Maorif vazirligi Tripoli va uning atroflarida fahshni tarqatish jinoyatini davom ettirmoqda!

0
13

Matbuot bayonoti

Maorif vazirligi Tripoli va uning atroflarida fahshni tarqatish jinoyatini davom ettirmoqda!

Maorif vazirasi Tripolining o‘rta maktablarida fahsh va buzg‘unchilik tarqatilishi bilan bog‘liq sharmandali fojiadan o‘zini oqlashga urindi. U zino, bachchabozlik, gomoseksualizm va shunga o‘xshash iflos g‘oyalarni targ‘ib qiladigan jamiyatlar avvalgi vazirdan ruxsat olganini, u esa (yangi vazira) bu ruxsatni bekor qilganini da’vo qildi. Biroq bizga yetib kelgan aniq va ishonchli ma’lumot shuni ko‘rsatmoqdaki, aynan o‘sha jamiyatlar hanuz Shimoliy Livanning boshqa maktablarida fahsh va buzg‘unchilikni tarqatishda davom etmoqdalar. Yanada achinarlisi, bu gal ham bu ish maorif vazirligining rasmiy ruxsati bilan amalga oshirilgan. Jumladan, 2025 yil 27 may kuni – ya’ni avvalgi fojia fosh qilinganidan keyin ham – ushbu jamiyatlarga mansub faol ayollardan biri davlatga qarashli o‘rta maktablardan biriga kiradi. U ma’muriyatga ijtimoiy ma’rifiy ish olib borish uchun o‘ziga maorif vazirligi tomonidan berilgan rasmiy ruxsatnomasini ko‘rsatadi. Sinfga kirgach, o‘qituvchi uning nutqi avvalgi «Fazl Muqaddam» o‘rta maktabida tarqatilgan buzg‘unchi g‘oyalar ekanini anglab yetib, darhol ma’muriyatga bu haqda xabar beradi. Ma’muriyat bu faol ayolni darhol to‘xtatadi va buzg‘unchilikni davom ettirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Albatta, maktab ma’muriyatining bu harakati tashakkur bildirishga loyiq va bu kabi ishonchli pozitsiya barcha direktor va o‘qituvchilar uchun namuna bo‘lishi kerak.

Bu juda ham xavfli voqelikdir. Chunki u bizning nomusimiz, qadriyatlarimiz, tushunchalarimiz va axloqimizga daxl qilmoqda. Bundan tashqari, ana o‘sha jamiyatlar fahshni tarqatishga qattiq bel bog‘lashgan bo‘lib, ular bu iflos g‘oyalarni, ayniqsa, musulmonlar yashayotgan hududlarda keng tarqatishga urinmoqda. Ularga nafaqat maorif vazirligi ruxsat berdi, balki ular ba’zi buzuq deputatlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu deputatlar «biz, ayniqsa,  Tripolida ularning g‘oyalarini tarqatish ustida ish olib bordik», deya ochiq aytishdi!! Hozirgi urush jamiyatlar tarqatayotgan va deputatlar qo‘llab-quvvatlayotgan buzg‘unchi tushunchalar bilan Islom dini fitratga mos holda biz uchun belgilagan g‘oya va tushunchalar o‘rtasidagi faqatgina atama va iboralar ustida ketayotgan urush emas. Balki amaldagi voqelikda yuz berayotgan va buzg‘unchi kimsalar tomonidan qattiq tirishish bilan olib borilayotgan urushga aylandi.

Shuning uchun biz ommaviy ravishda safarbarlik holatini e’lon qilib, jamiyatning barcha qatlamlarini fahshni tarqatayotgan va qonunga zid faoliyat yuritayotgan guruhlarga qarshi keskin turishga chaqiramiz. Axir qonun fahshni nafaqat tarqatishni, balki uni amalga oshirishni ham jinoyat deb hisoblaydi.

Avvalo, Livan muftisiga, xususan Tripoli muftisiga murojaat qilamiz: ushbu gunohkorlar harakatlarga qarshi qat’iy turinglar. Imom-xatiblarga ta’limot yo‘llab, ulardan juma namoz ma’ruzalarida ushbu buzg‘unchi jamiyatlar va ular ortida turgan kimsalarni fosh qilishni va ularning maktablarga kirishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilinglar.

Ikkinchi murojaatni jamiyatda ta’sir kuchiga ega bo‘lgan barcha qatlamlarga – maktab direktorlari, o‘qituvchilar, mahalliy hokimiyatlar va mahalla oqsoqollariga yo‘llaymiz: ushbu buzg‘unchi jamiyatlarga qarshi umumiy kayfiyatni shakllantiringlar, ular bilan hamkorlik qilgan vazirani iste’foga chiqarishi uchun hokimiyatga bosim o‘tkazinglar. Shuningdek, buzuq deputatlarni ham ishdan bo‘shatish va ularni musulmonlar nomidan gapirish huquqidan mahrum etish uchun ham bosim qilinglar. Zero, ular o‘z fikrlari bilan faqatgina islomiy axloq va qadriyatlarga emas, balki hatto nasroniy tushunchalarga ham dushmandirlar!

Biz Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati a’zolari bu iflos ishlar va ularning ortida turgan kimsalarni fosh qilish va javobgarlikka tortish uchun shoshilinch kampaniya boshlaganimizni e’lon qilamiz. Ular G‘arbdan bizga faqat eng iflos narsalarni olib kelishdi. Biz farzandlarimizni buzish faoliyati davom etishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz! Biz ogohlantirdik – endi uzr qolmadi!

Alloh Taolo bunday dedi:

﴿إِنَّ ٱلَّذِينَ يُحِبُّونَ أَن تَشِيعَ ٱلۡفَٰحِشَةُ فِي ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمٞ فِي ٱلدُّنۡيَا وَٱلۡأٓخِرَةِۚ وَٱللَّهُ يَعۡلَمُ َأَنتُمۡ لَا تَعۡلَمُونَ﴾

«Albatta iymon keltirgan kishilar o‘rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir. Alloh bilur, sizlar bilmassiz»                                                        [Nur 19]

Hizb ut-Tahrirning Livan viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Izohlar yo'q