Sudan va Darfurdagi ayollarni kim himoya qiladi?!

0
14

Matbuot bayonoti

Sudan va Darfurdagi ayollarni kim himoya qiladi?!

«Chegara bilmas shifokorlar» tashkiloti Darfur viloyatidagi ayollar va qizlar deyarli doimiy ravishda jinsiy zo‘ravonlik xavfi ostida ekanidan ogohlantirmoqda. Bu fojianing asl ko‘lamini aniqlash juda mushkul. Chunki tibbiy xizmatlar cheklangan, jabrlanuvchilar esa yechim talab qilish yoki o‘z musibatini aytishda to‘siqlarga duch kelishmoqda. Ammo ular ayni tashkilotning Darfur va Chaddagi jamoasi bilan suhbat qilishganda shunday bir dahshatli va vahshiy zo‘ravonlik va zino haqida so‘zlab berishdiki, inson aqli bunday ozorni tasavvur qilishga ojiz. Hatto erkaklar va o‘spirin o‘g‘il bolalar ham xavf ostida, umuman, u yerdagi azob-uqubat tasvirlab bo‘lmas darajada.

2023 yil aprelda Sudan armiyasi bilan yarim harbiylashgan «Tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari» o‘rtasida boshlangan to‘qnashuv yuz minglab odamlarni halok qildi, 13 million insonni ko‘chirilishiga va yurtdagi shundoq ham yomon ahvoldagi infratuzilmani tubdan vayron bo‘lishiga olib keldi. Bu urush boshlangan ilk kunlardanoq Tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari yurt bo‘ylab muntazam jinsiy zo‘ravonlik qilishda ayblanib kelmoqda. Ayniqsa, bu holat Darfurda shunchalik keng yoyildiki, odamlar uni peshonalariga bitilgan taqdir, deb qabul qila boshladilar! Qizlar va ayollar hech qayerda o‘zlarini xavfsiz his qilmayaptilar – uylarida ham, zo‘ravonlikdan qochganda ham, ozuqa izlaganda ham, o‘tin to‘plaganda ham, dalalarda mehnat qilganda ham hujumga uchramoqdalar.

«Chegara bilmas shifokorlar» tashkilotining ma’lum qilishicha, 2024 yil yanvaridan 2025 yil mart oyigacha Janubiy Darfurda jinsiy zo‘ravonlikka uchragan 659 nafar jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lib, ularning 94 %ini ayollar va qizlar tashkil qiladi. Jabrlanuvchilarning yarmidan ko‘pi qurolli guruhlar tomonidan tajovuzga uchragan, uchdan bir qismi esa voyaga yetmaganlar bo‘lgan. Ayrim jabrdiydalarning yoshi 5 yoshdan ham kichik.

Tashkilotning tibbiy favqulodda yordam bo‘yicha direktorining ta’kidlashicha, Sudanda jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlanganlar uchun tibbiy xizmatlar, xususan, psixologik qo‘llab-quvvatlash va himoya kabi xizmatlarda katta yetishmovchilikka duch kelinmoqda. Zero, zo‘ravonlikka uchragan ayollar tajovuzdan keyin albatta tibbiy xizmatlardan foydalanishi lozim. Chunki jinsiy zo‘ravonlik – bu inson hayotiga xavf tug‘diradigan holat bo‘lib, u shoshilinch tibbiy yordamni talab qiladi. Uning bevosita va uzoq muddatli jismoniy va ruhiy oqibatlari hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, xizmatlar yetishmasligi va ularga yetib borish mushkulligi sababli jabrlangan ayollar na tibbiy xizmatga yetishishyapti, na himoyaga. Shuni ham unutmasligimiz kerakki, uyat tuyg‘usi, jamoatchilikdagi «ayblash» va intiqomdan qo‘rqish ham ularni sukut saqlashga majbur qilmoqda.

«Chegara bilmas shifokorlar» tashkiloti tomonidan kerakli yordam ko‘rsatilayotgan bundan boshqa joylarda ham shunga o‘xshash ahvol kuzatilmoqda, xususan, bugungi kunda 800 mingdan ortiq sudanlik qochqinni qabul qilgan Chad sharqida. Masalan, Adre shahrida 2025 yil yanvaridan buyon 44 nafar jabrlangan ayol va erkakka yordam berilgan, ularning yarmidan ko‘pi bolalar. Vadi-Fira viloyatida 94 nafar jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatilgan, ulardan 81 nafari 18 yoshga yetmaganlar. Buni Chad sharqidagi va Darfurdagi bemor ayol va erkaklar, jabrlanuvchilar va shifokorlarning guvohliklari tasdiqlamoqda.

Ey armiya ofitserlari va askarlari!

U yoqda siz bir-biringizga qarshi jirkanch urushni davom ettiryapsiz, bu yoqda urushning haqiqiy qurbonlari oddiy ayollar va bolalar bo‘lyapti! Urush ortida esa Sudan boyliklariga va uning taqdiriga egalik qilishni istagan ochko‘z Amerika va Yevropa kuchlari turibdi. Ularni Sudanning parchalanishi, mintaqalarga bo‘linishi va qancha-qancha qonlarning to‘kilishi tashvishlantirmaydi. Ular faqat o‘z nufuz hududlarini o‘ylashadi, siz esa bu hududlar bizniki bo‘ladi, deb o‘ylayapsiz. Bas, es-hushingizni yig‘ing, zalolatdan qayting, shoyad Robbingiz rahmatiga erishsangiz!

Ey Sudan ahli!

Bu aytganlarimiz qonli to‘qnashuv boshlanganidan beri boshingizga tushayotgan azob-uqubatlarning faqat bir qismi, xolos! Qon to‘kilishi, qochqinlik va iqtisodiy va ijtimoiy yemirilish, bular kuchaygandan kuchaydi, ularning jirkanch oqibatlarini siz totyapsiz!

Kurashni yurtingizga ko‘z olaytirgan mustamlakachi boshqaryapti. Nega uni to‘xtatishga, til biriktiruvchilardan qutulishga, ularning ildizlarini quritib, musulmon hukmdor va mard qo‘mondonni qoim qilishga harakat qilmayapsiz?! Faqat shunday hukmdor va qo‘mondongina botildan qo‘rqmaydi, u bilan murosa qilmaydi, mansab yoki hokimiyat ortidan quvmaydi, balki Allohning shariati va Rosuli ﷺning minhojini barpo qilishni istaydi, faqat shu orqali xalq va Ummat birlashadi.

﴿وَإِنَّ هَٰذِهِۦٓ أُمَّتُكُمۡ أُمَّةٗ وَٰحِدَةٗ وَأَنَا۠ رَبُّكُمۡ فَٱتَّقُونِ﴾

«Shak-shubhasiz ushbu ummatingiz bir butun Ummatdir, Men esa sizlarning Robbingizman, bas, Mendangina qo‘rqing!»                                 [Mo‘minun 52]

Buning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish uchun jiddiy harakat qilishdan boshqa yo‘li yo‘q. Xalifalikkina xatoni tuzatadi, haq-huquqni haqdorlarga, boyliklarni o‘z egalariga beradi, shu orqali Sudanni asl o‘rniga qaytaradi. Uning o‘rni esa, kuchli Islom davlatida butun dunyo musulmonlarining savati va mustahkam qo‘rg‘oni bo‘lishdan iborat.

Ibrohim Usmon (Abu Xalil)

Hizb ut-Tahrirning Sudan

viloyatidagi rasmiy notig‘i

Izohlar yo'q