Matbuot bayonoti
Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati «Falastin, Kashmir va Arakan – yagona yechim Xalifalikdir!» nomli norozilik namoyishlarini o‘tkazdi
2025 yil 23 may, juma kuni Hizb ut-Tahrir Bangladesh viloyati Juma namozidan so‘ng Dakka va Chittagong shaharlaridagi bir qator masjidlar oldida norozilik namoyishlarini o‘tkazdi. Ushbu namoyishlar yahudiy vujudi G‘azo sektorida to‘liq nazorat o‘rnatish maqsadida amalga oshirayotgan yangi tajovuzga qarshi o‘tkazildi.
So‘zga chiqqanlar G‘azodagi musulmonlarning hozirgi ahvolini tasvirlab, shunday dedilar: yahudiy vujudi G‘azo ustidan to‘la nazorat o‘rnatish va omon qolganlarni majburiy ko‘chirish uchun keng ko‘lamli hujumni rejalashtirmoqda. Ushbu keng ko‘lamli hujumning birinchi bosqichi «Gideon aravalari» nomi bilan boshlandi. Odamlar so‘nggi vasiyatlarini yozmoqda. Ota-onalar nimtalangan tana a’zolar orasidan o‘z farzandlarini tanib olishlari uchun farzandlarining qo‘llariga ismlarini yozib qo‘ymoqda. Yahudiylar G‘azoning turli hududlariga qarshi uyushtirgan hujumlarda 36 soat ichida kamida 250 falastinlik musulmon o‘ldirildi. Shu jumladan Xon Yunusdagi Mavosiy mintaqasiga qilingan havo hujumida 24 kishi tiriklayin yoqildi, ular orasida go‘daklar ham bor. Bugina emas, 11 haftadan beri gumanitar yordamlar kiritilishi man qilingani tufayli, oziq-ovqat tanqis bo‘lib, bolalar ocharchilikni boshdan kechirmoqdalar. Hatto, BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari 2025 yil 19 mayda 48 soat ichida gumanitar yordamlar yetkazilmasa g‘azolik 14 ming go‘dak ochlikdan halok bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Nihoyat, o‘tgan dushanba kuni bor-yo‘g‘i 5 ta yordam yuk mashinasi kiritildi. Ularning 2 tasiga kafanliklar yuklangan edi!
Darhaqiqat, Islom Ummatining naqadar g‘azabnok ekanligi va norozilik namoyishlarini o‘tkazayotganiga qaramay, hukmdorlar yahudiylar zo‘ravonligini qo‘llab-quvvatlayotgan Amerika manfaatlarini himoya qilishda musobaqalashayotganini ko‘rmoqdasiz. Bunga yaqinda arab hukmdorlari AQSH bilan milliardlab dollarlik qurol-yarog‘ kelishuvini imzolashgani va Trampga hashamatli uchoq sovg‘a qilishgani yaqqol misol bo‘ladi. Bangladeshdagi muvaqqat hukumat esa, Amerikaning mintaqadagi manfaatini himoya qilish uchun «gumanitar koridor»ni taklif qildi. DP World kompaniyasiga portni topshirish orqali AQSHning geosiyosiy maqsadlariga xizmat qilmoqda. Musulmon hukmdorlarining Amerikaga tobelik siyosati esa, yahudiy vujudining musulmonlarga qarshi ayovsiz hujumlarini davom ettirishga undamoqda.
So‘zga chiqqanlar quyidagilarni qo‘shimcha qildilar: musulmonlarga nisbatan tobora kuchayib borayotgan tajovuzlar Falastin bilangina cheklanib qolmadi, balki yer yuzi bo‘ylab tarqalmoqda. Biz mustamlakachilarning Rohinga musulmonlariga qarshi til biriktirishganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Chunki ularni o‘ldirib va majburiy ko‘chirib kelayotgan isyonchi Arakan armiyasiga topshirish uchun «gumanitar koridor» rejalashtirildi. Hind hukumati Kashmirni dunyodagi eng yirik qamoqxonalardan biriga aylantirib, Paxalgam hujumidan so‘ng fuqarolikni tekshirish bahonasida 6000dan ortiq musulmonni qamoqqa oldi. Shuningdek, Hindistonning turli mintaqalarida musulmonlarning uy va masjidlarini buzib, uylaridan majburiy ko‘chirayotganiga ham guvoh bo‘lmoqdamiz.
Nutqda yana shunday deyiladi: Bir qarashda, bo‘layotgan voqealar Islom Ummatini zaif ko‘rsatayotganga o‘xshashi mumkin. Ammo, haqiqat shuki, mustamlakachi kofirlar Islom Ummatining uyg‘onishini yaxshi anglab, kelayotgan inqilobiy ko‘tarilishni oldini olishga jiddu jahd bilan harakat qilmoqda. Rosululloh ﷺ dedilar:
«إِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»
«Imom-xalifa qalqondir. Uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi». (Sahihi Muslim). Shuning uchun ham bugun Islom Ummati malay hukmdorlarni ag‘darib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni tiklash yo‘lida birlashmoqda. Musulmonlarning dunyo bo‘ylab boshdan kechirayotgan azob-uqubatlari yangilik emas. Chunki bularning barchasi ularning himoyachisi va qalqoni bo‘lgan Xalifalik qulatilgandan boshlandi. Mustamlakachi kofirlarning Xalifalik tiklanishidan xavotirlanib qo‘rqishayotgani yetakchilarining bayonotlarida yaqqol ko‘rinadi. Amerika razvedkasi rahbari Tulsi Gabbard: «Musulmonlar Xalifalikni tiklash uchun bir necha davlatlarda boshqaruvni qo‘lga olishni istaydilar», dedi. Uning bu bayonoti mustamlakachilarning Hindiston yarim orolida Xalifalik tongi otishidan qo‘rqayotganini ifodalaydi. Shuning uchun Amerikaning regional malayi Hindiston mintaqadagi musulmonlarni bostirishga noumidlarcha harakat qilmoqda. Bu xavotir qonxo‘r Netanyaxuning: «Biz hech qachon O‘rta Yer dengizi sohillarida hech qanday Xalifalikning tiklanishiga yo‘l qo‘ymaymiz», degan bayonotida ham yaqqol ko‘rinadi.
Nutq so‘zlaganlar xotima sifatida insonlarga, xususan xolis siyosatchilarga, mutafakkirlarga va quvvat ahliga nido qilib shunday dedilar: Alloh taolo aytadi:
﴿كُنتُمۡ خَيۡرَ أُمَّةٍ أُخۡرِجَتۡ لِلنَّاسِ﴾
«Sizlar insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat bo‘ldingiz». [Oli Imron 110]
Ha, albatta bu Ummat eng yaxshi ummatdir. Kofir mushriklar bu Ummatni hargiz o‘zlariga bo‘ysundira olishmaydi va bu voqelikda tasdiqlangan haqiqatdir. Bu eng yaxshi Ummat o‘z g‘oyasi, ya’ni Rosululloh ﷺ
«… ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»
«So‘ngra Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi» deb bashorat bergan Xalifalik sari shaxdam qadamlar tashlab bormoqda. Shunday ekan, Hizb ut-Tahrir yetakchiligi ostida, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni tiklashda jiddu jahdingiz bilan harakat qilishga Allohga va’da berishingiz zarur.
﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسۡتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمۡ لِمَا يُحۡيِيكُمۡۖ وَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَحُولُ بَيۡنَ ٱلۡمَرۡءِ وَقَلۡبِهِۦ وَأَنَّهُۥٓ إِلَيۡهِ تُحۡشَرُونَ﴾
«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar» [Anfol 24]
Hizb ut-Tahrirning Bangladeshdagi
matbuot bo‘limi