AQSH liberal iqtisodiyotni xavf ostiga qo‘ymoqda

0
13

AQSH liberal iqtisodiyotni xavf ostiga qo‘ymoqda

Bugungi kunda butun dunyo AQSH prezidenti Donald Trampning global tartib poydevoriga qayta-qayta zarba berayotganiga guvoh bo‘lmoqda. Aslida Amerikaning o‘zi ikkinchi jahon urushidan keyin xalqaro tartib asoschilaridan biri bo‘lgan edi. AQSH butun dunyo davlatlariga qarshi savdo urushini boshlab, Amerikaga kirib kelayotgan barcha tovarlarga boj to‘lovlarini oshirdi. Amerika bilan tijoriy aloqa qiluvchi davlatlar, xususan Xitoy, AQSHning tijoratda adolatsizlik qilayotganini va bunday tijorat ishlab chiqarishning qisqarishiga, ishsizlikning oshishiga va savdo kamomadiga sabab bo‘lishini bildirdi. Qo‘shma Shtatlarning bu harakatiga javoban u bilan savdo qiluvchi davlatlar o‘z kelishuvlarini qayta ko‘rib chiqishga shoshilishdi. O‘z navbatida, AQSHning asosiy iqtisodiy raqibi bo‘lgan Xitoy ham Amerikaga javob sifatida AQSH tovarlariga qo‘shimcha boj to‘lovlarini joriy qildi. AQSHning dunyo tartibining asoslariga qilgan bu hujumi Xitoyning o‘sib borayotgan iqtisodiy qudratiga qarshi chora sifatida baholanmoqda. Boshqaruv tizimi kommunistik bo‘lan, iqtisodiyoti esa kapitalizm unsurlarini o‘z ichiga olgan Xitoy bugungi kunda AQSH uchun katta xatarga aylanib bormoqda. Jahon Savdo Tashkiloti Xitoyga o‘z yerida yirik ishlab chiqarishni kengaytirishga imkon berib, uni dunyodagi ikkinchi yirik iqtisodiy kuchga aylantirdi.

Bu voqealar global tartibning uchta iqtisodiy tayanchlaridan biri bo‘lgan Jahon savdo tashkiloti, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki faoliyatiga ta’sir qilmoqda. Ushbu tashkilotlar tuzilganidan beri Amerikaning manfaati uchun ishlab kelmoqda. Hatto bu tashkilotlar uzoq yillar davomida AQSH uchun iqtisodiy qudratli davlat mavqeini ta’minlashga va keyinchalik dunyoning yetakchi davlatiga aylanishiga yo‘l ochib berdi. So‘nggi moliyaviy inqirozdan hali to‘liq qutulmagan Amerika o‘zining jahon yetakchilik fazilatlaridan birini yo‘qotib borayotganini anglab yetmoqda.

2001 yilda Xitoyning Jahon savdo tashkilotiga kirishi bilan AQSH-Xitoy o‘rtasida raqobat boshlangan bo‘lsa, 2008 yilgi global moliyaviy inqiroz global savdoda ikki gigant o‘rtasidagi qarama-qarshilikka sabab bo‘ldi. Agar raqiblar ortga chekinmasa va bu qarama-qarshiliklarida davom etsa, vaziyat yanada keskinlashib boraveradi. Natijada, yaqin kelajakda hozirgi dunyo tartibi butunlay vayron bo‘lishi, buning oqibatida mahalliy yoki global harbiy mojarolar yuzaga kelishi mumkin.

Kapitalizm dunyo xalqlari ustidan hukmronlik qilishda davom etar ekan, kapitalizmga asoslangan dunyo tartibi va undan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar aslo o‘zgarmaydi. Ya’ni kapitalizmning o‘rniga Islomga asoslangan Xalifalik davlatida tatbiq etiladigan yangi dunyo tartibi kelmaguncha bu zulmkor tuzum o‘zgarmaydi.

Bektursun Azik

Izohlar yo'q