Matbuot bayonoti
Hayit tabassumi bilan G‘azo ko‘z yoshlari orasida: ofitser va askarlarga nido
Musulmonlar farzandlari va rafiqalari bilan birgalikda Qurbon hayitini nishonlashga hozirlanar ekanlar, biz xususan Pokistonning yadroviy armiyasidagi fidoiy askarlar va Islom Ummatining barcha armiyalaridagi xolis jangchilarga murojaat qilamiz. Ularga shuni eslatib qo‘ymoqchimizki, ular bugun, hayit arafasida muborak Falastin zaminidagi ayollar, bolalar, qariyalar va erkaklardan iborat o‘z birodarlarini yolg‘iz, himoyasiz ahvolda tashlab qo‘yishdi. Ularga yordam berishmadi, holbuki, bunga qodir edilar!
Ularni haqiqiy qahramon va harbiy sarkarda – Salohiddin Ayyubiyni eslashga undaymiz. Salohiddin (hijriy 583, milodiy 1187 yili) Quddus qulaganidan so‘ng bir marta ham tabassum qilmagan, balki qattiq qayg‘u sababli og‘ir xastalikka duchor bo‘lib, bunday degan edi: «Islom shaharlarining birin-ketin qulashi yuragimni parchaladi». Hatto Hittin jangidan keyin Quddusni salibchilardan ozod qilganida ham u shaharga g‘amgin yuz bilan kirib bordi, ulug‘ g‘alabaga qaramasdan quvonmadi. Undan nega quvonmaganini so‘rashganida, «qanday quvonay, bu shaharda musulmonlarga nisbatan shuncha musibatlar sodir bo‘ldi, qanday tabassum qilay, axir bu shaharga qalbimdagi og‘riq bilan kirdim», degan. Quddusni ozod qilishni u o‘zining vazifasi deb bilgan, sharaf yoki qahramonlik, deb hisoblamagan. Uning butun g‘am-tashvishi musulmonlarning nomusi va muqaddasliklarini himoya qilish bo‘lgan.
Salohiddinning pozitsiyasi shunday bo‘lgan, Quddus ozod etilishidan oldin ham, keyin ham shunday holatda turgan. Ajablanarlisi shundaki, salibchilar Quddusni bosib olganda yetmish ming musulmonni qirib tashlagan va bugun ushbu raqam so‘nggi ikki yilda G‘azo va G‘arbiy sohilda yahudiylar tomonidan qirib tashlangan musulmonlar sonidan kam yoki tengdir. Ey ofitser va jangchi birodarlar! Siz o‘zingizga Salohiddinni o‘rnak qilib oldingizmi?! Yoki hayitni farzandlaringiz va rafiqalaringiz bilan birga shod-xurram o‘tkazishga shoshilyapsizmi, go‘yo G‘azodagi qirg‘inlar siz uchun Lohur, Dakka yoki Qohiradagi oddiy qurbonlik qassobxonalaridagi qonli manzaralardan farq qilmaydigandek?!
Agar Salohiddinni o‘rnak deb bilsangiz, u holda qanday qilib yaqinlaringizni ziyorat qilishni va rafiqalaringiz bag‘rida xotirjam uxlashni xush ko‘ryapsiz?! Holbuki, siz Salohiddin ikki qiblaning birinchisi va ikki Haramning uchinchisi sanalgan dargoh uchun qilgan ishlarning o‘ndan bir qismini ham qilmadingiz! Agar siz «ular qayoqda-yu, biz qayoqda!», desangiz, u holda siz musulmonlarni yolg‘iz tashlab qo‘ygan, ularga qarshi fitna uyushtirgan, yahudiylar safini tanlab, ularni qo‘llab-quvvatlagan kimsalardanmisiz?! Axir buning natijasida Fir’avn yoki Homon bilan bo‘lgan Fir’avnning askarlariga o‘xshab qolmaysizmi?! Darhaqiqat, Alloh Taolo ular haqida bunday degan:
﴿إِنَّ فِرۡعَوۡنَ وَهَٰمَٰنَ وَجُنُودَهُمَا كَانُواْ خَٰطِِٔينَ﴾
«Albatta Fir’avn, Homon va ularning lashkarlari gunohkor edilar» [Qasos 8]
Nahotki, siz ham o‘shalar bilan birga do‘zaxga tushishni istasangiz?! Alloh asrasin! Siz, ey og‘a-inilar, Salohiddindansiz, u na payg‘ambar, na podshoh bo‘lgan, balki sizdek inson bo‘lgan, sizdek iymon keltirgan, Allohdan nimani umid qilgan bo‘lsangiz, u ham shularni umid qilgan. Bas, qo‘rqoq hukmdorlarning ig‘vosiga aldanmang! Ular oxiratlarini yo‘q o‘tkinchi, halokatga mahkum va aldamchi dunyo evaziga sotgan kimsalardir.
Salohiddinning g‘am-alami faqat qo‘mondon va askarlardan iborat mujohidlarga xos emas, balki butun Islom Ummatiga tegishli. Tarixchilar bunda yozadi: Andalus (Ispaniya) qulaganida Shimoliy Afrika va Sharq musulmonlari Andalus uchun uzoq vaqt aza tutib, quvonchdan voz kechganlar. Quddus va Aqso masjidi qo‘ldan ketganda ham Islom o‘lkalarini qattiq g‘am qoplagan, musulmonlar bayram va to‘y qilishdan voz kechganlar. Hatto Usmoniy davlat sultonlari Yevropa davlatlaridan ayrimlarini qo‘ldan berishgan paytda saroylarida bayramlarni to‘xtatib, rasmiy motam e’lon qilishgan. Sulton Salim Ining bunday degani rivoyat qilinadi: «Mudom Islom zamini tahdid ostida ekan, na ovqatning ta’mi bor, na uxlashning lazzati, na qalbning shodiyonasi».
Ushbu pozitsiyadan ayon bo‘lmoqdaki, musulmon zamining bosib olinishi, nomuslarining oyoq osti qilinishi, erkak va ayollarining qirilishi, bular uchun alamlanish iymonning bir bo‘lagidir. Imomlar va sarkardalar mushkul vaqtdagi quvonchni – Allohga, Rasuliga va musulmonlarga xiyonat deb bilar edilar. U holda, yer yuzidagi eng razil maxluq bo‘lmish yahudiylarning muborak zaminda amalga oshirayotgan zo‘ravonligiga sukut va beparvolik qilinishini qanday baholash mumkin?! Rosululloh ﷺ rost so‘z aytganlar:
«مَنْ لَا يَهْتَمُّ بِأَمْرِ الْمُسْلِمِينَ فَلَيْسَ مِنْهُمْ، وَمَنْ لَا يُصْبِحُ وَيُمْسِي نَاصِحاً لِلَّهِ وَلِرَسُولِهِ وَلِكِتَابِهِ وَلِإِمَامِهِ وَلِعَامَّةِ الْمُسْلِمِينَ فَلَيْسَ مِنْهُمْ»
«Kim musulmonlarning ishiga g‘amxo‘rlik qilmasa, ulardan emas. Kim Allohga, Rosuliga, Kitobiga, xalifasiga va umumiy musulmonlarga nisbatan xolis maslahatchi sifatida hayot kechirmasa, ulardan emas». (Tabaroniy rivoyati).
Ey musulmonlar! G‘azodagi shifokor – Aloa Najjor haqidagi voqeadan barchangiz xabardor bo‘lsangiz kerak. Bu ayol o‘n nafar farzandidan to‘qqiztasini yo‘qotdi, o‘ninchisi yaralangan, turmush o‘rtog‘i ham jarohatlangan (keyin eri ham shahid bo‘lgan)… Aloa jigarporalarini qurbon qilgan bir paytda, siz qurbon Hayitida taom yeyishingiz yoki ayolingiz to‘shagida uxlashingiz mumkinmi?! Bilasizmi, G‘azoda minglab Aloalar bor! Har biri so‘nggi ikki yilda farzandlarini, yaqinlarini yo‘qotdi. Darvoqe, bir zamonlar Amuriya shahridan bir ayolning «ey Mo‘tasim, qanisiz!» degan faryodi uchun xalifa Mo‘tasim bu shaharga butun bir qo‘shinni safarbar qilgan. Shuningdek, Sinddagi bir ayolning zolim Zohirshoh zulmidan najot so‘rab yozgan birgina maktubi Hajjoj ibn Yusuf uchun kifoya qilgan. Hajjoj ayolning nidosiga javoban qo‘shin yuborib, podshohni o‘ldirgan va undan qasos olgan. Alloh haqqi, aytingchi, ey armiyalar askarlari, sizga Falastindan qancha ayollarning faryodi kelsayu, qanchasi yordam so‘rasayu, qanday qilib tomog‘ingizdan ovqat o‘tyapti, qanday qilib uxlayapsiz?!
«Siyrati Nabaviya»da hamda xulafoi roshidin davri haqida bunday kelgan: ayrim ayollar – erlarini jihodga undash uchun yoki ularning jihoddan o‘zini olib qochganliklariga norozilik sifatida – ulardan o‘zlarini uzoq tutar edilar. Tabuk g‘azotida ba’zi ayollar agar erlari jihoddan o‘zlarini olib qochishsa, ular bilan yaqinlik qilishni rad etar edilar, ularni jihodga chiqishga majburlash uchun shunday yo‘l tutganlar. Hatto ulardan biri eriga «Alloh yo‘lida jangga chiqmaguningizcha, mening yotog‘imga kelmaysiz!», degan. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu jihoddan o‘zini olib qochganlarni jazolar edi, ayollarni erlarini jihodga undashga targ‘ib qilardi. Hatto ayollardan biri eriga «agar jihodga chiqmasangiz, siz taloqsiz (mendan ajrashgan bo‘lasiz) degan. Ummu Hakim bint Horis haqida shunday rivoyat qilingan: «U o‘z turmush o‘rtog‘i – Ikrima ibn Abu Jahlni (ma’lumki, Ikrima Islomga qattiq adovatdan so‘ng iymon keltirgan) Alloh yo‘lida jangga undadi. Jihodga chiqmaguncha uni yaqinlikdan mahrum etdi. Nihoyat, Ikrima mujohid sifatida maydonga chiqdi va Yarmuk jangida shahid bo‘ldi».
Musulmon armiyalaridagi askar va ofitserlarning yordamsiz qoldirishi og‘ir oqibatlarga sabab bo‘ladi. Chunki aynan ular qudrat egalaridir. Ulardan zaiflarga yordam berish, musulmon ayollarning nomusini muhofaza qilish, dushmanga qarshi turish kutiladi. Zero, ular boshqa oddiy odamlar kabi emaslar! Ularning loqaydlik qilishlari va ortga chekinishlari er kishilik va g‘ayratni yo‘qqa chiqaradi! Umar ibn Xattob roziyallohu anhu jihoddan uzrsiz chekinganlarni ochiq shaklda sharmanda qilgan va qat’iy tarzda «Kim jihodni tark qilsa, uning guvohligi qabul qilinmaydi», degan.
Biz sizlarga – fursat ketishidan oldin holatingizni o‘nglang, balki «fursat allaqachon ketib bo‘ldi, deyapmiz! Biroq siz bu kechikkan holatni to‘g‘rilang, qilgan kamchiliklaringiz uchun Allohga tavba qiling, yengil va og‘ir holingizda Alloh yo‘lida jihod qiling, Hizb ut-Tahrir safida Islom davlatini barpo etish uchun faoliyat qilayotgan birodarlaringizga nusrat-yordam bering! Zero, Islom davlati Alloh nozil qilgan nizom asosida hukm yuritadi. U, shuningdek, musulmon yurtlarni ozod etish hamda Falastin, Kashmir, Birma va boshqa joylardagi zolim hukmdorlar yordamidan umidsizlangan mazlumlarga yordam berish uchun armiyalarni safarbar etadi. Bu mazlumlar sizlarning safingizdagi xolis insonlarga umid bog‘lamoqdalar. Bas, Alloh yo‘lida farzandlarini qurbon qilgan Aloa Najjor va bu Ummatning boshqa tul qolgan ayollarining faryodiga javob berasizmi?! Ularga javob qilish bilan Salohiddin, Muhammad ibn Qosim, Xolid ibn Validlar bilan birga Mustafo ﷺning havzida bo‘lishni istaysizmi?! Yoki hozirgi zararkunanda hukmdorlar va ularning qo‘shin qo‘mondonlari, Fir’avn va Homonlar bilan birga do‘zaxga tashlanishni istaysizmi?! Har bir aql sohibi va qalbida zarra qadar iymoni bor kishi uchun bu kunlar sinov-imtihon kunlaridir, ularni tanlov kutib turibdi, unutmang, oxir oqibat taqvodorlarnikidir.
﴿وَسَارِعُوٓاْ إِلَىٰ مَغۡفِرَةٖ مِّن رَّبِّكُمۡ وَجَنَّةٍ عَرۡضُهَا ٱلسَّمَٰوَٰتُ وَٱلۡأَرۡضُ أُعِدَّتۡ لِلۡمُتَّقِينَ﴾
«Parvardigoringiz tomonidan bo‘lguvchi mag‘firatga hamda taqvodorlar uchun tayyorlab qo‘yilgan jannatga shoshilinglar» [Oli Imron 133]
﴿ٱنفِرُواْ خِفَافٗا وَثِقَالٗا وَجَٰهِدُواْ بِأَمۡوَٰلِكُمۡ وَأَنفُسِكُمۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِۚ ذَٰلِكُمۡ خَيۡرٞ لَّكُمۡ إِن كُنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴾
«(Ey mo‘minlar), xoh yengil, xoh og‘ir holingizda (ya’ni, istasangiz, istamasangiz jihodga) chiqingiz va molu jonlaringiz bilan Alloh yo‘lida jihod qiling! Agar bilsangiz, mana shu siz uchun yaxshiroqdir» [Tavba 41]
Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi
matbuot bo‘limi