Yigirmanchi asr qahramoni.

0
5

Sayidul ayyom Jumangiz muborak bo‘lsin, birodari aziz!

Ustoz Ahmad Qasas bunday post chiqardi:

Yigirmanchi asr qahramoni.

Mening ushbu qahramon haqidagi hikoyamni zvanyasi va yulduzi bor har bir zobitga o‘qib chiqishni maslahat berardim… Ajab emas, genotsid qilinayotgan qardoshlarini ko‘ra-bila turib, o‘zining miq etmayotganidan uyalib ketsa.

1940 yil faqat bitta insonni yo‘q qilish uchun yirik qudrat bo‘lmish Xitoy bilan Sovet Ittifoqi birlashdi!!

Xo‘sh, kimsan Xitoy va Rossiyadek ikki derjavani o‘sha paytdagi eng rivojlangan qurol-aslaha bilan tish-tirnog‘igacha qurollangan 300 ming jangchidan iborat armiyani safarbar qilishga majbur etgan bu inson kim bo‘ldim?

U Islom Ummatining qasddan tariximizdan o‘chirib yuborishgan qahramon o‘g‘lonlaridan biri Usmonbotir Islom o‘g‘lidir.

O‘shanda Xitoy bilan Sovet Ittifoqi musulmonlarni tiz cho‘ktirish uchun Sharqiy Turkistonni zabt etar ekanlar, qirg‘in, talon-taroj, nomusga tajovuz va hurmatlarni toptash kabi eng jirkanch jinoyatlar sodir etishadi. Xoh miltiq bo‘lsin, xoh kamon bo‘lsin, hatto ov pichog‘i kabi qo‘liga qurol olishga qodir har bir kishini qamoqqa olishar edi.

Ammo botir (بطل) deya tanilgan mard qozoq chavandozi Usmon bosqinchilarga tiz cho‘kishni istamaydi. Qo‘liga qurol olib, tog‘ hayotini ixtiyor qiladi va ushbu qit’ada musulmonlar birlashishini oldini olish uchun bosib olgan dushman koalitsiyasiga qarshi jang boshlaydi…

Usmon o‘zining jangovar donoligi va mahorati bilan shuhrat qozonadi. Masalan, dushmanga tuzoq qo‘yishning ajoyib uslubini o‘lab topadi. Bu shunday tartibda qo‘yiladiki, unga birinchi dushmanning eng oldidagi yosh-g‘o‘r vzodi tushadi… Keyin ularni qutqarish kelgan otryad keladi, o‘z navbatida ular ham boshqa bir yashirin tuzoqning qurboni bo‘lishadi. Ushbu yashirin strategiya to‘xtovsiz davom etib, dushmanning barcha armiyasi shunday bo‘ladi, qalblari dahshatga tushadi…

Usmon va uning qo‘shini qo‘rquv shu darajaga yetadiki, rus va xitoy armiyasi ularning qo‘mondonligiga pora taklif qilishga majbur bo‘lishadi. Buni ular azbaroyi Usmonbotir va uning qo‘shini o‘zlari jang olib borayotgan mintaqadan chekinib turishlari uchun bermoqchi bo‘lishadi. Hatto xitoylik harbiy qo‘mondon tushkunlikka tushib, bunday degan: «Kimda-kim Usmonning tirik yoki o‘lik kallasini keltirsa, unga o‘z xotinimni 70 kunga tortiq qilaman, u bilan istagani qiladi». Biroq uning xotini qochib ketib, musulmonlar lageriga o‘tib oladi va u yerda musulmon armiya axloqini ko‘rib, Islomni qabul qiladi. Keyin ayol Usmonning qo‘mondondaridan biriga turmushga chiqadi va musulmonlar bilan izza-hurmatda hayot kechiradi.

Usmon lageri xalq orasida katta obro‘ qozonadi, chunki odamlar ulardan na zulmni ko‘radilar, na ayollar, bolalar va qariyalarga tajovuzni, aksincha, islomiy urushning oliyjanob xulq-atvoriga guvoh bo‘ladilar.

Qo‘mondon Usmon haqida «Turkiston tunlari» kitobida juda chiroyli yoritgan: «Usmonbotir salobatli, qalin soqolli, uzun mo‘ylovli, kamgap va chuqur fikrli yigit edi. Tog‘ning izg‘irin sovug‘i tufayli qalin kiyinardi. Tog‘larni larzaga solgan shiori Allohu Akbar, Allohu Akbar bo‘lgan».

Biroq, shijoat va botirlik har qansa bo‘lmasin, Usmonni xiyonatdan boshqa narsa sindirolgan emas. Darhaqiqat, uning askarlari orasidan bir xoin dushmanga uning joylashgan maxfiy lagerini sotib qo‘yadi. Shunda Xitoy son-sanoqsiz qo‘shin bilan hujum qiladi… Usmon ushbu yirtqich ma’rakada o‘zining ikki yuz mujohidi bilan birgalikda dushmanga qarshilik ko‘rsatadi. Ammo oxiri tulpori qoqilib yiqiladi… Usmon qilichi qo‘ldan uchgach, xanjari bilan jang qiladi va nihoyat jarohatlanib yiqiladi…

1951 yil Usmonbotir asirga tushadi. Hargiz tiz cho‘kmaydi, balki o‘limni ulug‘vorlik va qadr-qimmat, takbiru tahlillar bilan qarshi oladi. Dushman uni burun va quloqlarini kesib tashlaydi, xuddi Allohning arsloni Hamza ibn Abdulmuttolib ga qilingani kabi. Usmon to joni uzilgunga qadar Allohu Akbar deya hayqirib turadi…

Bu xabar onasiga yetib kelganda faxr va e’zoz ila «men uni shuning uchun tarbiyalagandim», deydi.

Usmonbotirni Alloh rahmat qilsin, uning qahramon askarlarini ham. Mana shunday mard chavandozni tug‘ib-katta qilgan volidasini ham rahmat qilsin.

(Bu surat Usmonning qonxo‘r Xitoy armiyasi tomonidan asirga olinishidan oldingi holati).

Manbaa:

Muhammadqosim Amin Turkistoniyning «Turkiyatonning ayrim er kishilari» kitobi;

Doktor Muhammadmuso Sharifning «Unutilgan mujohidlar» kitobi.

Izohlar yo'q