Matbuot bayonoti
San’o doxil bir necha shaharlar dushmanning havo hujumiga uchrayotgan ekan, biz ularni faqatgina qo‘rqitib qo‘yishni emas, balki bizni o‘ldirishgani kabi biz ham ularni o‘z qurollarimiz bilan o‘ldirishni istaymiz!
2025 yil 31 mart dushanba kuni nashr etilgan «Savra» kundalik gazetasining birinchi sahifasida «Qurolli kuchlarimiz bir necha soat ichida dushmanning «Truman» va boshqa bir necha kemalari bilan to‘qnashdi», ««Zul Fiqor» raketasi Ben Gurion aeroportini nishonga oldi, millionlab kelgindi yahudiylar boshpanalarga ko‘chirildi» nomli ikkita katta maqola chop etdi.
2025 yil 16 martdan beri tarqatilayotgan xabarlarda Qizil dengizda AQSHning «USS Garri Truman» nomli samolyot tashuvchi kemasi Yaman Qurolli kuchlari tomonidan ballistik raketalar va dronlar yordamida nishonga olingani hamda bosib olingan Lod shahridagi Ben Gurion aeroportiga o‘nga yaqin raketa otilgani aytildi. Biroq yahudiylar orasida qurbonlar yoki yaralanganlar bo‘lgani haqida xabarlarning birortasida hech narsa deyilmadi. Yahudiy armiyasi bir yildan ortiq vaqtdan beri G‘azodagi ahlimizdan qanchadan-qanchasini jonini olayotganini ko‘rmayapsizlarmi?! 2023 yil oxiridan beri Yamanga qilingan havo hujumlari oqibatida qancha qurbonlar bo‘ldi?! Alloh Taolo aytadi:
﴿وَإِنۡ عَاقَبۡتُمۡ فَعَاقِبُواْ بِمِثۡلِ مَا عُوقِبۡتُم بِهِ﴾
«(Ey mo‘minlar), agar intiqom olsangiz, u holda sizga yetkazilgan ziyon barobarida intiqom oling»
[Nahl 126]
AQSHning «Truman» kemasi Qizil dengizning shimolida va markazida qayta-qayta nishonga olingandan keyin, 2025 yil 17 mart kuni e’lon qilinganidek Qizil dengizdan 1300 km shimolga qochib ketishi kerak edi… Ammo buning o‘rniga 2025 yil 21 mart kuni Yaman qirg‘oqlariga bostirib kirib, 31 martga qadar to‘qnashuvga kirishdi!
Shubhasiz Yaman ahli va barcha musulmonlar AQSHning «Truman» kemasining dengiz qa’riga cho‘kishini, bu bilan Qo‘shma Shtatlar shafqatsizligi tugashini hamda qonxo‘rlik bilan boshlangan mustamlakachilik tarixi barham topishini istamoqdalar. Uning tarixi asl yerlik qizil tanlilarni qatli om qilishdan boshlangan. So‘ng 1777 yil Kanadaga, 1846 yil Meksikaga, 1898 yil Kubaga, 1899 yil Filippinga, 1917 yil Germaniyaga qarshi urush qilish, 1945 yil Xirosima va Nagasakiga atom bomba tashlashi, 1953 yil Kuvaytga urush qilishi, 1989 yil Panamani bosib olishi hamda 2001 yildan beri Islom va musulmonlarga qarshi salibchilik urushlari bilan davom etib kelyapti.
AQSH boshchiligidagi kofir G‘arb bilan yahudiy vujudi musulmon o‘lkalarida o‘z tomorqasidek bemalol izg‘ib yurib, qirg‘inlar sodir etyapti, ahlimizni quvg‘in qilyapti, boyliklarimizni talon-taroj etib, har qanday jinoyatni qilishdan top tortmayapti… Chunki G‘arb musulmon o‘lkalarini birlashtiruvchi g‘amxo‘r yetakchisi yo‘qligini, Yaman tomonidan berilgan zarbalar unga pashsha chaqqandek bo‘lishini biladi. Yaman zarbalarini bo‘rttirib ko‘rsatayotgan amerikaliklar bayonotiga kelsak, bu ommaviy axborot vositalarida foydalanish uchun kerak.
Kofirlarning qilmishlariga chek qo‘yish uchun shariatimiz bergan tub yechim musulmonlarni qayta birlashtiruvchi Islom davlatini barpo qilishdan iborat. Bugungi kunda o‘lkalarimizdagi mavjud zararkunanda rejimlarga, jumladan, Amerikaga raketalar otgan rejimga kelsak, bular Amerikani bir tomchi qonini ham oqizgani yo‘q!
Yaman chor atrofdan musibatlar iskanjasida qoldi: bir tarafdan Adan, Ma’rab, G‘arbiy Sohil kabi yerlardagi prezidentlik kengashi qaroqchilari xalqni ayovsiz talon-toroj qilyapti, ikkinchi tarafdan Husiylarning shimol va markazda sodir etayotgan zulmlarini sanab tugatib bo‘lmaydi, uchinchi tarafdan koalitsiya davlatlari tinimsiz jinoyatlar sodir etishmoqda, to‘rtinchi tarafdan, mana, Amerika!
Musulmonlar Rosululloh ﷺ Madinai Munavvarada Islom davlatini barpo etgandan boshlab, keyin xulafoi roshidinlar va ulardan keyingi xalifalar davrida kuch-qudratli edilar. Biroq 1924 yil kofirlar Islom davlatini qulatishgandan keyin o‘lkalarimizni Falastindan to Afg‘oniston, Iroq, Livan, Yaman kabi o‘lkalarimizga qadar talon-toroj qilib, resurslarimizga ega chiqib kelishmoqda. Masalan, Iroq va Kaspiy neftining Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston yo‘li orqali Ummon dengiziga, Gvadar (Javohir) porti yordamida Tinch okeani orqali AQSHga olib borilishi bu mustamlakachilik siyosatining aniq ko‘rsatkichidir. Bunga, shuningdek, musulmonlarni islomiy tushunchalarning buzib ko‘rsatilishini qabul qilishga majburlayotgani ham, ularni buzg‘unchi kapitalistik sivilizatsiya, buzuqlik sivilizatsiyasi tushunchalari bilan moslashtirishga urinayotgani ham, ayni paytda, bosqinchi vujudni qo‘llab-quvvatlayotgani ham misol bo‘ladi.
Islom hazoratidan boshqasi kapitalistik sivilizatsiya yetakchiligi ustidan hargiz g‘alaba qozonolmaydi va bu g‘alabaga musulmonlarning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etishlarining o‘zi yetarli. Endi, ushbu davlatimizning sharqda Indoneziyadan, g‘arbda Marokashgacha jang boshlashini hamda Saudlar oilasini, Eron rahbarlarini, hatto Falastindagi Abbos ma’muriyatini supurib tashlash bilan birga, musulmon o‘lkalaridan G‘arb bazalarini quvib solishini aytmasak ham bo‘ladi. Alloh Taolo aytadi:
﴿إِنَّا لَنَنصُرُ رُسُلَنَا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا وَيَوۡمَ يَقُومُ ٱلۡأَشۡهَٰدُ﴾
«Biz payg‘ambarlarimizga va iymon keltirgan zotlarga hayoti dunyoda ham, guvohlar (hozir bo‘lib) turadigan Kunda ham albatta nusrat berurmiz» [G‘ofir 51]
Rosululoh ﷺ bunday marhamat qilganlar:
«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»
«Keyin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik barpo bo‘ladi». Biz o‘z ahlini aslo aldamaydigan Hizb ut-Tahrir a’zolari Yaman ahlini biz bilan birgalikda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etishga da’vat qilamiz.
﴿وَيَوۡمَئِذٖ يَفۡرَحُ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ * بِنَصۡرِ ٱللَّهِ﴾
«O‘sha kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar» [Rum 4-5]
Hizb ut-Tahrirning
Yaman viloyatidagi
matbuot bo‘limi