Pokiston hukumati Trampni Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi

0
69

Pokiston hukumati Trampni Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi

Pokiston hukumati AQSH prezidenti Donald Trampni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga rasman nomzod qilib ko‘rsatdi. Bu haqida juma kuni e’lon qilingan bayonotda, Tramp “Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi inqirozni hal qilishda qat’iy diplomatik aralashuvi va yetakchiligi uchun” mukofotga loyiq ekanligi ta’kidlandi.

Izoh:

Eslatib o‘tamiz, Hindiston va Pokiston bir-biriga otgan raketa zarbasidan so‘ng 10 may kuni otashkesim bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Bu voqeada Pokiston “havo kuchlari” butparast hind armiyasining zaifligini fosh qilar ekan, musulmon armiyasining kuchli mavqeyini ham ko‘rsatib qo‘ydi. Biroq, Pokiston hukumatining hujumga yo‘l qo‘ymay, faqat mudofaa bilan cheklanishi va Trampning so‘ziga amal qilishi tinchlik bitimini tuzishga olib keldi.

Islomiy o‘lka rahbarlarining bunday xiyonatlari va o‘z xo‘jayinlariga tilyog‘lamachilik qilishlari birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. Pokiston hukumatining bu taklifi musulmonlarni qirg‘in qilgan va ularga qarshi urush ochgan qonxo‘rlarga hurmat-ehtiromdir. “Nobel” deb ataladigan mukofot ro‘yxatiga Falastin xalqini qirg‘in qilgan va ko‘plab jinoyatlar sodir etgan Shimon Peres va Is’hak Rabin hamda Myanmaning sobiq davlat rahbari Aun San Su Chji ham kiritilgan. Ko‘rinib turibdiki, G‘arb nuqtayi nazariga ko‘ra musulmonlarni ayovsiz qirg‘in qilganlar mukofotga loyiq sanaladi. Ularning o‘ziga ham, mukofotlariga ham, ularni mukofotga loyiq ko‘rsatayotganlarga ham la’nat bo‘lsin.

Holbuki, Tramp hokimiyatga kelganidan beri  G‘azo qirg‘inining kuchayishini qo‘llab-quvvatlab, falastinliklarni G‘azodan quvib chiqarishga majbur qilib kelmoqda. Shuningdek, u Yaman, Livan, Sudan, Suriya va oxirgi paytlarda Eronda musulmonlar qonining to‘kilishiga katta hissa qo‘shmoqda.

Binobarin, Vashingtondagi fir’avn roziligini olmoqchi bo‘lgan xoin hukmdorlarning bu taklifi, eng kamida, Ummatning ustidan kulish hisoblanadi. Tramp ma’muriyatining hozirgi harakatlari uning musulmon mamlakatlaridagi kuchini emas, balki zaifligini ko‘rsatmoqda. AQSHning avvalgi loyihalarining muvaffaqiyatsizligi hozirda uni zaiflashtirib, strategiyasini o‘zgartirishga majbur qilmoqda. U Eronning ta’sirini kengaytirish va mintaqani nazorat qilish uchun mazhabchilikdan foydalanar edi. Endi esa zaiflashib qolgan yahudiy vujudiga tayanishga majbur. Amerikaning o‘zi ichki bo‘linishlarga duch kelmoqda. Tramp esa o‘z qo‘llari bilan dunyo tartibini buzmoqda! Bu Islom Ummati uchun Amerika mustamlakachiligidan butunlay qutulish va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni tiklash uchun ajoyib imkoniyatdir. Musulmonlarni qirg‘in qilib qonini to‘kkanligi uchun mukofotga sazovor bo‘layotgan qonxo‘rlardan faqat mana shu Xalifalik davlati qasos oladi va musulmonlarning farovonligini kafolatlaydi! Alloh Taolo aytadi:

﴿إِنَّهُمْ يَرَوْنَهُ بَعِيداً * وَنَرَاهُ قَرِيباً﴾

“Chunki ular u (Kun)ni uzoq deb bilurlar, Biz esa uning yaqinligini bilurmiz!”.

Nurdin Asanaliyev

Izohlar yo'q