Xolera odamlarni qirmoqda, davlat esa o‘z vazifasini bajarmasdan xalqaro tashkilotlardan yordam so‘rayapti!

0
41

Matbuot bayonoti

Xolera odamlarni qirmoqda, davlat esa o‘z vazifasini bajarmasdan xalqaro tashkilotlardan yordam so‘rayapti!

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Sudanda taxminan 60 mingta xolera yuqishi holati qayd etilganini, oqibatda 1640 nafardan ziyod kishi vafot etganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Sudandagi sog‘liqni saqlash tizimi tanazzulga uchrashi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu ma’lumot xolera xastaligi Xartum viloyatida juda katta tezlikda tarqalayotgan bir paytda e’lon qilindi. Chunki ayni paytda Sudanda qayd etilayotgan yangi yuqish holatlarining 90 foizidan ziyodi aynan shu viloyatga, jumladan, Karrari, Umdo‘rmon va Ombada kabi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda. Sudan Sog‘liqni saqlash vazirligi 2025 yil 27 may seshanba kuni bir hafta ichida 2729 ta yuqish holati, 172 ta o‘lim holati qayd etilganini bildirdi. Sudan sog‘liqni saqlash vaziri doktor Haysam Muhammad Ibrohim Xartumda xolera tarqalishi ekologik sharoitning yomonlashishi va ichimlik suv manbalaridagi muammolar bilan bog‘liq ekanini ma’lum qildi. Yangi bosh vazir Komil Idrisga kelsak, u xoleraga qarshi kurashni tashkil etish bo‘yicha Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotidan yordam umid qilmoqda, masalan, ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, u ayni tashkilot direktori Tedros Adhanom bilan bog‘lanib, yordam so‘ragan.

Sudanda sog‘liqni saqlash sohasida yuz berayotgan voqealar hukumatning ochiq-oydin beparvoligi natijasidir. Chunki bu hukumat xolera vabosi masalasiga ochiq-oydin panja orasidan qaradi, hozir ham shunday qilmoqda. Xolera kabi epidemiyaga qarshi tezkor choralar ko‘rish talab etilgan bir paytda bosh vazir Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotidan yordam so‘rab yotibdi. Bu tashkilot esa, agar harakat qilsa ham, kasallik butunlay yoyilib, ko‘p odam qurbon bo‘lgandan keyingina harakatga keladi. Sog‘liqni saqlash vaziri esa, xoleraga qarshi kurashish vazifasi aynan uning zimmasida bo‘lishiga qaramay, sabablar haqida so‘z yuritmoqda. Ammo xastalikni yo‘qotish uchun kerakli ishni qilmayapti. Holbuki, agar hukumat rostdan ham harakat qilsa, bu ish uncha mushkul emas.

Bizning ishimizga ega chiqqan, lekin bizni xor qilgan hukmdorlarni xalqning ahvoli qiziqtirmaydi. Ular uchun odamlar kasal bo‘ladimi, och qoladimi, yoki halok bo‘ladimi – hech qanday ahamiyati yo‘q. Holbuki, xolera vabosining oldini olish va uning umuman yuzaga chiqishini to‘sish mumkin edi. Agar hukumat odamlarning xavfsizligi va sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan yondashganida, Xolera epidemiyasini oldini olish va uning umuman yuzaga chiqishini to‘sish mumkin edi. Toza ichimlik suvini ta’minlash, kasallar izolyatsiyasi va muolaja kabi tadbirlar amalga oshirilsa, ish oson kechadi, katta xarajat talab qilmaydi. Xoleraga qarshi davo esa oddiy tomizg‘ich (venoz eritma)lar bilan cheklanadi, bu esa eng oson ta’minlanadigan vositalardan hisoblanadi. Ammo davlat mana shu eritmalarni ham ta’minlab bermadi. Ta’minlagani ham, juda qimmat bo‘ldi, zaif xalq buni sotib ololmaydi.

Shunday ekan, ushbu buzuq va inson tomonidan tuzilgan tuzumlar odamlarni boshqarishga umuman loyiq emas. Sudanlik musulmonlar ularni g‘amxo‘rlik bilan boshqaradigan, sog‘liklari, xavfsizliklari va xotirjamliklarini ta’minlaydigan tuzumni qoim qilish uchun harakat qilishlari lozim. Bu esa faqatgina, hukmdorni fuqaro ishlarini yuritishga undaydigan Islom ahkomlari asosida amalga oshadi. Rosululloh ﷺ bunday deganlar:

«فَالْإِمَامُ الَّذِي عَلَى النَّاسِ رَاعٍ وَهُوَ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»

«Odamlar ustidan rahbarlik qiluvchi imom-xalifa g‘amxo‘rdir va qo‘l ostidagilardan javobgardir». Rosululloh ﷺ yana bunday deganlar:

«مَنْ أَصْبَحَ مِنْكُمْ آمِناً فِي سِرْبِهِ مُعَافًى فِي جَسَدِهِ عِنْدَهُ قُوتُ يَوْمِهِ فَكَأَنَّمَا حِيزَتْ لَهُ الدُّنْيَا»

«Sizlardan kimingiz o‘z uyida xotirjam, tanasi sog‘-salomat va bir kunlik ozuqasi mavjud holda tong ottirsa, go‘yo unga butun dunyo berilgandek bo‘ladi».

Ey Sudan ahli, ey musulmonlar! Keling, ushbu g‘amxo‘r davlatni, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo qilaylik!

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسۡتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمۡ لِمَا يُحۡيِيكُمۡ﴾

«Ey mo‘minlar, Alloh va Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga da’vat qilar ekan, uni qabul qiling»                                                      [Anfol 24]

Ibrohim Usmon (Abu Xalil)

Hizb ut-Tahrirning Sudan

viloyatidagi rasmiy notig‘i

Izohlar yo'q