 iyun). Tramp va Netanyaxu o‘rtasidagi 40 daqiqalik telefon suhbatidan so‘ng («Isroil» rasmiylaridan biri juma kuni «Tayms of Israyel» gazetasiga bergan intervyusida, Tel-Aviv va Vashington Donald Trampning faol ishtirokida Eronni uning yadroviy inshootlariga hujum ehtimoli yo‘qligiga ishontirish uchun «axborot va xavfsizlikka oid keng ko‘lamli dezinformatsiya kampaniyasi»ni amalga oshirganini ma’lum qildi. Uning izoh berishicha, «Isroil» ommaviy axborot vositalarida Tramp Netanyaxuni Eronga hujum qilish oqibatidan ogohlantirdi, deb da’vo qilingan ma’lumotlar sizdirildi, u ana shu sizdirilishlarni «aldash operatsiyasining bir qismi» deb atadi. Al-Jazira net, 2025 yil 13 iyun). Bularning barchasiga qo‘shimcha o‘laroq, hujum arafasida Amerika yahudiy vujudini hujum paytida qo‘llanilgan maxsus qurol-aslahalar bilan ta’minlagan: (Axborot raportlarida ma’lum qilinishicha, Amerika rasmiylariga ko‘ra Qo‘shma Shtatlar o‘tgan seshanba kuni «Isroil»ga 300ga yaqin AGM-114 Hellfire turdagi raketalarni yashirincha yetkazib berdi, Jerusalem Post gazetasiga ko‘ra, rasmiylar Vashingtonning juma kuni tongda «Isroil»ning Eron yadroviy va harbiy obyektlariga zarba berish rejalari haqida oldindan bilganligini tasdiqlashgan. Ular, shuningdek, Amerika havo mudofaa sistemalari keyinchalik hujumga javoban otilgan Eronning 150 dan ortiq ballistik raketalarini tutib olishda yordam berganini ma’lum qilishdi. AQSH mudofaa vazirligining yuqori martabali mulozimlaridan biri Hellfire raketalari ««Isroil» uchun foydali bo‘lganini» aytib, «Isroil» harbiy havo kuchlari 100 dan ortiq samolyotdan Inqilob qo‘riqchilari korpusining yuqori martabali zobitlari, yadroshunos olimlar hamda Isfahon va Tehron atrofidagi qo‘mondonlik markazlariga zarba berish uchun foydalanganini ko‘rsatib o‘tdi. RT, 2025 yil 14 iyun).
Shunday qilib, Tramp ma’muriyati, yahudiy vujudi hujumini shok va qo‘rquvga soladigan faol va ta’sirli qilish uchun, u o‘zi bilan muzokara olib borayotgan Eronni chalg‘ituvchi ishni amalga oshirdi. Amerika bayonotlari shuni ko‘rsatib turibdi, ya’ni Amerika yahudiy vujudi hujumini Eronni yadroviy muzokaralarda yon berishlarga majburlovchi omil bo‘lishini istadi. Bu esa ushbu hujum Amerikaning muzokaralardagi qurollaridan biri bo‘lganini anglatadi. Bu – Amerikaning yahudiy vujudi hujumini, u o‘zini-o‘zi mudofaa qilishdir, deb ochiqdan-ochiq himoya qilishi, yahudiy vujudini qurol-aslaha bilan ta’minlashi va Eronning javob zarbasini qaytarish uchun Amerika samolyotlari va havo mudofaa sistemasini ishga solganligi bilan bog‘liqdir. Bularning barchasi mazkur hujumni deyarli to‘g‘ridan to‘g‘ri Amerika hujumi darajasiga olib chiqdi. Ana shu Amerika bayonotlaridan biri, Trampning yakshanba kuni Kanadadagi «katta yettilik» sammitiga ketayotib jurnalistlarga bergan intervyusida aytgan so‘zlaridir: («Biron kelishuvga erishishdan oldin ba’zi janglarga kirishishdan boshqa iloj yo‘q». ABC telekanaliga bergan intervyusida Tramp Qo‘shma Shtatlarning Eron yadroviy programmasini yo‘q qilishda «Isroil»ni qo‘llab-quvvatlash uchun aralashishi mumkinligini ko‘rsatib o‘tdi… Arab 48, 2025 yil 16 iyun).
Amerika bu urushdan, Tramp («Biron kelishuvga erishishdan oldin ba’zi janglarga kirishishdan boshqa iloj yo‘q» deb aytganidek, Eronni bo‘ysundirishning quroli sifatida foydalanmoqda. Buni Trampning ushbu hujumni, ««Isroil»ning Eronga qilgan hujumi zo‘r bo‘ldi» deb baholagani ham tasdiqlab turibdi. U «eronliklarga fursat berganini va ular bundan foydalanmaganliklarini, shuning uchun juda qaqshatqich zarba yeganliklarini» ham aytib ««kelgusida bundan-da yomon bo‘lishini» ta’kidladi… ABC, 2025 yil 13 iyun). Tramp yana bunday dedi: («Eronliklar» muzokarani istashmoqda, lekin ular buni oldinroq qilishlari kerak edi, menda 60 kun, ularda 60 kun bor edi, 61-kuni hech qanday kelishuvimiz yo‘qligini aytdim…». SNN, 2025 yil 16 iyun). Bu bayonotlar Amerika yahudiy vujudining bu havo hujumini boshlashiga nafaqat ruxsat berganini, balki unga shunday qilishni sekingina uqtirganini ham aniq ko‘rsatib turibdi. Tramp TruthSocialda bunday deb yozdi: («Eron men ulardan imzolashni talab qilgan «yadroviy kelishuv»ni imzolashi kerak edi…» U qo‘shimcha qilib dedi: «Qisqasi, Eron yadroviy qurolga ega bo‘la olmaydi, men buni bir necha marta va qayta-qayta aytganman». RT, 2025 yil 16 iyun). Yahudiy vujudining bir rasmiysi Amerikaning Erondagi Fordo inshootini bombardimon qilishda ishtirok etishi xususida izoh berar ekan, (Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi harbiy amaliyotga qo‘shilishi mumkinligini» aytib, Trampning «Isroil» Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan telefon orqali so‘zlashganida, u kerak bo‘lsa shunday qilishini aytganiga e’tiborni qaratdi. Al-Arabiya, 2025 yil 15 iyun).
Amalda ham shunday bo‘ldi. Chunki 2025 yil 22 iyun yakshanba kuni tongda Tramp (Eronning 3 yadroviy inshootiga zarba berilganini e’lon qilib, Amerika zarbasi muvaffaqiyatli bo‘lganini ta’kidladi. Tramp Fordo, Natanz va Isfaxon yadro obyektlari nishonga olinganini ko‘rsatib o‘tar ekan, Eronni tinchlik o‘rnatishga va urushni to‘xtatishga chaqirdi. O‘z navbatida, Amerika mudofaa vaziri Bert Xegset Amerika zarbasi Eronning yadroviy ambitsiyalarini yo‘qqa chiqarganini ta’kidladi. VVC, 2025 yil 22 iyun). (CNN dushanba kuni kechqurun Eronning Qatardagi al-Adid Amerika bazasiga qisqa va o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketalar bilan hujum qilgani haqida xabar berar ekan, bu havo bazasida joylashgan Amerika harbiy samolyotlari o‘tgan hafta oxirida boshqa joyga ko‘chirilganini ko‘rsatib o‘tdi… Reyter agentligi ham: «Eron o‘zining Qatarga hujum qilishi haqida Qo‘shma Shtatlarni bir necha soat oldin xabardor qilgan va jumladan, Davhani ham…». Sky News Arabia, 2025 yil 23 iyun). Shuning uchun ham Tramp dushanba kuni («Eronga bizni oldindan xabardor qilgani uchun tashakkur bildirmoqchiman, bu qurbonlar bermaslik imkonini berdi», dedi. Sky News, 2025 yil 24 iyun).
Amerika va yahudiy vujudining bu hujumlari va Eronning javob zarbalari oqibatida ulkan moddiy zararlar va insoniy qurbonlar bo‘ldi: (Eron sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining aytishicha, mojaro boshlanganidan beri «Isroil»ning zarbalari oqibatida 610 kishi shahid bo‘ldi va 4746 kishi jarohat oldi, 13 iyundan beri qurbonlar soni 28 nafarga ko‘paydi. VVC News, 2025 yil 25 iyun). Ushbu hujumlardan keyin, Tramp boshida yahudiy vujudini Eronga qarshi tajovuzga gijgijlab, unda o‘zi ham ishtirok etgani kabi, hozirga kelib esa u o‘t ochishni to‘xtatganini hamda yahudiy vujudi va Eron bunga rozi bo‘lganini e’lon qilmoqda. Go‘yoki, ikki taraf o‘rtasidagi urushni idora qilayotgan ham, uni to‘xtatayotgan ham Trampning o‘zi bo‘lyapti! «Tramp Eron bilan yahudiy vujudi o‘rtasida o‘zi taklif qilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganini e’lon qildi»… (Netanyaxu Trampning taklifiga rozi ekanligini aytdi. Reyter agentligi yuqori martabali bir eron rasmiysiga tayanib xabar berishicha, Tehron Qatar vositachiligida va Amerika taklifi bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Al-Jazira, 2025 yil 24 iyun). Bu esa shuni anglatadiki, Tramp alanga oldirgan va so‘ngra to‘xtatgan bu urushdan maqsad – Eronning yadroviy va raketa qurollari potensialini yo‘q qilish bo‘lgan. Gaagadagi NATO sammitiga jo‘nab ketish oldidan jurnalistlarga bergan intervyusida Tramp («Eronning yadroviy potensiali yo‘q qilindi va u yadroviy programmasini hech qachon tiklay olmaydi», dedi. U so‘zini davom ettirib: «Isroil» endi Eronga hech qachon hujum qilmaydi. Zero o‘t ochishni to‘xtatish kuchga kirdi», dedi. Al-Jazira, 2025 yil 24 iyun).
Endi Eronning Amerika orbitasida aylanishiga kelsak, ha, Eron Amerika orbitasida aylanib, Amerika manfaatlarini amalga oshirish orqali o‘z manfaatlariga erishmoqchi bo‘lgan davlatdir. Shu maqsadda u Amerikaning Afg‘oniston va Iroqni bosib olishiga va uning bu o‘lkalardagi bosqinchiligini mustahkamlashga yordam berdi. Eron Amerika malayi Bashar Asadni himoya qilish uchun Suriyaga aralashdi, shuningdek, Yaman va Livanga ham aralashdi. U shu orqali o‘zining ushbu mamlakatlardagi manfaatlariga erishmoqchi va hatto Amerika orbitasida aylanib bo‘lsa ham, mintaqada eng yirik regional davlat bo‘lmoqchi! Lekin u, Amerika o‘zining orbitasida aylanadigan har qanday davlatdan keladigan manfaatni nihoyasiga yetdi, degan fikrga kelib, haligi davlatning roli va quvvatini qisqartirmoqchi bo‘lsa, unga diplomatik bosim qilishini, kerak bo‘lsa, harbiy bosim o‘tkazishini nazardan qochirdi. Eron bilan oxirgi hujumlarda xuddi shunday hol yuz berdi. Bundan maqsad orbitada aylanadigan davlatni jazolashdir… Binobarin, Amerika o‘zi buyurgan va dastaklagan, yahudiy vujudi esa amalga oshirgan mana shu hujum orqali harbiy qo‘mondonlarni, ayniqsa yadroshunos olimlarni va maslahatchilarni yo‘q qildi. Bu qo‘mondonlar, olimlar va maslahatchilar oxirgi paytlarda – Amerikaning istagiga qarshi o‘laroq – yahudiy vujudi bilan muomala qilishda o‘zlarining mustaqil ra’ylari bo‘lishga urinishayotgan edi. Amerika bunday davlatlarni nazar-pisand qilmaydi, ularga parvo qilmaydi. Chunki u bu davlatlarning oxir-oqibat Amerika ishlab chiqqan yechimni qabul qilishini yaxshi biladi!
Aynan mana shu narsa Amerikaning o‘t ochishni to‘xtatishdan keyingi rejasida ochiq ko‘rina boshladi. Bundan maqsad Eronning yadroviy harbiy qurol-aslahasiga barham berishdir: (SNNga ko‘ra, 4 xabardor manbaning aytishicha, prezident Donald Tramp ma’muriyati Eronga tinch maqsadlarda yadroviy energiya programmasini barpo etish uchun 30 milliard dollargacha yordam ko‘rsatish imkoniyatini, sanksiyalarni yumshatishni va Eronning muzlatilgan milliardlab dollar mablag‘larini ozod qilishni muhokama qilgan. Bularning barchasi Tehronni muzokaralar stoliga qaytarishga bo‘lgan jadal sa’y-harakatning bir qismidir. O‘sha manbalarning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar va Yaqin Sharqdan iborat asosiy o‘yinchilar eronliklar bilan parda ortida, hatto Eron va «Isroil»ga so‘nggi ikki hafta orasida harbiy zarbalar to‘lqini tushishi girdobi sharoitida ham, muzokaralar olib bormoqda. Mazkur manbalarning qo‘shimcha qilishicha, ushbu munozaralar o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilganidan keyin, bu haftada davom yetgan. Tramp ma’muriyati rasmiylari bir necha takliflar o‘rtaga tashlanganini tasdiqladi. Ular birlamchi va takomillashuvchi takliflar bo‘lib, muzokarani qabul qilmaydigan bitta o‘zgarmas band ham bor, u esa «Eronda uranni boyitishni butunlay to‘xtatish» bandidir»… Al-Arabiyya, 2025 yil 27 iyun).
Oxirida shuni aytamizki, bu Ummatning musibati uning hukmdorlaridadir. Chunki Eron o‘ziga hujum bilan tahdid qilinganiga qaramay, o‘zini mudofaa qilish uchun birinchi bo‘lib hujum qilishga shoshilmayapti. Vaholanki, hujum yahudiy vujudiga qarshi eng yaxshi mudofaa vositasidir. Eron bunday qilmadi, aksincha o‘zining inshootlariga zarba berilib, olimlari o‘ldirilguniga qadar jim turaverdi. Ana shundan keyingina javob zarbasini berdi. Amerika hujumiga nisbatan ham shunday pozitsiyada turdi. Shundan so‘ng Tramp o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qildi, yahudiy vujudi va Eron bunga rozi bo‘ldi… Ana shundan keyin, ko‘rib turganingizdek, Amerika muzokaralarni idora qilmoqda, takliflarni o‘rtaga qo‘ymoqda va «Eronning uranni boyitishi butunlay to‘xtatilishi» muzokarani qabul qilmaydigan qat’iy yechim ekanini aytmoqda! Biz bu urushning yahudiy vujudi bilan har qanday tinchlikka yoki Eronni qurolsizlantirishga olib borishi oqibatidan ogohlantiramiz… Musulmonlar yurtlaridagi boshqa hukmdorlar haqida, ayniqsa yahudiy vujudi atrofida joylashgan yurtlarimizdagi hukmdorlar haqida aytadigan bo‘lsak, dushman samolyotlari ularning boshi uzra uchib o‘tib, musulmonlar yurtlarini bombardimon qilyapti va bemalol o‘z bazasiga qaytyapti, ularga bir donagina bo‘lsin o‘q otilmayapti!! Bu hokimlarni Amerika barmog‘i bilan o‘ynatadi… Ular gapni aylantirib, o‘zlarining tek o‘tiraverishlarini xaspo‘shlashga urinishadi, soxta chegaralarni muqaddas sanashadi. Ular musulmonlarning yurtlari – yer yuzining eng chekka yoki yaqin qismida bo‘lsin – bir butun ekanini, mo‘minlarning tinchligi ham, urushlari ham bitta ekanini, modomiki musulmon ekanlar, mazhablari ularni bo‘lib tashlashi aslo to‘g‘ri emasligini unutishdi yoki o‘zlarini unutganga solishdi! Bu hukmdorlar hozirgi ahvollarida allaqachon o‘lib bo‘lishgan. Ular Amerikaga bunday xorlarcha bo‘yin egishlari bilan o‘zlarini najot topuvchi deb o‘ylashmoqda. Vaholanki, Amerika ularni bittama-bitta qurolsizlantirishini, yahudiy vujudiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan qurol-aslahalardan bittama-bitta mahrum etilishlarini tushunishmayapti. Masalan, Amerika Suriyada – yahudiy vujudining u yerdagi harbiy inshootlarni vayron qilishiga ruxsat bergan paytda – ayni shu ishni qildi. Eronda ham xuddi shunday qilmoqda. Binobarin bu hukmdorlarga dunyoyu oxiratda xorlik ustiga xorlik meros qoladi, xolos.

﴿سَيُصِيبُ ٱلَّذِينَ أَجۡرَمُواْ صَغَارٌ عِندَ ٱللَّهِ وَعَذَابٞ شَدِيدُۢ بِمَا كَانُواْ يَمۡكُرُونَ﴾

«Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib o‘tgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob yetajakdir»                    [An’om 124]

Shunday ekan, aqllarini ishlatishmaydimi? Yoki ular oyatda

﴿صُمُّۢ بُكۡمٌ عُمۡيٞ فَهُمۡ لَا يَعۡقِلُونَ﴾

«Kar, soqov, ko‘rdirlar. Demak tushunmaydilar»                          [Baqara 171]

deb aytilgan kimsalarmi?

Ey musulmonlar: Hukmdorlaringiz sizlarni xoru zorlik, mustamlakachi kofirlarga qaramlik, hatto peshonasiga xorlik va miskinlik bitib qo‘yilgan yahudiylarga, Muborak yerni bosib olayotgan yahudiylarga qaramlik ahvoliga solishayotganini ko‘rib, eshitib turibsiz!… Sizlar, hech shubhasiz, faqat Islom va Islom davlati bo‘lmish Roshid Xalifalik bilan aziz bo‘lishingizni yaxshi bilasiz. Bu davlatda ortida turib jang qilinadigan va himoyalaniladigan Roshid xalifa sizlarga qo‘mondonlik qiladi. U Allohning izni ila sodiq mo‘minlar qo‘li bilan, albatta, bo‘ladi va Rosululloh ﷺning

«لَتُقَاتِلُنَّ الْيـ هود فَلَتَقْتُلُنَّهُمْ»

«Albatta yahudiylarga qarshi jang qilasizlar va ularni o‘ldirasizlar», degan so‘zi, so‘zsiz, amalga oshadi. O‘shanda butun yer yuzi Qaviy, Aziz, Hakim Allohning nusrati ila nurga cho‘madi…

So‘zim xotimasida shuni aytamanki, o‘z ahlini aldamaydigan yetakchi Hizb ut-Tahrir sizlarni roshid Xalifalikni yangidan qurish uchun o‘ziga yordam berishga va u bilan ish olib borishga chaqiradi. Zero, o‘shanda Islom va uning ahli aziz bo‘ladi, kufr va uning ahli esa xor bo‘ladi. Bu esa Buyuk Zafardir.

﴿وَيَوۡمَئِذٖ يَفۡرَحُ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ + بِنَصۡرِ ٱللَّهِۚ يَنصُرُ مَن يَشَآءُۖ وَهُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴾

«O‘sha kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi xohlagan kishiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]

3 Muharram 1447h

28 iyun 2025m

Izohlar yo'q